Siz o‘z sog‘ligingizni qanday baholaysiz?
Umuman olganda, fuqarolar pensiya yoshiga еtgandan keyin insonning ijtimoiy
dunyosi torayib, yaqin qarindoshlari, ayrim qo‘shnilari va bir nechta do‘stlari bilan
ijtimoiy munosabatlari cheklanib qoladi. Ko‘pchilikka bo‘lgan bog‘lanish yoqolib
boradi. Eng muhim, amaliy yagona aloqa oila bilan bo‘ladi. Keksa fuqarolarning
onglarida oilaviy qadriyatlar ustunlik qiladi. Keksalarning moddiy, hissiy va boshqa
ehtiyojlarining amalga oshirilishida oila asosiy maydonga aylanadi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, keksa fuqarolar yordam olishdan ko‘ra,
yordamni ko‘proq berishadi. Ular nevaralarini tarbiyalashlarida o‘z farzandlariga,
shuningdek, o‘rta avlod vakillariga uy ishlarini olib borishda va moddiy yordam berishda
qo‘llab-quvvatlaydilar. Yaqin qarindoshlari bo‘lmagan, yoki yaqin qarindoshlari bor
bo‘lsa ham, ularni qo‘llab-quvvatlamaydigan keksalar juda qiyin vaziyatga duch
kelishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
https://lex.uz/uz/docs/6178090
2. Кузнецова М.А., Новак Е.С. Теория социальной работы. – Волгоград, 2004. – C.74.
3. Values of Older Adults Related to Primary and Secondary Prevention
https://www.ncbi.
nlm.nih.gov/books/NBK53768/
4. Abdikakimov M.T. Ценностные установки молодёжи и старшего поколения
казахстанского общества //
https://elar.urfu.ru/bitstream/10995/32347/1/klo_2015_02.pdf
5. O‘zbekistonda keksalar soni ortmoqda.
https://anhor.uz/uz/society/3593-2/
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
94
Abduramanov Xamid Xudaybergenovich,
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti
direktori o‘rinbosari, i.f.d., prof
Do'stlaringiz bilan baham: |