Startorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi


Download 139.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana09.06.2023
Hajmi139.4 Kb.
#1471906
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзу

ning simi, 2- ariqchadagi izolatsiya, 3-pona 


(peshana qismiga) bir necha o‘ram po‘lat simdan, sintetik lok singdirilgan paxta ip 
yoki shisha tolasidan tayyorlangan chilvirdan belbog‘ qo‘yiladi. Yakor chulg‘ami
seksiyalarining uchi kollektor plastinalari orasidagi ariqchaga kiritiladi, chekiladi va 
payvandlanadi. 
Startorlar ishonchli ishlashi nuqtai nazaridan elektrodvigatellarning eng muhim 
qismi, mis plastinalardan yig‘ilgan kollektor hisoblanadi. Yakorning aylanishlar 
chastotasi yuqori, cho‘tkali kontaktlardan o‘tayotgan tok zichligi katta va vibratsiya 
mavjud bo‘lganligi tufayli kollektorlarga qiymati ancha katta bo‘lgan mexanik, 
issiqlik va elektr yuklamalar ta’sir ko‘rsatadi. Startorlarda metall vtulkaga 
joylashtirilgan yig‘ma silindrsimon, plastmassa asosli silindrsimon va ko‘ndalang 
kollektor ishlatiladi (2.8-rasm). 
Quvvati katta bo‘lgan startorlarda qo‘llaniladigan yig‘ma silindrsimon
kollektorlar (2.8-a rasm) alohida mis plastinalardan yig‘ilib, bir-biridan qalinligi 
0,4-0,9 mm bo‘lgan mikant, sludinit yoki sludoplastdan tayyorlangan qistirmalar, 
yakor valiga presslangan metall vtulka 3 dan esa, silindrsimon mikant vtulka 4
yordamida izolyatsiya qilinadi. Kollektorning mis plastinalari 5 ikkala tomonda 
joylashgan konussimon siquvchi metall halqalari 1, konussimon izolyatsiya 
halqalari 2 va gayka 6 yordamida siqib mahkamlanadi. 
Quvvati 3,5 kVt gacha bo‘lgan startorlarda o‘rnatiladigan plastmassa asosli
silindrsimon kollektorlarda (2.8-b rasm) plastmassa - kollektorni shakllantiruvchi 
element bo‘lib, mis plastinalarni yakor validan izolyatsiya qiladi va yuklama ta’sirini 
qabul qiladi. Kollektorning mustahkamligini oshirish maqsadida plastmassa asosga 
metalldan ishlangan sinch halqalar 7 joylashtirilgan. 
Ko‘ndalang kollektorlarning (2.8-c rasm) ishchi yuzasi yakorning aylanish o‘qiga 
tik holda joylashtiriladi (2.8-rasm). Ularning o‘lchamlari kichik va mis nisbatan 
kam ishlatiladi. Kollektorning har bir plastinasining orqa tomonida halqa bo‘ylab
tayanch tumshuqlar ishlangan va ularga plastmassa asos presslangan. Bu 
2.8-rasm. Startyorlarning kollektorlari: 
a – yig‘ma silindrsimon metall vtulkada; b – silindrsimon plastmassa asosda; c – k
o‘
ndalang, plastmassa 
asosda. 1 – konussimon siquvchi halqalar; 2 – konussimon izolyatsiya halqalari; 3 – metall vtulka; 4 – 
izolyatsiya trubkasi; 5 – kollektor plastinalari; 6 – gayka; 7 – metall sinch halqalar; 8 – plastmassa asos; 9 – 
izolatsiya plastinasi



kollektorning yuqori mexanik mustahkamligini ta’minlaydi. Bu turdagi 
kollektorlarda cho‘tkali kontaktlar uzoq va barqaror ishlaydi. Ko‘ndalang 
kollektorlarning qo‘llanilishi startorlarning umumiy uzunligini va massasini 
kamaytirish imkonini beradi. 
Startorning kollektor tomonidagi qopqog‘i cho‘yandan, po‘latdan, aluminiydan 
yoki rux qotishmasidan quyiladi, ba’zan esa, po‘latdan shtamplash yo‘li bilan 
tayyorlanadi. Qopqoqqa yoki traversaga parchinlash yo‘li bilan yoki vintlar 
yordamida cho‘tkatutqichlar o‘rnatiladi. Cho‘tkatutqichlar qopqoqdan tekstolit 
yoki boshqa turdagi izolyatsiya materialidan tayyorlangan va qalinligi 1,5-2,0 mm 
bo‘lgan qistirma yordamida ajratiladi. Cho‘tkatutqichlar cho‘tkalarning to‘g‘ri 
joylashishini va ularning zarur kuchlanish bilan kollektorning ishchi yuziga bosilib 
turilishini ta’minlaydi. Ko‘ndalang kollektorli startorlarda (2.9-rasm) cho‘tkalar
6 plastmassa yoki temir traversga joylashtiriladi va kollektorning ishchi yuziga 
o‘rama silindrsimon prujinalar 4 vositasi bilan bosib turiladi. 
Startorlarda qo‘rg‘oshin va qalay qo‘shilgan mis-grafit cho‘tkalar ishlatiladi.
Cho‘tkalar tarkibidagi qo‘rg‘oshin va qalay kollektor yeyilishini kamaytiradi va 
cho‘tka kontaktlaridagi qarshilikni pasaytiradi. Quvvati katta va tok zichligi yuqori 
bo‘lgan startorlarga tarkibida grafit miqdori yuqoriroq bo‘lgan cho‘tkalar 
o‘rnatiladi. 
Startorlarning yuritma mexanizm tomonidagi qopqoqlari aluminiy 
qotishmasidan yoki cho‘yandan quyiladi. Qopqoqning konstruksiyasi uning qanday 
materialdan tayyorlanganligiga, yuritma mexanizm turiga, startorning dvigatelga
mahkamlash usuliga va tortish relesining tuzilishiga bog‘liq. Odatda startor,
dvigatel karterining yon tomonida joylashtirilib, yuritma tomonidagi qopqog‘i 
maxovik tomonga qaratiladi va uning ilashish mexanizmi karteridagi tirqishga 
kiradi. Startorning dvigatelda mahkamlash usuli, startor yechilganda va qayta joyiga 
qo‘yilganda yuritma shesternasi va maxovik o‘qlarining markazlari orasidagi 
masofanining o‘zgarib ketmasligini ta’minlashi zarur. Bu talabga gardishli 
(flanetsli) mahkamlash usuli ko‘proq javob beradi. Gardishli mahkamlash usulida 
startorning yuritma mexanizmi tomonidagi qopqog‘ida maxsus o‘rnatish gardishi 
bo‘lib, unda mahkamlash boltlari uchun mo‘ljallangan ikki yoki uchta teshik va 
to‘g‘ri o‘rnatish o‘simtasi mavjud bo‘ladi. Qopqoqda yuritma shesternasi 
maxovikning tishli gardishi bilan ilashishi uchun imkon beradigan maxsus tirqish 
qoldirilgan. 
Gardishli mahkamlash usuli bilan burovchi moment uzatilayotganda vujudga 
keladigan zo‘riqish va startorni og‘irlik kuchi ta’sirida o‘rnatish gardishiga katta 
yuklama tushadi. Shuning uchun quvvati 4,4 kVt dan yuqori, qobiq diametri 130-
180 mm bo‘lgan startorlar, odatda, dvigatellardagi maxsus botiqliklarga o‘rnatilib, 
metall tasmalar yoki quyma tutqichlar bilan mahkamlanadi. Startorlar burovchi 
moment uzatilayotganda vujudga keladigan yuklamalar ta’sirida mahkamlangan 
joyida aylanib ketmasligi uchun shponka yoki shtiftga o‘rnatiladi. Startor 
qopqoqlarida va oraliq tayanchlarda sirpanish podshipniklari o‘rnatiladi. Oraliq 
tayanchlarning qobiq diametri 115 mm va undan ortiq bo‘lgan startorlarga
qo‘yish mo‘ljallangan. Cho‘yan, po‘lat yoki aluminiy qotishmasidan tayyorlangan, 
lappak shaklida bo‘lgan oraliq tayanch startor qobig‘i bilan old tomondagi qopqoq 


orasiga siqiladi yoki old qopqoqning o‘ziga mahkamlanadi. Podshipniklar, dastlab, 
startorni ishlab chiqarish jarayonida va zarurat bo‘yicha, ishlatish davrida 
moylanadi. Katta quvvatli startorlarda podshipniklar moydon va moylash filsalariga 
ega bo‘ladi (2.12 -rasm,10). 
ВАЗ-2108 avtomobillarida kollektor tomonidagi qopqoqda bitta tayanchga ega 
bo‘lgan 29.3708 belgili startorlar o‘rnatilgan Yuritma tomonidagi ikkinchi tayanch
dvigatel maxovigining karterida joylashgan. 
Startorlarning ichki qismiga chang, loy va suv kirmasligi uchun ular odatda
yopiq yoki germetik zichlangan holda ishlab chiqiladi. Ayniqsa, og‘ir, yo‘lsizlik 
sharoitlarida ishlaydigan, ko‘p yuk ortadigan avtomobillar uchun mo‘ljallangan 
katta quvvatli startorlarning germetik zichlashga jiddiy e’tibor beriladi. Masalan, 
dizel dvigatellariga o‘rnatiladigan Ст142 belgili startorda (2.12-rasm) germetik 
zichlash ajraladigan qismlar orasiga maxsus rezina halqalar 1, yumshoq plastik 
materiallardan tayyorlangan qistirmalar qo‘yish yo‘li bilan ta’minlanadi. Tortish 
relesining pishang mexanizmi rezinali silfon 22 yordamida zichlanadi. 
2.9-rasm. Ko‘ndalang kollektorli 26.3708 belgili startyor: 

Download 139.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling