Startorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi


STARTORLARNI BOSHQARISH ELEKTR SXEMALARI


Download 139.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana09.06.2023
Hajmi139.4 Kb.
#1471906
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзу

 
2.5. STARTORLARNI BOSHQARISH ELEKTR SXEMALARI 


Ma’lumki ichki yonuv dvigatellarining ishga tushirish tizimlarida startor 
elektrmagnit tortish relesi yordamida masofadan, ya’ni haydovchi kabinasidan turib 
boshqariladi. Dizel dvigatellarida bu jarayon, kontaktlari tortish relesining iste’mol 
qiladigan tok ta’siriga chidamli, startor ulagichlari yordamida amalga oshiriladi. 
Benzinli dvigatellarda esa tortish relesi, ba’zan bevosita o‘t oldirish kaliti orqali 
(kam quvvatli startorlarda), lekin aksariyat hollarda, chulg‘amlari o‘t oldirish kaliti 
orqali ulangan qo‘shimcha rele vositasida boshqariladi. Chunki, dvigatelni ishga 
tushirish jarayonida tortish relesining iste’mol toki 30-40 A ni tashkil qiladi va o‘t 
oldirish kalitining kontaktlari bu qiymatdagi toklar bilan ishlashga mo‘ljallangan 
emas. 
ВАЗ 2101, 2103, 2106 avtomobillarida o‘rnatilgan Ст221 startorlardagi bir 
chulg‘amli tortish relesi bevosita o‘t oldirish kaliti orqali boshqarilish usuliga misol 
bo‘la oladi (2.16-rasm). Tortish relesining chulg‘ami TRCh , o‘t oldirish kaliti 
O‘OK "startor" holatiga buralganda akkumulatorlar batareyasi bilan ulanadi. 
Tortish relesining yakori elektromagnit maydon ta’sirida tortilib pishang
yordamida yuritma shesternasini maxovikning tishli gardishi bilan ilashtiradi va 
harakat yo‘lining oxirida elektrodvigatel "M" ni tok manbaiga ulaydigan tortish 
relesining kontaktlari TRK ni tutashtiradi. 
Elektrodvigatel ishga tushadi va yuritma 
mexanizmi dvigatel tirsakli valini aylantira 
boshlaydi. Dvigatel ishga tushgandan keyin
O‘OK "o‘t oldirish" holatiga o‘tkaziladi va 
tok zanjiri uzilgan tortish relesining yakori 
va yuritma mexanizmi prujina ta’sirida
o‘zining dastlabki holatiga qaytadi. 
Startorlarda ko‘pincha dvigatelni ishga 
tushirish 
jarayonida 
akkumulatorlar
batareyasi energiyasini tejash imkonini 
beradigan ikki chulg‘amli (tortuvchi - 
"TCh" va ushlab turuvchi - "UTCh") tortish 
relelari ishlatiladi. Ikki chulg‘amli tortish 
relesining 
ishlashi 
2.17-rasmda 
2.16-rasm. СТ 221 startyorini boshqarish 
elektr sxemasi 
2.17-rasm. Startyorlarning ikki chulg‘amli elektromagnit tortish relesining ishlash prinsipi 
a - qo‘shimcha rele ulangan hol; b - tortish relesining asosiy kontaklari ulangan hol; c - 
qo‘shimcha rele kontaktlari uzilgan hol. 


tasvirlangan. O‘t oldirish kaliti ulanib, qo‘shimcha rele kontaktlari -QRK 
tutashganda, akkumulatorlar batareyasidan keladigan tok ikkita chulg‘am - UTCh
va TCh dan o‘tadi (2.17-a rasm). Bu ikki chulg‘am hosil qilgan elektromagnit 
maydon ta’sirida tortish relesining yakori tortilib, pishang vositasida yuritma 
mexanizmini harakatga keltirib, shesterna va maxovikning tishli gardishini 
ilashishini ta’minlaydi. Yakor harakatining oxirida o‘zining ikkinchi uchidagi 
kontaktli lappak yordamida tortish relesining asosiy kontaktlari TRK ni tutashtiradi
va tok manbaini bevosita elektrodvigatel chulg‘amlariga ulaydi (2.17-b rasm). 
Tortish chulg‘ami - TCh sxemaga shunday ulanganki, TRK tutashishi bilan TCh  
shuntlanadi, chunki dvigatelni ishga tushirish jarayonining bu bosqichida tortish
rele kontaktlarini tutash holda saqlab turish uchun ushlab turuvchi chulg‘am magnit 
maydonining tortish kuchi etarli bo‘ladi. 
Dvigatel ishga tushgandan keyin, qo‘shimcha rele kontaktlari QRK uziladi va tok, 
tortish relesining kontaktlari TRK, TCh va UTCh chulg‘amlari orqali ketma-ket 
o‘tadi (2.17-c rasm). Bunda UTCh chulg‘amdan o‘tayotgan tok yo‘nalishi 
oldingiday bo‘lsa, TCh dan tok teskari yo‘nalishda o‘tadi. Har ikkala chulg‘amdagi 
o‘ramlar soni va ulardan o‘tayotgan tok bir xil bo‘lganligi sababli bu 
chulg‘amlarning magnit yurituvchi kuchlar yig‘indisi nolga teng bo‘ladi. Natijada,
rele elektromagniti magnitsizlanadi, qaytarish prujinasi rele yakorini dastlabki 
holiga qaytarib, rele kontaktlari TRK ni uzadi va yuritma mexanizmining pishangiga 
ta’sir ko‘rsatib, shesternani ilashishdan chiqaradi. 
Dvigatel ishga tushgandan keyin startorni tasodifan yana tok manbaiga ulash,
yuritma shesternasi va maxovik gardishining tishlarini shikastlanishiga yoki erkin 
yurish muftasini ishdan chiqishga olib kelishi mumkin. Dvigatel ishga tushgandan
keyin bexos startorni qayta ulanishini oldini olish uchun maxsus blokirovka relelari 
ishlatiladi. Bu relega ta’sir qilish uchun dvigatel to‘la ishga tushganligi xaqidagi 
signal har xil datchiqlardan kelishi mumkin. Masalan, bu maqsadda tirsakli valning 
aylanishlar chastotasini, dvigatelni moylash sistemasidagi moy bosimini yoki 
generatorni kuchlanishini nominal qiymatga erishganligini qayd kiluvchi datchiklar 
ishlatilishi mumkin. 
БелАЗ, KaмAЗ, dizel dvigatelli KAЗ, Урал avtomobillarida qo‘llanilgan 
dvigatel ishga tushgandan keyin startor tok zanjirini avtomatik ravishda uzib, uni 
blokirovka qiladigan sistemaning elektr sxemasi 2.18-rasmda keltirilgan. Sistema 
tarkibiga boshqarish elektron bloki va tirsakli valning aylanish chastotasini qayd 
qiluvchi datchik (taxometr) kiradi. Boshqarish bloki startor o‘chirilishi lozim 
bo‘lgan aylanishlar chastotasiga rostlab qo‘yilgan. Tirsakli valning aylanishlar 
chastotasi belgilangan qiymatga erishganda datchikdan kelgan signal ta’sirida 
boshqarish bloki tortish relesining tok zanjirini uzadi va startorni o‘chiradi. 


Almashlab ulagich S ning "КЗ" holatida, VT2 va VT3 tranzistorlardan tash-kil 
topgan trigger o‘zining boshlang‘ich turg‘un holatida bo‘ladi, ya’ni VT2 yopiq,
VT3 esa ochiq bo‘ladi. Almashlab ulagich S "СТ" (ishga tushirish) holatiga 
o‘tkazilganda startorni ulash relesidagi KV1 chulg‘amiga tok uzatiladi va uning 
KV1.1 kontaktlari tutashib, startorni ishga tushiradi. Aylanish chastotasi 
datchigining musbat qutbli impulslari VT1 tranzistor va VD2, VD3
stabilitronlardan tashkil topgan shakllantirgichga uzatiladi. VT1 tranzistor 
kollektoridan VD2 va VD3 stabilitronlar yordamida amplitudasi cheklangan 
impulslar kondensatorlar S5, S6, rezistorlar R8, R9 va diodlar VD5, VD6 dan tashkil 
topgan o‘zgartirgichga keladi. Tirsakli valning aylanish chastotasi belgilangan 
qiymatga erishganda (ya’ni dvigatel to‘la ishga tushganda) o‘zgartirgichning chiqish 
joyidagi kuchlanish VD7 stabilitron ochilishi uchun etarli bo‘ladi. Stabilitron
VD7 ning ochilishi triggerni ikkinchi turg‘un holatiga o‘tkazadi. Bunda VT2 
tranzistor ochiladi, VT3 esa yopiladi va KV1 relening tok zanjiri uziladi, startor 
o‘chiriladi. 
Endi, statyorni qayta ishga tushirish uchun almashlab ulagich - S dastlabki 
holatiga qaytarilishi kerak. Termorezistor R7 va unga parallel ulangan qarshilik R6,
diod VD4 atrof muhit temperaturasiga qarab startor o‘chirilishi lozim bo‘lgan 
aylanishlar chastotasi qiymatini o‘zgartirish (odatda qishda va yozda) imkonini
beradi. Sistemaning boshqa elementlari sxemaning barqaror ishlashini ta’minlash 
uchun xizmat qiladi. 
2.18-rasm. Dvigatel ishga tushgandan keyin, startyorni avtomatik o‘chirishning elektr sxemasi 

Download 139.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling