Startorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi
Download 139.4 Kb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу
ning simi, 2- ariqchadagi izolatsiya, 3-pona
(peshana qismiga) bir necha o‘ram po‘lat simdan, sintetik lok singdirilgan paxta ip yoki shisha tolasidan tayyorlangan chilvirdan belbog‘ qo‘yiladi. Yakor chulg‘ami seksiyalarining uchi kollektor plastinalari orasidagi ariqchaga kiritiladi, chekiladi va payvandlanadi. Startorlar ishonchli ishlashi nuqtai nazaridan elektrodvigatellarning eng muhim qismi, mis plastinalardan yig‘ilgan kollektor hisoblanadi. Yakorning aylanishlar chastotasi yuqori, cho‘tkali kontaktlardan o‘tayotgan tok zichligi katta va vibratsiya mavjud bo‘lganligi tufayli kollektorlarga qiymati ancha katta bo‘lgan mexanik, issiqlik va elektr yuklamalar ta’sir ko‘rsatadi. Startorlarda metall vtulkaga joylashtirilgan yig‘ma silindrsimon, plastmassa asosli silindrsimon va ko‘ndalang kollektor ishlatiladi (2.8-rasm). Quvvati katta bo‘lgan startorlarda qo‘llaniladigan yig‘ma silindrsimon kollektorlar (2.8-a rasm) alohida mis plastinalardan yig‘ilib, bir-biridan qalinligi 0,4-0,9 mm bo‘lgan mikant, sludinit yoki sludoplastdan tayyorlangan qistirmalar, yakor valiga presslangan metall vtulka 3 dan esa, silindrsimon mikant vtulka 4 yordamida izolyatsiya qilinadi. Kollektorning mis plastinalari 5 ikkala tomonda joylashgan konussimon siquvchi metall halqalari 1, konussimon izolyatsiya halqalari 2 va gayka 6 yordamida siqib mahkamlanadi. Quvvati 3,5 kVt gacha bo‘lgan startorlarda o‘rnatiladigan plastmassa asosli silindrsimon kollektorlarda (2.8-b rasm) plastmassa - kollektorni shakllantiruvchi element bo‘lib, mis plastinalarni yakor validan izolyatsiya qiladi va yuklama ta’sirini qabul qiladi. Kollektorning mustahkamligini oshirish maqsadida plastmassa asosga metalldan ishlangan sinch halqalar 7 joylashtirilgan. Ko‘ndalang kollektorlarning (2.8-c rasm) ishchi yuzasi yakorning aylanish o‘qiga tik holda joylashtiriladi (2.8-rasm). Ularning o‘lchamlari kichik va mis nisbatan kam ishlatiladi. Kollektorning har bir plastinasining orqa tomonida halqa bo‘ylab tayanch tumshuqlar ishlangan va ularga plastmassa asos presslangan. Bu 2.8-rasm. Startyorlarning kollektorlari: a – yig‘ma silindrsimon metall vtulkada; b – silindrsimon plastmassa asosda; c – k o‘ ndalang, plastmassa asosda. 1 – konussimon siquvchi halqalar; 2 – konussimon izolyatsiya halqalari; 3 – metall vtulka; 4 – izolyatsiya trubkasi; 5 – kollektor plastinalari; 6 – gayka; 7 – metall sinch halqalar; 8 – plastmassa asos; 9 – izolatsiya plastinasi . kollektorning yuqori mexanik mustahkamligini ta’minlaydi. Bu turdagi kollektorlarda cho‘tkali kontaktlar uzoq va barqaror ishlaydi. Ko‘ndalang kollektorlarning qo‘llanilishi startorlarning umumiy uzunligini va massasini kamaytirish imkonini beradi. Startorning kollektor tomonidagi qopqog‘i cho‘yandan, po‘latdan, aluminiydan yoki rux qotishmasidan quyiladi, ba’zan esa, po‘latdan shtamplash yo‘li bilan tayyorlanadi. Qopqoqqa yoki traversaga parchinlash yo‘li bilan yoki vintlar yordamida cho‘tkatutqichlar o‘rnatiladi. Cho‘tkatutqichlar qopqoqdan tekstolit yoki boshqa turdagi izolyatsiya materialidan tayyorlangan va qalinligi 1,5-2,0 mm bo‘lgan qistirma yordamida ajratiladi. Cho‘tkatutqichlar cho‘tkalarning to‘g‘ri joylashishini va ularning zarur kuchlanish bilan kollektorning ishchi yuziga bosilib turilishini ta’minlaydi. Ko‘ndalang kollektorli startorlarda (2.9-rasm) cho‘tkalar 6 plastmassa yoki temir traversga joylashtiriladi va kollektorning ishchi yuziga o‘rama silindrsimon prujinalar 4 vositasi bilan bosib turiladi. Startorlarda qo‘rg‘oshin va qalay qo‘shilgan mis-grafit cho‘tkalar ishlatiladi. Cho‘tkalar tarkibidagi qo‘rg‘oshin va qalay kollektor yeyilishini kamaytiradi va cho‘tka kontaktlaridagi qarshilikni pasaytiradi. Quvvati katta va tok zichligi yuqori bo‘lgan startorlarga tarkibida grafit miqdori yuqoriroq bo‘lgan cho‘tkalar o‘rnatiladi. Startorlarning yuritma mexanizm tomonidagi qopqoqlari aluminiy qotishmasidan yoki cho‘yandan quyiladi. Qopqoqning konstruksiyasi uning qanday materialdan tayyorlanganligiga, yuritma mexanizm turiga, startorning dvigatelga mahkamlash usuliga va tortish relesining tuzilishiga bog‘liq. Odatda startor, dvigatel karterining yon tomonida joylashtirilib, yuritma tomonidagi qopqog‘i maxovik tomonga qaratiladi va uning ilashish mexanizmi karteridagi tirqishga kiradi. Startorning dvigatelda mahkamlash usuli, startor yechilganda va qayta joyiga qo‘yilganda yuritma shesternasi va maxovik o‘qlarining markazlari orasidagi masofanining o‘zgarib ketmasligini ta’minlashi zarur. Bu talabga gardishli (flanetsli) mahkamlash usuli ko‘proq javob beradi. Gardishli mahkamlash usulida startorning yuritma mexanizmi tomonidagi qopqog‘ida maxsus o‘rnatish gardishi bo‘lib, unda mahkamlash boltlari uchun mo‘ljallangan ikki yoki uchta teshik va to‘g‘ri o‘rnatish o‘simtasi mavjud bo‘ladi. Qopqoqda yuritma shesternasi maxovikning tishli gardishi bilan ilashishi uchun imkon beradigan maxsus tirqish qoldirilgan. Gardishli mahkamlash usuli bilan burovchi moment uzatilayotganda vujudga keladigan zo‘riqish va startorni og‘irlik kuchi ta’sirida o‘rnatish gardishiga katta yuklama tushadi. Shuning uchun quvvati 4,4 kVt dan yuqori, qobiq diametri 130- 180 mm bo‘lgan startorlar, odatda, dvigatellardagi maxsus botiqliklarga o‘rnatilib, metall tasmalar yoki quyma tutqichlar bilan mahkamlanadi. Startorlar burovchi moment uzatilayotganda vujudga keladigan yuklamalar ta’sirida mahkamlangan joyida aylanib ketmasligi uchun shponka yoki shtiftga o‘rnatiladi. Startor qopqoqlarida va oraliq tayanchlarda sirpanish podshipniklari o‘rnatiladi. Oraliq tayanchlarning qobiq diametri 115 mm va undan ortiq bo‘lgan startorlarga qo‘yish mo‘ljallangan. Cho‘yan, po‘lat yoki aluminiy qotishmasidan tayyorlangan, lappak shaklida bo‘lgan oraliq tayanch startor qobig‘i bilan old tomondagi qopqoq orasiga siqiladi yoki old qopqoqning o‘ziga mahkamlanadi. Podshipniklar, dastlab, startorni ishlab chiqarish jarayonida va zarurat bo‘yicha, ishlatish davrida moylanadi. Katta quvvatli startorlarda podshipniklar moydon va moylash filsalariga ega bo‘ladi (2.12 -rasm,10). ВАЗ-2108 avtomobillarida kollektor tomonidagi qopqoqda bitta tayanchga ega bo‘lgan 29.3708 belgili startorlar o‘rnatilgan Yuritma tomonidagi ikkinchi tayanch dvigatel maxovigining karterida joylashgan. Startorlarning ichki qismiga chang, loy va suv kirmasligi uchun ular odatda yopiq yoki germetik zichlangan holda ishlab chiqiladi. Ayniqsa, og‘ir, yo‘lsizlik sharoitlarida ishlaydigan, ko‘p yuk ortadigan avtomobillar uchun mo‘ljallangan katta quvvatli startorlarning germetik zichlashga jiddiy e’tibor beriladi. Masalan, dizel dvigatellariga o‘rnatiladigan Ст142 belgili startorda (2.12-rasm) germetik zichlash ajraladigan qismlar orasiga maxsus rezina halqalar 1, yumshoq plastik materiallardan tayyorlangan qistirmalar qo‘yish yo‘li bilan ta’minlanadi. Tortish relesining pishang mexanizmi rezinali silfon 22 yordamida zichlanadi. 2.9-rasm. Ko‘ndalang kollektorli 26.3708 belgili startyor: Download 139.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling