«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
95
1-jadval
Aholining keksayish darajasi mezoni*
Bosqich
Aholining qarish indeksi, %
Aholining qarish 
darajasi
I
20 dan kam
past
II
20-30
o‘rta
III
30 dan baland
yuqori
* Jadval muallif tomonidan “Калинюк И.В. Возрастная структура населения. – Mосква: 
Статистика, 1975. – С. 14” ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, aholining qarish indeksi 20 %dan kamni tashkil etsa
shu hudud aholisining keksayish darajasi past hisoblanadi. Agar qarish indeksi 30 %dan 
ortsa shu hudud aholisi yuqori darajada keksayayotgan hududlar qatoridan o‘rin oladi.
Muayyan hududda aholining keksayishi jarayonining rivojlanish darajasini 
baholashda belgilangan yosh chegarasidan yuqori yoshdagi aholi salmog‘i 
ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Mazkur ko‘rsatkichning ortib borishi bilan shu hudud 
aholisi demografik nuqtai nazardan qari hisoblanishi mumkin. Shu munosabat bilan 
ko‘p mamlakatlardagi olimlar demografik qarilik to‘g‘risidagi masalani ko‘tarmoqda. 
Masalan, fransuz demograflari Jaklin Bojyo-Garne va E.Rosset demografik qarilikni 
to‘rt bosqichga ajratishni taklif qilgan (2-jadval). 
2-jadval
Aholi qarish jarayonining rivojlanish darajasiga ko‘ra keksalik tasnifi*
Bosqich
Qariyalar salmog‘i (60 yosh va 
undan yuqori), % hisobida
Qarish bosqichlari va aholining 
keksayish darajasi
I
8 kam
demografik yosh
II
8-10
qarish bo‘sag‘asida
III
10-12
haqiqiy qarish
IV
12 va yuqori
demografik qari
12-14
demografik qarilikning 
boshlang‘ich bosqichi
14-16
demografik qarilikning o‘rtacha 
bosqichi
16-18
demografik qarilikning baland 
darajasi
18 va yuqori
demografik qarilikning juda 
baland darajasi 
* Jadval Медков В.М. Демография. – Mосква: Инфра, 2008. – С.132 ma’lumotlari asosida 
tuzilgan.



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling