Startorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi


Download 139.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana09.06.2023
Hajmi139.4 Kb.
#1471906
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзу

 
1 – kollektor tomonidagi qopqoq; 2 – shayba; 3 – kollektorning plastmassa asosi; 4–silindrsimon 
prujina; 5–kollektor plastinasi; 6 – cho‘tka; 7 – uyg‘otish chulg‘ami; 8 – tortish relesining qopqog‘i; 9 
– tortish relesining qobig‘i; 10 – tortish relesining tortuvchi chulg‘ami; 11 – tortish relesining ushlab 
turuvchi chulg‘ami; 12 – tortish relesining yakori; 13 – qaytarish prujinasi; 14 – yuritma pishangi; 15 
– pishang o‘qi; 16 – yuritma tomondagi qopqoq; 17 – bufer prujina; 18 – yuritma shesternasi; 19 – 
podshipnik; 20 – qulplovchi halqa; 21 – tirkalish halqasi; 22 – erkin yurish muftasi; 23 – yakor vali; 
24–- startyor qobig‘i; 25 – elektrdvigatel yakori 


Hozirgi zamon avtomobillarida o‘rnatilayotgan startorlarning aksariyatida 
shesterna maxovikning tishli gardishi bilan elektromexanik usulda majburiy 
ilashtirish prinsipiga asoslangan yuritma mexanizmlar qo‘llaniladi. Bu yuritma 
mexanizmlar dvigatel ishga tushayotganda aylantiruvchi momentni startor validan 
dvigatelning maxovigi orqali tirsakli valga uzatilishini va dvigatel ishga tushgandan 
keyin, startorning dvigateldan avtomatik ravishda ajratilishni ta’minlovchi rolikli, 
friksion va xrapovikli erkin yurish muftalariga ega.
Quvvati 4...5 kVt gacha bo‘lgan startorlarda rolikli erkin yurish muftasiga ega 
bo‘lgan yuritma mexanizmlar eng keng tarqalgan. Bu muftalarning ishlashi, roliklar 
tutash sirtlar orasidagi ishqalanish kuchi ta’sirida qisilib qolishiga asoslangan. 
2.11-rasm. Plunjersiz rolikli erkin yurish muftasi 
1 - rolik; 2 - Г-simon turtkich; 3 - rolikni bosuvchi prujina; 4 - vtulkalar; 5 - yetaklanuvchi 
halqa bilan birga ishlangan shesterna; 6 - mufta qobig‘i; 7 - namat zichlagich; 8 - tirkalish 
shaybasi; 9 - prujina tutqichi; 10 - shlisli vtulka bilan birga ishlangan yetakchi halqa; 11 - 
markazlashtiruvchi halqa; 12,17 - tayanch pallalari; 13 - bufer prujinasi; 14 - yetaklash 
muftasi; 15,18 - qulflash halqalari; 16 - prujina 
2.10-rasm. Plunjer-rolikli erkin yurish muftasi. 


Roliklarni ishchi yuzga zarur darajada bosib turuvchi moslamalarning tuzilishiga 
ko‘ra plunjerli va plunjersiz erkin yurish muftalari mavjud.
Plunjer-rolikli muftalarda (2.10-rasm) shlisali vtulka 1 ga yetakchi halqa 4 qotirib 
mahkamlangan. Yetakchi halqada to‘rtta ponasimon ariqchalar bo‘lib, ularga 
roliklar 3 o‘rnatilgan. Prujina 10 va plunjer 9 roliklarni ariqchalarning tor qismiga 
siqib turadi. Shesterna 8 yetaklanuvchi halqa 7 bilan butun qilib yasalgan. Prujinalar 
surilib ketmasligi va bosim kuchlanishining barqarorligini ta’minlash uchun ular 
maxsus tirgaklar 11 ga o‘rnatilgan. Tirkalish shaybalari 5 va 6 roliklarning o‘q 
bo‘ylab siljishini cheklaydi. Mufta yupqa metall qobiq 2 bilan qoplangan. Mexanik 
mustahkamligini va yeyilishga chidamliligini oshirish maqsadida yuritma 
shesternasi va mufta halqalari kuchli legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. 
Tortish relesining yakori bilan bog‘langan pishang yordamida yuritma shesternasi 
maxovikning tishli gardishiga to‘la ilashganda va startor chulg‘amlariga tok ulanib, 
u ishga tushganda aylantiruvchi moment yetakchi halqa 4 va yetaklanuvchi halqa 7 
orasidagi ponasimon ariqchaning tor joyiga plunjer 9 va prujina 10 ta’sirida siqilgan 
rolik orqali yuritma shesternasiga uzatiladi. Dvigatel ishga tushgandan keyin 
maxovikning tishli gardishi yuritma shesternasini startorga nisbatan tezroq 
aylantiradi. Natijada, yetaklanuvchi halqa 7 yetakchi halqa 4 dan o‘zib ketadi va 
roliklar ponasimon ariqchaning keng joyiga chiqib ikkita halqani bir-biridan, va 
demak, startorning yakor valini shesterna-maxovik tishli juftdan ajratib yuboradi. 
Shu tarzda harakatning teskari tomonga, ya’ni dvigateldan startor valiga uzatilishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi va markazdan qochma kuch ta’sirida yakor chulg‘amlari va 
kollektor sochilib ketishdan saqlab qolinadi. 
Plunjersiz rolikli muftalarda(2.11-rasm) yetakchi halqa 10 shlisali vtulka bilan 
yaxlit ishlangan bo‘lib, ularda ham roliklar 1 joylashtirilgan to‘rtta ponasimon 
ariqcha mavjud. Roliklar ariqchaning tor joyiga Г-simon turtkich 2 orqali prujina 3
yordamida bosib turiladi. Shesterna 5 yetaklanuvchi halqa bilan bir butun yasalgan. 
Tiralish shaybasi 8, roliklar va shesternaning o‘q bo‘ylab siljishini cheklaydi. 
Namatdan tayyorlangan zichlagich 7 muftani ifloslanishdan saqlaydi. 
Yetaklanuvchi halqaning shlisali vtulkasiga ikkita yarim muftadan iborat yetaklash 
muftasi 14 o‘rnatilgan. Startor ishga tushish jarayonida yarim muftalarning biri 
(2.11-rasmda o‘ng tomondagisi) bufer prujinasi 13 ga ta’sir qilsa, startorning tok 
zanjiri uzilib, yuritma shesterna ilashishdan chiqish jarayonida yarim muftalarning 
ikkinchisi (rasmda chap tomondagisi) prujina 16 ga ta’sir qiladi. Qulflovchi halqa 
15 ikkita yarim muftani dastlabki holatda ushlab turadi. Plunjersiz rolikli mufta, 
plunjerli mufta kabi ishlaydi. 


Dvigatelni ishga tushirish jarayonida startor elementlari quyidagicha ishlaydi 
(2.6-rasmga qarang). Tortish relesi chulg‘amlari 3 magnit maydon ta’sirida uning 
yakori 4 tortilib pishang 7 va u bilan bog‘langan yetaklash muftasi 14 ni harakatga
keltiradi. Bunda yuritma shesternasi 11 ham shlisa bo‘ylab harakatlanib, 
maxovikning tishli gardishi bilan ilashadi. Tortish relesining qo‘zg‘aluvchi kontakti
«akkumulatorlar batareyasi - startor chulg‘amlari" elektr zanjirini ulaydi va yakor 
aylana boshlaydi. Agar shesternaning tishi maxovik gardishining tishlariga to‘g‘ri 
kelmasdan, ilashish sodir bo‘lmasa, ya’ni shesterna maxovik gardishiga "tiralib" 
qolsa, pishang 7, yetaklash mufta 14 orqali prujina 13 ni siqib harakatni davom 
ettiraveradi. Tortish relesining asosiy kontaktlari 1 ulanib, yakor aylana 
boshlagandan keyin shesterna ham buralib, uning tishlari maxovik gardishi tishlari 
orasidagi botiqlikka to‘g‘ri kelishi bilan prujina 13 ning bosim kuchi ta’sirida 
ilashish sodir bo‘ladi. 
2.12-rasm. Ст142 belgili startyor: 

Download 139.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling