Statistik ma’lumotlarni taqdim etish usullari
O‘zbekiston iste’mol baholari indeksi dekabr 1994 y. 100%
Download 197.15 Kb.
|
Statistik-malumotlarni-taqdim-etish-usullari
O‘zbekiston iste’mol baholari indeksi dekabr 1994 y. 100%
XII 600 XI X IX 600 5 VIII VII 600 V VI 4.5-grafik. O‘zbekistonda 1995-1999 yillarda iste’mol tovarlar va xizmatlari baholari spirali (burama chizig‘i). Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar statistik ma’lumotlarni ko‘rimli qilib tasvirlashning eng oddiy usulidir. Ular har xil ko‘rsatkichlarni taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi va ularning zamonda (vaqtda) o‘zgarishini tasvirlash uchun xizmat qiladi. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalarda statistik ma’lumotlar vertikal yoki gorizontal joylashtirilgan to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida tasvirlanadi. Bunday diagrammalarni tuzish tartibi bilan quyidagi misolda tanishib chiqaylik. 4.3.1-jadval O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlarining yillik o‘sish sur’atlari (oldingi yilga nisbatan % da)
Manba: O‘zbekistonning iqtisodiy yo‘nalishlari. 1998 va 1999 yil IV chorak, 38-bet. Bu ma’lumotlarni grafikda tasvirlash uchun masshtab belgilaymiz. Aytaylik, masshtab qilib 1 sm:2% ga olsak, u holda ma’lumotlar shkalada quyidagi nuqtalar bilan ifodalanadi(sm):
Koordinat sistemasini chizib, vertikal o‘qqa masshtab bo‘yicha shkalaga asoslanib o‘sish sur’atlarini, gorizontal o‘qqa esa mahsulot turlari bilan yillami joylashtiramiz. Har qaysi yil uchun to‘rttadan kengligi 0.5 sm va bo‘yi yuqoridagi jadval ma’lumotlariga teng qilib gorizontal o‘qda ustunlar chizamiz(4.6-grafik). 4.6-grafik. O‘zbekistonda 1992-1999 yillarda yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlari - sanoat va qishloq ho‘jalik mahsulotining yillik qo‘shimcha o‘sish sur’ati (oldingi yilga nisbatan foiz hisobida) Turli mamlakatlarni tasvirlovchi ustunlar bir-biridan ajralib turishi uchun ularni har xil ranglarga bo‘yash kerak. Ustunlarni bir-biridan ochib tuzish ham mumkin. Bu holda ularning oralig‘i teng bo‘lishi lozim. Ularga tegishli ma’lumotlarni yozib qo‘yish tavsiya etiladi. Ustunlarning kengligi hamma obyektlar va yillar uchun bir me’yorda bo‘lishi shart. Ustun shaklli diagrammada murakkab hodisalarning strukturasini tasvirlash mumkin(4.7-grafik). 100 90 80 70 60 50 40 30 20 10 0 V 1998m | 1999m TaniKM caBflo afinaHMacu 1998m | 1999m ^KC^OpT I 1998m | 1999m MMnopT □ MflX □ XopuwMM MaM^aKaxnap 4.7-grafik. O‘zbekiston tashqi savdosida 1998-1999 yillarda MDH va xorijiy mamlakatlaming salmog‘i (yakunga nisbatan foiz hisobida) Tasmasimon diagramma ham ustun diagrammaga o‘xshab tuziladi. Bu holda ustunlar yotqizilgan holda tasvirlanadi. Tasmasimon diagrammalar orqali aholining yosh-jinsiy tuzilishini piramida shaklida tasvirlash mumkin. Quyida O‘zbekiston aholisining jinsiy-yosh tarkibi 1991-1997 yillar uchun piramida shaklida tasvirlangan. 1997 1991 4.7a-grafik. 1991-1997 yillarda O‘zbekiston aholisining jinsiy-yosh tarkibi piramidasi. 4.6. Sektorli diagrammalar. Sektorli diagramma bo‘laklarga ajratilgan doiradan iborat bo‘lib, ularning kattaligi tasvirlanuvchi sonlarga mos keladi. Bunday diagrammalar yordamida murakkab hodisalarning tarkibiy qismlarga taqsimlanishi, ya’ni ularning strukturasi tasvirlanadi. Ular quyidagi tartibda tuziladi. Doira chizilib, uni o‘rganilayotgan to‘plamning umumiy yig‘indi soni (100%) deb qabul qilinadi. Keyin esa tarkibiy qism sonlariga proporsional holda doira sektorlarga bo‘linadi. Buning uchun sektorlaming markaziy burchaklari topilib, transportir yordamida ular doirada belgilanadi. Agar butun va bo‘lak sonlar absolut miqdorda ifodalangan bo‘lsa, markaziy burchaklarni aniqlash uchun 3600 ni umumiy butun songa bo‘lib, masshtab belgilanadi va uni ketma-ket bo‘lak sonlarga ko‘paytiriladi. Agarda hodisaning tuzilishi tuzilmaviy nisbiy miqdorlar bilan ifodalangan bo‘lsa (umumiy to‘plam 100% deb olinib, uning ayrim qismlari jamiga nisbatan foizda hisoblangan), u holda masshtab 3,60 ga teng (3 600: 100%) bo‘lib, ayrim qismlarning salmog‘i (% da hisoblangan) unga ko‘paytiriladi. Sektorli diagrammani tuzish tartibi bilan quyidagi misolda tanishib chiqaylik. 4.4-jadval Download 197.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling