Startorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi


Download 139.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana09.06.2023
Hajmi139.4 Kb.
#1471906
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзу

1 – tortish relesining kontaktlari; 2 – o‘t oldirish g‘altagining qo‘shimcha qarshiligini ulovchi 
kontakt; 3 – tortish relesining chulg‘amlari; 4 – tortish relesining yakori; 5 – rostlash vint-
tortqichi; 6 – himoya qobig‘i; 7 – pishang; 8 – shesternaning yurish doirasini rostlash vinti; 
9 – yuritma tomondagi qopqoq; 10 – tiralish halqasi; 11 – shesterna; 12 – erkin yurish 
muftasi; 13 – prujina; 14 – yetaklash muftasi; 15 – qobiq; 16 – yakor; 17 – himoya tasmasi; 
18 – kollektor; 19 – kollektor tomonidagi qopqoq; 20 – yakor chulg‘ami; 21 – uyg‘otish 
chulg‘ami; 22 – qutb boshmog‘i.. 


Qobiqning ichki yuziga vintlar yordamida to‘rtta qutb boshmoqlari 22 
mahkamlanadi. Yakor va qutb boshmoqlari orasida doimiy tirqish bo‘lishini 
ta’minlash maqsadida qutb o‘zagining ichki yuzi yo‘niladi.Qutb boshmoqlariga 
uyg‘otish chulg‘amining g‘altaklari 21 o‘rnashtirilgan. G‘altaklar soni qutblar 
soniga teng, ya’ni ular ham to‘rtta. Ketma-ket ulangan uyg‘otish chulg‘amining 
g‘altaklari ko‘ndalang kesimi to‘rt burchak bo‘lgan, izolyatsiya qilinmagan ПММ 
markali mis simdan o‘raladi. Ba’zan misni kamroq ishlatish va startorning massasini 
kamaytirish maqsadida g‘altaklar aluminiy simlaridan o‘raladi. Bunda g‘altaklar bir-
biriga sovuq kavsharlash yo‘li bilan ulanadi. 
Soni uncha ko‘p bo‘lmagan g‘altak o‘ramlari 
bir-biridan 0,2-0,4 mm qalinlikdagi elektrkarton 
bilan ajratiladi. G‘altaklar tashqi tomonidan lok 
singdirilgan paxta ip yoki polimer tasmalar bilan 
izolyatsiya qilinadi. Ketma-ket uyg‘otish tizimli 
startorlarda g‘altaklar ketma-ket, juft-parallel 
yoki parallel usulda ulanishi mumkin. Aralash 
uyg‘otish tizimli startorlarda parallel ulangan 
uyg‘otish chulg‘amining g‘altaklari emal 
izolyatsiyali, yumaloq kesimli mis simdan 
o‘raladi. 
Tok uyg‘otish chulg‘amiga elektrmagnit 
tortish relesining asosiy kontaktlari 1 orqali 
qobiq yoki kollektor tomondagi qopqoqqa 
o‘rnatilgan izolyatsiya vtulkadan o‘tgan ko‘p 
tolali sim (yoki mis shina) bo‘ylab keladi. 
Startor yakori 16 po‘lat valning ariqchalari 
bo‘ylab o‘rnatilgan, qalinligi 1,0-1,2 mm
bo‘lgan po‘lat plastina paketlardan iborat o‘zak, 
paket o‘zaklar oralig‘iga joylashtirilgan asosiy chulg‘am 20 va startor valiga 
presslangan kollektor 18 dan iborat. Yakor o‘zagini yupqa plastina paketlardan 
tayyorlanishi , ularda uyurma toklarga bo‘ladigan isrofni kamaytiradi. 
Startor elektrodvigatelining yakorlarida bir va ikki o‘ramli seksiyadan iborat 
oddiy to‘lqinsimon yoki halqasimon chulg‘amlar qo‘llaniladi. Bir qator afzalliklari 
borligi tufayli startor yakorlarida ko‘proq to‘lqinsimon chulg‘amlar tatbiq topgan. 
Yakor chulg‘amining bir o‘ramli seksiyasi izolyatsiya qilinmagan, kesim yuzi 
to‘rtburchak bo‘lgan PMM markali simdan tayyorlanadi. Ikki o‘ramli seksiya 
chulg‘amlari esa yumaloq kesimli izolyatsiya qilingan simdan o‘raladi. Yakor 
ariqchalari ochiq, yarim ochiq holda tayyorlanib, ular to‘g‘ri to‘rtburchak yoki 
noksimon ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin (2.7-rasm). To‘g‘ri to‘rtburchak 
ko‘rinishdagi ariqchalarga kesim yuzi to‘rtburchak bo‘lgan simlar yaxshi joylashadi.
Bu holda simlar ikki qatlam ko‘rinishida joylashtiriladi va ular bir-biridan va yakor 
o‘zagidan S simon shakldagi elektrkarton yoki polimer plenka yordamida 
izolyatsiya qilinadi. Noksimon ko‘rinishga ega bo‘lgan ariqchalar , asosan, 
chulg‘amlari ikki seksiyali o‘ramlarga ega bo‘lgan, quvvati katta bo‘lmagan 
startorlarda qo‘llaniladi. Yakor chulg‘amlarining kollektor tomonidagi qismiga 
2.7-rasm.Startyor yakori ariqchalarining 
sxemasi:
a-ochiq; b-yarim ochiq; 1-yakor chulg‘ami-

Download 139.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling