Startorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi
Ichki reduktorli va doimiy magnitlardan uyg‘atiladigan startorlar
Download 139.4 Kb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу
Ichki reduktorli va doimiy magnitlardan uyg‘atiladigan startorlar. Ichki
yonuv dvigateli va ishga tushirish sistemasining tavsifnomalarini bir-biriga ratsional moslashtirishda yuritmaning startordan dvigatelga bo‘lgan uzatish soni i katta ahamiyatga ega. Har bir dvigatel va uni ishga tushirish sharoitlari uchun yuritmaning, elektrostartor quvvatini eng to‘la ishlatilishini ta’minlaydigan uzatish sonlari mavjud. Ammo, reduktorsiz yuritma mexanizmlarida, shesternaning mexanik mustahkamlik shart-lariga ko‘ra i ning qiymati 16 dan katta bo‘lmaydi. Ikkinchi tomondan, i ning ortishi startor elektrodvigatelining o‘lchamlari va massasini kamaytirish imkonini beradi. Oxirgi yillarda elektrostartorlarning o‘lchamlari va massasini kamaytirish maqsadida elektrodvigatel chulg‘amlarini yengil aluminiydan tayyorlash, issiqqa chidamli yuqori sifatli izolyatsiya materiallar ishlatilishi bilan birga, ichki qismiga reduktor o‘rnatilgan o‘lchamlari kichik, aylanish chastotasi yuqori bo‘lgan startorlar tobora keng qo‘llanilmoqda. Reduktorli startorlarda yakor vali bilan startorning chiqish vali orasiga aylanish chastotasini 3-4 marta pasaytiradigan reduktor o‘rnatilgan. Bunda elektrodvigatelning salt ishlagandagi aylanishlar chastotasi 15000-20000 min -1 gacha orttiriladi, yakor validagi aylantiruvchi moment qiymati esa sezilarli darajada pasayadi. Tuzilish jihatidan reduktorlar oddiy qatorli ichki (2.14-rasm) va tashqi ilashgan yoki planetar mexanizmli bo‘lishi mumkin. Ayniqsa bu maqsadlarda Jems nomi bilan yuritiladigan planetar reduktorlarni (2.15-rasm) ishlatish maqsadga muvofiq. Bu reduktorlar kuchlanishning simmetrik uzatilishi, ixchamligi va foydali ish koeffitsienti (FIK) yuqorililigi bilan ajralib turadi. 2.15-rasm. Ichki ilashgan reduktorli startyor: 1–old tomondagi qopqoq; 2– yuritma pishangi; 3– tortish relesining yakori; 4–tortish relesining chulg‘ami; 5–kontaktli lappak; 6– uyg‘otish chulg‘ami; 7– cho‘tka; 8– podshipnik; 9– kollektor;10– elektrodvigatel yakori; 11– reduktorning yetakchi shesternasi; 12– ichki ilashgan yetaklanuvchi tishli g‘ildirak; 13– erkin yurish muftasi; 14– yuritma shesternasi; 15– yuritma vali. 2.16-rasm. Planetar reduktor va doimiy magnitli startyor: 1– yuritma shesternasi ; 2– yuritma pishangi; 3– tortish relesi; 4– kollektor; 5–cho‘tka; 6– doimiy magnitlar; 7– yakor; 8– planetar reduktor; 9– erkin yurish muftasi Reduktorli startorlar bir qator afzalliklarga ega, xususan, ularning o‘lchamlari va massasi kichik, elektrodvigatellaridagi aylantiruvchi momentining pasayishi hisobiga dvigatelni ishga tushirish jarayonida akkumulatorlar batareyasiga tushadigan yuklama qiymati ancha kamayadi, past temperaturalarda dvigatellarning ishonchli ishga tushirish imkoniyati ortadi. Shu bilan birga reduktorli startorlar kamchiliklardan ham holi emas va ularning eng asosiylari quyidagilar: erkin yurish muftalariga tushadigan yuklama ortadi va ularning ishonchli ishlash darajasi pasayadi; reduktor tufayli va elektrodvigatel yakorining aylanish chastotasi yuqorililigi sababli startor ortiqcha shovqin bilan ishlaydi; yakor aylanish chastotasining yuqorililigi cho‘tka va kollektorlarning ishlash sharoitini og‘irlashtiradi va ularni eyilishini tezlashtiradi. Reduktorli startorlarning qo‘llanishi ularning ishlab chiqarish texnologiyasini sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keldi. Xususan, tez aylanuvchi qismlarning mexanik mustahkamligi oshirildi, yakor chulg‘amlarini izolyatsiya qilish uchun pishiqligi yuqoriroq bo‘lgan materiallar qo‘llaniladigan, elektrodvigatelning asosiy zanjirlaridagi qalaylash yo‘li bilan ulanadigan birikmalar payvandlanadigan, aylanuvchi qismlarni aniq muvozanatlashtirish amalga oshiriladigan bo‘ldi. Oxirgi vaqtda quvvati 2 kVt dan katta bo‘lmagan startorlarda doimiy magnitlardan uyg‘otilish usuli tobora keng tatbiq topmoqda (2.15-rasm, 6). Odatda soni oltita bo‘lgan doimiy magnitlar startor qobig‘ining ichki qismiga diametri bo‘ylab mahkamlanadi. Doimiy magnit koersitiv kuchi nisbatan katta bo‘lgan stronsiy ferritidan tayyorlanadi. Koersitiv kuchi katta bo‘lgan doimiy magnitlar startor ishga tushirilayotgan jarayonda yuzaga keladigan “yakor reaksiyasi” ta’sirida magnitsizlanishga chidamli bo‘ladi va o‘zining magnit xususiyatlarini uzoq vaqt davomida barqaror saqlaydi. Mamlakatimizda chiqarilayotgan NEKSIA avtomobilining startori elektrodvigateli ham doimiy magnitlardan uyg‘otilish prisipiga asoslangan. Bu turdagi startorlarning yangi avlodiga temir-neodim-bor qotishmasidan tayyorlangan yuqori energiyali doimiy magnitlar o‘rnatilmoqda. Bu magnitlar “Magnakvench” nomi bilan yuritiladi. Energiyasi 22-30 kJ/m 3 bo‘lgan strontsiy ferritiga nisbatan “Magnakvench” magnitlarining energiyasi sezilarli darajada katta bo‘lib, 100-290 kJ/m 3 doirasida yotadi. Bu magnitlar asosida tayyorlangan startorlar juda ixcham va yengilligi bilan ajralib turadi. Temir-neodim-bor qotishmasining ancha qimmatligi, ochiq havoda oksidlanishga moyilligi va temperaturaga ta’sirchanligi bu magnitlarning jiddiy kamchiligi hisoblanadi. Bu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun tayyorlash jarayonida magnitga maxsus ishlov berish zarur bo‘ladi Download 139.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling