Startorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi
Download 139.4 Kb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу
. STARTORLARNING TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPI Avtomobil elektrostartorlarining uyg‘otish va boshqarish usulini, yuritma mexanizmining turi va atrof muhit ta’siridan himoya qilinganlik darajasi bo‘yicha tasniflash mumkin. Startorlarda uyg‘otish uslubiga qarab ketma-ket va aralash uyg‘otish tizimli elektrodvigatellar qo‘llaniladi. Dvigatelni ishga tushirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tortish xususiyatlarining ustunligi tufayli ketma-ket uyg‘otish tizimli elektrodvigatellar ancha keng tatbiq topgan. Startor salt ishlaganda, uning yakori aylanish chastotasini cheklash maqsadida, ba’zan aralash uyg‘otish tizimli elektrodvigatellar ham ishlatiladi (masalan Ст.221, 26.3708 belgili startorlarda). Oxirgi vaqtda ba’zi startorlarda doimiy magnit yordamida uyg‘otiladigan elektrodvigatellar ham ishlatilmoqda. Bu elektrodvigatellarning tuzilishi sodda, uyg‘otish chulg‘ami bo‘lmaganligi tufayli elektroenergiyani nisbatan kam iste’mol qiladi. Ammo, bu elektrodvigatellar va ichki yonuv dvigatellarning mexanik tavsifnomalari bir-biriga yaxshi mos tushmaydi. Shu sababli, doimiy magnitli elektrodvigatellar kam quvvatli startorlarda qo‘llaniladi. Barcha turdagi startorlarning elektrodvigatellari deyarli bir xil tuzilgan bo‘lsa, ulardagi yuritma mexanizmlari tuzilish va ishlash bo‘yicha bir-biridan ko‘p jihatdan farq qilishi mumkin. Yuritma mexanizmlarning turi va ishlash prinsipi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: - yuritma shesternasini mexanik yoki elektromexanik usulda majburiy ravishda harakatlantirish; - shesternani elektromexanik usulda majburiy ravishda maxovikning tishli gardishiga ilashtirish va dvigatel ishga tushgandan keyin shesternani avtomatik ravishda ilashuvdan chiqarish; - shesternani inersiya kuchi ta’sirida harakatlantirish; - shesternani elektromagnit kuchlar ta’sirida, ya’ni elektrodvigatel yakorining harakatlanishi hisobiga ilashuvga kiritish. Hamdo‘stlik mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarda, asosan, yuritma shesternasini elektromexanik usulda majburiy harakatlantirish hisobiga ilashuvga kiritish prinsipida ishlaydigan startorlar qo‘llanilgan (2.6-rasm). Bu turdagi startorlarda dvigatel ishga tushgandan keyin teskari burovchi moment ta’sirida yakor o‘zaklari va chulg‘amlari sochilib ketmasligi uchun erkin yurish muftasi o‘rnatiladi. Erkin yurish muftasi burovchi momentni bir tomonlama, ya’ni startor yakoridan shesterna va u orqali dvigatel maxovigiga uzatadi. Dvigatel ishga tushib, shesterna maxovik tomonidan aylantirilganda, erkin yurish muftasi sirg‘aladi va teskari tomonga, ya’ni shesternadan yakor valiga harakatni uzatmaydi. Startorlarning quvvati ortishi bilan erkin yurish muftalarining ishonchlilik darajasi kamayadi. Shuning uchun, quvvati katta bo‘lgan va asosan dizel dvigatellariga o‘rnatiladigan startorlarda shesternani ilashtirish majburiy, dvigatel ishga tushgandan keyin ilashishdan chiqarish avtomatik ravishda amalga oshriladigan yuritma mexanizmlari qo‘llaniladi. Shesternasi inersiya kuchlari ta’sirida ilashuvga kiradigan va undan chiqadigan yuritma mexanizmlar tuzilishining soddaligi, o‘lchamlari kichikligi va tannarxining pastligi bilan tavsiflanadi. Ammo, bu turdagi yuritma mexanizmlarda ilashuv jarayoni shesternani maxovikning tishli gardishiga kuchli urilish hollari bilan bog‘liq. Shuning uchun, bu turdagi yuritma mexanizmlarning qo‘llash doirasi quvvati 1 kVt gacha bo‘lgan startorlar bilan cheklangan. Elektrodvigatel qutblarining magnityuritish kuchlari ta’sirida yakorni harakatga keltirib, shesternani ilashtirish prinsipiga asoslangan startorlar, asosan, xorijiy mamlakat avtomobillarida tatbiq etilgan. Bu yuritma mexanizmi quvvati 3-5 kVt bo‘lgan startorlarga o‘rnatiladi. Bunday yuritma mexanizmi o‘rnatilgan startorlarning tuzilishi ixcham, dvigatelga mahkamlash qulay bo‘ladi, ammo ularda qimmatbaho mis nisbatan ko‘p ishlatilishi va avtomobillar qiyalikda turganda yuritma mexanizmining ishonchlilik darajasini pasayishi (yakorning og‘irlik kuchi ta’sirida) ularning asosiy kamchiliklari hisoblanadi. Startorlar tuzilishini avtomobillarda ancha keng tatbiq topgan Ст130-A3 belgili startor misolida ko‘rish mumkin. Startor (2.6-rasm) quyidagi detallardan tashkil topgan: qutb boshmoqlari 22 va uyg‘otish chulg‘amining g‘altaklari 21 o‘rnatilgan qobiq 15; asosiy chulg‘am 20 va kollektor 18 joylashtirilgan yakor 16; erkin yurish muftasi 12, shesterna 11 va bufer prujinasi 13 ni o‘z ichiga olgan yuritma mexanizmi; elektromagnit tortish relesi; yuritma va kollektor tomonidagi qopqoqlar 9, 19; cho‘tkalar o‘rnatilgan cho‘tkatutqichlar. Startor qobig‘i yaxlit tortilgan quvurdan yoki po‘lat tilimni kavsharlash yo‘li bilan tayyorlanib, elektrodvigatel magnit sistemasining bir qismini tashkil qilishi bilan birga startor qopqoqlari mahkamlanuvchi qurilma xizmatini ham bajaradi. 2.6-rasm. Ст130-A3 belgili startyor: Download 139.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling