«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
76
mustaqillik qo‘lga kiritilgan yillardan boshlab ayollarning islomiy ta’lim-tarbiyasiga 
ham e’tibor berildi. Bugun mamlakatimizda oilalarda, mahallalarda ushbu vazifani 
otinoyilar [1.20] amalga oshirib kelmoqda. Istiqlolgacha ayollarning islom ilmini 
qayerda olgani, ayollarga ixtisoslashgan diniy muassasalar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa-
da, ayolning iffati va boshqa hususiyatlarini inobatga olgan holda ma’lumotlar taqdim 
qilinmas va arxiv materiallari ma’lumotlari deyarli kam bo‘lgan. 
Respublikada ayollarning islomiy ta’lim tarbiya olishlari bilan bugungi kunda 
2 ta ayollar madrasasi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ayollar bo‘limi 
faoliyat yuritmoqda. Biroq ularni madrasalarda ta’lim-tarbiya olish oriyentatsiyasi 
faqatgina shar’iy bilim olib, kelajakda faqatgina farzandlarining diniy sabog‘ini 
chiqarish bilan kifoyalanayotganini ko‘rish mumkin. Chunki ayollar madrasalari 
bitiruvchilarni kelajakda diplom bo‘yicha kasbiy yo‘nalishi otinoyilik deb qaralsa, 
ularda shar’iy ilimlarga oid bilimlari kuchli sanalsa-da, bitiriboq “otinoyi mutaxassis” 
bo‘lib ishlashga tajribalari ozlik qilmoqda. Bu yеrda turli yoshdagi xotin-qizlar 
madrasaga hujjat topshirishi nazarda tutilsa, madrasaning qabul imtixonlari o‘zlashtirib 
talaba bo‘lish imkoniyatiga yosh qizlar ega bo‘lmoqdalar. Yoshi katta, oila bekasi 
bo‘lgan, o‘zbek oilalaridagi diniy rasm-rusmlarini bajarilishida, turli diniy-ma’rifiy 
suhbatlarda qizlarga ta’sirchan pand-nasihat qila oladigan ayollarning esa diniy sohada 
kasbiy ixtisosligi yеtarli bo‘lmayapti. Shu sababdan xotin-qizlarga ixtisoslashgan 
madrasalarni bitirgan talabalarning barchasi otinoyi bo‘ladi degan tushuncha ularni 
faoliyatidan yiroq sanalib kelinmoqda. Bu masala bo‘yicha Respublikada amalda 
faoliyat yuritib kelayotgan otinoyilarning qancha foizi diniy sohadagi diplomga ega 
ekanligini ko‘rish mumkin. .

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling