«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 85 faxriylari uchun Respublika pansionatining maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan I va II guruhlar nogironligi bo‘lgan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksining 110–111-moddalariga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo‘lgan qarindoshlar yoki boshqa shaxslarga ega bo‘lmagan yolg‘iz urush va mehnat faxriylarini davlat o‘z qaramog‘iga olgan. Bo‘sh joylar mavjud bo‘lgan taqdirda pansionatga yolg‘iz urush va mehnat faxriylaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‘lgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, 18 yoshdan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar ham qabul qilinishi mumkin. Qabul qilish bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Ushbu hududida ma’muriy bino, madaniyat va ma’rifat maskani, asosiy 4 qavatli bino, oshxona, kutubxona, kir yuvish uchun xona, 2 qavvatli reabilitatsiya statsionar bo‘limi, morg(o‘likxona) joylashgan. Markaz o‘z faoliyatini 20 nafar keksa kishidan iborat 12 ta ishchi guruh bilan boshlagan, hozirgi kunga kelib keksalarning soni 140 nafarni, ishchi xodimlar 100 nafarni tashkil etadi. Bugungi kunda Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionatida 72 ta ayollar, 68 ta erkaklar, 6 nafar front orti xizmatchilari, 65 nafar mehnat fahriysi, 28 ta nogironligi bo‘lgan shaxslar-bulardan 12 nafar I-guruh, 16 nafar II-guruh nogironligi berilgan. O‘zgalar parvarishiga muhtojlar soni – 65 nafar fuqaroni, yordamchi vositalari bilan yuruvchilar – 26 nafarni, o‘zgalar yordamiga muhtoj bo‘lmaganlar – 74 nafarni tashkil etadi. Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionatida 45nafar o‘zbek, 60 nafar russ, 2 nafar qozoq, 10 nafar tatar va 23 nafar boshqa millatlarga mansub fuqarolardir. Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionatida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni, shu jumladan konsert dasturlari tashkil etish orqali keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning madaniy hayotda faol ishtirok etishlarini ta’minlash yo‘nalishida turli ko‘rik-tanlov va ko‘rgazmalar tashkil etiladi hamda vasiylikka olingan shaxslar ishtiroki orqali ular kelajakka umid, intilishlarini orttirish hamda vaqtlarini sermazmun o‘tkazishlari uchun xar turdagi qiziqarli to‘garaklar, “Momojonlar” xor guruhi, “Sevilgan kino” kuni, har mavsumda tug‘ilgan kunlar, diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlarga tashriflarini ta’minlab ekskursiyalar, sayohatlar, bayramlar tadbirlari muntazam ravishda, reja asosida o‘tkaziladi. Pansionatda tibbiy mutaxassislar va ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassislar bilan to‘liq ta’minlangan. Tibbiy xizmat ko‘rsatish pansionatning tibbiyot xodimlari tomonidan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling