O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘zlashtirilgan chet el investitsiya va kreditlarning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi (jamiga nisbatan foiz hisobida)
Tarmoqlar
|
Jamiga nisbatan, %
| |
Shkala, gradus hisobida
| | |
1999
|
2000
|
1999
|
2000
|
Kimyo va neft-kimyo sanoati
|
7,4
|
26,6
|
26,7
|
95,8
|
Mashinasozlik
|
3,0
|
10,2
|
10,8
|
36,7
|
Engil sanoat
|
5,4
|
9,3
|
19,4
|
33,5
|
Oziq-ovqat
|
4,7
|
5,8
|
16,9
|
20,9
|
Transport
|
12,7
|
20,2
|
45,7
|
72,7
|
Aloqa
|
7,5
|
4,5
|
27,0
|
16,2
|
Boshqalar
|
59,3
|
23,4
|
213,5
|
84,2
|
Jami
|
100
|
100
|
360
|
360
|
Bu ma’lumotlarni sektorli diagramma shaklida tasvirlash uchun 2 ta teng radiusli doiralar chizib, har birini tegishli yil ma’lumotlariga mos ravishda sektorlarga bo‘lamiz. Buning uchun tarmoqlar salmog‘i haqidagi ko‘rsatkichlarni 3,60 ga ko‘paytirib, sektorlarning markaziy burchaklarini aniqlaymiz. Keyin esa har bir tarmoq uchun sektorni transportir yordamida tegishli yil doirasida belgilaymiz. (4.8-grafik).
Sektorli diagrammalar qiyosiy jihatdan jozibali bo‘lishi uchun doiralarni bir -biridan teng olislikda joylash, ularning markazlarini bir to‘g‘ri chiziqda ifodalash va shu chiziqdan yo‘nalgan holda tarmoqlarning (qismlarning) jiddiy ketma-ketligini ta’minlab, tegishli markaziy burchaklarni belgilash hamda sektorlarni har xil ranglarga bo‘yash yoki shtrixlash lozim.
1999
foizda 2000
L2 Kn>re Ba irer|irL>—kkmc canon ™ II MaujHHacmAHK §j EHTHACaHOaT ]] C>3H^— OBl^lT caHOaTH Tpanaiopr jg| Aao^b iH Boim^iAap
4.8-grafik. 1999-2000 yillarda O‘zbekiston lqtisodiyotida o‘zlashtirilgan chet el investitsiya va kreditlarining tarmoqlar bo‘yicha taqsimoti.
4.7. Kvadrat va doira shakldagi diagrammalar
Bu diagrammalar yassi diagrammalar turkumiga kiradi va qator kvadrat yoki doiralardan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z maydoni bilan tasvirlanuvchi hodisa miqdorini ifodalaydi. Bunday diagrammalar dinamika qatorlarini tasvirlash va bir vaqt (davr) ga tegishli miqdorlarni solishtirish maqsadida tuziladi. Kvadrat shaklli diagrammalarni tuzish uchun tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqariladi va so‘ngra tomonlari olingan natijalarga proporsional qilib kvadratlar chiziladi. Doira shaklli diagrammalar ham shu tartibda tuziladi. Ammo bu holda radiuslari tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqarish natijasida olingan miqdorlarga proporsional bo‘lgan doiralar chiziladi. Quyidagi ma’lumotlarni kvadrat va doirali diagramma shaklida tasvirlaylik.
4.5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |