Startorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi


Download 139.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana09.06.2023
Hajmi139.4 Kb.
#1471906
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-мавзу

1–rezinali zichlagich; 2–oraliq tayanch (podshipnik bilan); 3–belbog‘; 4–yakor; 5–qobiq; 6–kollektor 
tomondagi qopqoq; 7–kollektor; 8–cho‘tkatutqich traversasini mahkamlash bolti; 9–kollektor 
tomondagi podshipnik; 10–namatli fils; 11–cho‘tkatutqich traversalari; 12–cho‘tkalar; 13–uyg‘otish 
chulg‘ami; 14–ulovchi shinalar; 15–asosiy qisqichlar; 16–tortish relesining qisqichi; 17–lappaksimon 
kontakt; 18– tortuvchi chulg‘am; 19– ushlab turuvchi chulg‘am; 20–qaytarish prujinasi; 21–tortish 
relesining yakori; 22–rezinali silfon; 23–yuritma pishangi; 24–ekssentrik o‘q; 25–xrapovikli erkin 
yurish muftasi; 26–shesterna; 27– yuritma tomonidagi qopqoq; 28–yuritma tomondagi podshipnik; 29–
tirkalish halqasi. 


Yuqorida ta’kidlanganidek, quvvati 5-6 kVt dan yuqori bo‘lgan startorlarda rolikli 
muftalar ishonchli ishlamaydi. Shu sababli ular uchun maxsus tuzilishga ega bo‘lgan 
yuritma mexanizmlar ishlab chiqilgan. 2.13-rasmda dizel dvigatellari (ЯМЗ-740, 
KамAЗ) uchun mo‘ljallangan Ст-142 belgili startorlarning xrapovikli erkin yurish 
muftasi ko‘rsatilgan.
Xrapovikli erkin yurish muftasi quyidagi qismlardan iborat: qobiq 11, 
yetaklovchi 8 va yetaklanuvchi 6 xrapoviklar, yuritma shesternasi 2, prujina 10, 
shlisli yo‘naltiruvchi vtulka 12, yetakchi va yetaklanuvchi xrapoviklarni bir-biridan 
ajratib, ushlab turish uchun xizmat qiladigan konusli vtulka 7, tekstolit segmentlar
3 va yo‘naltiruvchi shtiftlar 4 dan tashkil topgan markazdan qochma mexanizm. 
Tortish relesi chulg‘amlari tok manbaiga ulanganda, uning yakori yuritma 
pishangi va mufta qobig‘i 11 orqali xrapoviklar 6 va 8 o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi 
mufta 12 ni valdagi shlisa bo‘ylab harakatlantirib, shesterna 2 ni maxovikning tishli 
gardishi bilan ilashtiradi. Yuritma shesternasi harakatining oxirida tortish relesining 
kontaktlari ulanadi va yakor vali aylana boshlaydi. Bunda aylantiruvchi moment 
shlisali vtulka 12, yetakchi 8 va yetaklanuvchi 6 xrapoviklar orqali shesterna 2 ga va 
undan maxovikning tishli gardishiga uzatiladi. Aylantiruvchi momentni uzatish 
jarayonida vtulka 12 ning tashqi va yetakchi xrapovikning ichki ko‘p kirimli 
tasmasimon rezbasining o‘qi bo‘ylab hosil bo‘ladigan kuchlanishni prujina 10 orqali 
rezinali yumshatish xalqasi 14 qabul qiladi. 
Agar ilashish jarayonida shesterna tishi maxovik gardishi tishlari orasidagi 
botiqlikka to‘g‘ri kelmasdan qadalib qolsa, yuritma pishangining ta’sirida prujina 10 
2.13-rasm. Xrapovikli erkin yurish muftasi 
1 - vkladish; 2-shesterna; 3-segment; 4-
yo‘naltiruvchi shtift; 5,15-qulflovchi halqalar; 6-
yetaklanuvchi xrapovik; 7-konusli vtulka; 8-
yetaklovchi xrapovik; 9,13-shaybalar; 10 - 
prujina; 11 - mufta qobig‘i; 12 - shlisli 
yo‘naltiruvchi vtulka; 14 - rezinali yumshatish 
halqasi. 


siqiladi va yetakchi xrapovik 8 vtulka 12 
ning ko‘p kirimli tasmasimon tashqi 
rezbasi bo‘ylab harakatni davom ettirib
tishlari bilan yetaklanuvchi xrapovikni va 
u bilan birga ishlangan shesternani
ilashish uchun zarur bo‘lgan burchakka 
(30
0
gacha) buradi. Dvigatel ishga 
tushgandan 
so‘ng 
shesterna 
va 
yetaklanuvchi xrapovikning aylanish 
chastotasi yakor vali va yo‘naltiruvchi 
vtulkanikidan ancha yuqori bo‘ladi. 
Shuning uchun, yetakchi xrapovik 8 
vtulka 12 ning ko‘p kirimli rezbasi 
bo‘ylab 
harakatlanib, 
yetaklanuvchi 
xrapovikdan 
ajraladi 
va 
yuritma 
shesternasi salt holda aylana boshlaydi. 
Konusli vtulka 7 yetakchi xrapovik bilan 
birgalikda surilib, shtiftlar 4 vositasida tez
aylanayotgan yetaklanuvchi xrapovik 
bilan bog‘langan tekstolit segmentlar 3 ni 
bo‘shatadi. Natijada, markazdan qochma 
kuch ta’sirida segmentlar shtiftlar bo‘ylab 
radial yo‘nalishda harakatlanib, ikkala 
yarim muftani ajralgan holda qotirib 
qo‘yadi 
va 
xrapovik 
tishlarini 
shikastlanishdan va yeyilishdan saqlaydi. Startor tor-tish relesining zanjiri 
uzilgandan keyingina yuritma shesternasi maxovikning tishli gardishi bilan 
ilashuvdan chiqadi. Bunda yetakchi xrapovik 8 prujina 10 ning ta’sirida 
yetaklanuvchi xrapovik 6 ga taqaladi va konusli vtulka 7 segmentlar 3 ni dastlabki 
holatiga qaytaradi. 
Yuqori darajadagi mustahkamligi, ta’mirlashga yaroqliligi va o‘lchamlari kichik 
bo‘lgan holda, katta aylantiruvchi momentlarning uzatish imkoniyati borligi,
xrapovikli muftalarning rolikli muftalarga nisbatan asosiy afzalliklari hisoblanadi. 
Elektrodvigatel qutblarining magnit yuritish kuchlari ta’sirida yakorning 
harakatlanishi hisobiga shesternani ilashtirish prinsipiga asoslangan startorlar 
mamlakatimizda keng tarqalgan Vengriya Respublikasining Ikarus 260,-280 
avtobuslariga 
o‘rnatilgan. 
Bu 
startorlarda 
qo‘llanilgan 
to‘rt 
qutbli 
elektrodvigatelning (2.14-rasm) o‘ziga xos tomoni - unda o‘rnatilgan sirg‘aluvchi 
yakor, qo‘shimcha uyg‘otish chulg‘ami va yakor valida joylashgan diskli tishlashish
mexanizmidan iborat. Ulash tugmasi 6 bosilganda tok tortish relesi 5 chulg‘amiga 
va qo‘shimcha uyg‘otish chulg‘ami 11 ga keladi. Bunda yakor 10 sekin-asta aylanib 
startor qobig‘iga tortila boshlaydi, shesterna 9 esa maxovik 8 ning tishli gardishi 
bilan ilashadi. Yakorning harakati davom etib, disk 1 pishang 2 ni ko‘tarib ulagich 
4 ning kontakt ko‘prikchasi 3 ni bo‘shatadi va avtomatik ravishda tok manbaini 
asosiy uyg‘otish chulg‘ami 7 ga ulaydi, shundan keyin startor dvigatelning tirsakli 
2.14-rasm. Ikarus avtobuslarining startyori 
a - sxemasi; b - tuzilishi. 


valini aylantira boshlaydi. Yakorning o‘q bo‘ylab harakati jarayonida vintli shlisali 
vtulka 13 yordamida ko‘pdiskli tishlashish mexanizmi 12 ulanadi. Yakorni 
dastlabki holatga keltirish qaytarish prujinasi yordamida amalga oshiriladi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, bu turdagi startorlarning asosiy kamchiligi - 
tepaliklarda, tog‘li joylarda yetarli darajada ishonchli ishlamasligidir. 
Hozirgi zamon avtomobillari startorlarining deyarli hammasida shesternani 
majburiy ravishda elektromagnit usulda ilashtirish va ilashuvdan chiqarishni 
boshqarish uchun uzoqdan turib boshqariladigan tortish relesi o‘rnatilgan. 
Elektromagnit tortish relelari bir-biridan tuzilishi va startorga mahkamlanish usuli 
bilan farqlanadi. Startorlarning ko‘pchiligi yuritma tomonga joylashtirilgan 
qopqoqdagi maxsus joyga o‘rnatilgan ikki chulg‘amli tortish relesiga ega. 
Startorning ikki chulg‘amli relesi (2.9-rasmga qarang) jez vtulkaga 
joylashtirilgan tortuvchi va ushlab turuvchi chulg‘amlarga ega. Vtulkaning ichki 
yuzi bo‘ylab po‘lat yakor 4 erkin harakat qiladi. Ushlab turuvchi chulg‘am faqat 
yakorni tortilgan holda saqlab turish vazifasini bajaradi. U kesim yuzi kichik bo‘lgan 
sim bilan o‘raladi, nisbatan uzoq vaqt davomida ishlaydi va ko‘proq qiziydi. 
Tortuvchi chulg‘am relening asosiy kontaktlari 1 ga parallel ulanadi. Rele tok 
manbaiga ulanganda tortuvchi va ushlab turuvchi chulg‘amlar birgalikda zarur 
tortish kuchini hosil qiladi. Relening asosiy kontaktlari ulanishi bilan tortish 
chulg‘amining zanjiri uziladi. Tortish relesi pishang 7 vositasida yuritma mexanizmi 
bilan bog‘langan. Pishangning pastki, ikkiga ayrilgan barmoqlari yetaklash muftasi 
14 ga mahkamlangan. Quvvati uncha katta bo‘lmagan startorlarda bir chulg‘amli 
tortish relesi ham ishlatilishi mumkin (masalan, Ст221). 

Download 139.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling