Statistik ma’lumotlarni taqdim etish usullari


Download 197.15 Kb.
bet5/11
Sana05.05.2023
Hajmi197.15 Kb.
#1429394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Statistik-malumotlarni-taqdim-etish-usullari

0 5 10 15 20 25 30 35 40 45
4.3-tarh. Raqamli setka.
Raqamli setka statistik ma’lumotlarni grafiklarda aniqroq tasvirlash imkoniyatini yaratadi va ulardan foydalanishni birmuncha osonlashtiradi.
Quyida statistik grafiklarning tarkibiy elementlari tasvirlangan (4.4-tarh).
4.4-tarh. Statistik grafikning tarkibiy elementlari.
Endi eng muhim diagrammalarni chizish tartibi bilan yaqindan tanishib chiqaylik.
4.5. Chiziqli va yassi diagrammalar
Chiziqli va yassi diagrammalarning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ular orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat.
Chiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo‘lib, ular yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog‘lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko‘rsatkichlari tasvirlanadi. Chiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal o‘qqa (ordinata o‘qi) olingan masshtabda dinamika qatorining ko‘rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. Gorizontal o‘qqa (absissa o‘qi) ma’lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki omil belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin o‘qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi o‘qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o‘tkaziladi. Ularning o‘zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho‘qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil bo‘ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki o‘rganilayotgan hodisalarning o‘zaro bog‘lanishini tasvirlaydi.
Quyidagi ma’lumotlarni chiziqli diagramma shaklida ifodalaylik.
4.2-jadval
O‘zbekistonda 1992-1998 yillarda yetishtirilgan paxta va
don yalpi hosili
mln. tonna

Yillar
Ko‘r-
satkichlar

1992

1993

1994


Download 197.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling