«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 84 tub o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlarning silliqroq kechishi nafaqat sog‘liqni saqlash tizimiga, balki jamiyatning boshqa tuzilmalariga – iqtisodiy, ishlab chiqarish, rekreatsiya, ijtimoiy ta’minot, oila va boshqalarga ham bog‘liqdir. Fikrimizcha, inson organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar: jismoniy quvvatning zaiflashuvi, ish qobiliyatining susayishi, tashqi ta’sirga moslashishi va javob reaksiyalarining sekinlashuvi va boshqalar 55–60 yosh chegarasidan yuzaga chiqadi. Demak, keksalik davrining boshlanishiga shartli ravishda O‘zbekistonda belgilangan mehnatga layoqatli yoshning eng yuqori chegarasini asos sifatida olishni va mehnatga layoqatli yoshdan katta bo‘lgan aholi – 55 va undan yuqori yoshdagi ayollar, 60 va undan yuqori yoshlarni erkaklarni qariyalar guruhiga kiritish mumkin, deb hisoblaymiz. Keksalarda yoshi bilan birga paydo bo‘ladigan ko‘pgina muammolari mavjud. Keksalarning asosiy muammolaridan biri bu – sog‘lig‘i deb olish mumkin. Ma’lumki, “qariyalar orasida kasallanish darajasi yoshlarga qaraganda 2 baravar, keksalar orasida esa 6 baravar yuqori. Bu surunkali kasalliklar (artikulyar, yurak-qon tomir va boshqalar), eshitish qobiliyati, ko‘rish, ortopedik muammolardan iborat. Keksalarni davolash qiymati yoshlarga qaraganda 1,5-1,7 baravar ko‘pni tashkil etadi” 30 . Ko‘pincha, keksalarning kasalliklari shu qadar jiddiyki, ular o‘zlariga xizmat qila olmaydilar va 24 soat tibbiy yordamga muhtojdirlar. Keksalarning muhim muammolaridan biri – yolg‘izlik, injiqlik va ijtimoiy munosabatlarning еtishmasligi bilan tavsiflanadi. Qarilikda bunday muammolar fojiali sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi: misol, turmush o‘rtog‘ining o‘limi, uzoq davom etgan kasallik, kasbiy va ijtimoiy faoliyatning to‘xtashi. Moddiy ta’minot, aniqrog‘i ishonchsizlik keksalarni doimiy tashvishlantirishga zamin yaratadi. Ko‘pincha o‘zining eng zarur narsalar uchun mablag‘ ajratish, o‘z dafn marosimini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash haqidagi sarf xarajatlarni rejalashtira olmaydilar. Keksalikning o‘ziga xos xarakterli psixologik xususiyatlaridan biri bu ongli ravishda yaqinlashib kelayotgan o‘limini ogohlantirilishidir. Keksa fuqarolarning o‘limi sabablari, umuman ularning yoshiga, psixologik, ijtimoiy va moddiy muammolariga qarab qisqartirilishi mumkin. Toshkent shahridagi “Urush va mexnat faxriylari uchun Respublika pansionati” 1968-yilda tashkil etilgan. Urush va mexnat faxriylari uchun Respublika pansionati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash” haqida 2021-yil 17-sentabirdagi 575-sonli 5 ilovasida Urush va mehnat 30 Кузнецова М.А., Новак Е.С. Теория социальной работы. – Волгоград, 2004, – C.74. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling