Statistika Fan kodi
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Statistika sillabus (ohirgi variyant) 2-OT 2-k Tasdiqlangan.doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fаnning mаqsаdi
- Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi
- tasavvur va bilimga ega 3 bo‘lishi
- ko‘nikmalariga ega bo‘lishi
Fanning qisqacha bayoni: Fanning qisqacha bayoni: мazkur fan - bakalavriat 60411200 -Menejment
(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 60410400 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar, 60410500 - Bank ishi va auditi, 60410600 - Sug’urta ishi ta’lim yo‘nalishilarida tahsil oladigan talabalar uchun mo‘ljallangan bo`lib ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadini va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadini qo‘ygan. Talabalarning ushbu fanni chuqur o‘rganishi statistikaning kasbiy faoliyati, statistikat fanining obyekti, predmeti va usullari, statistika faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, statistika kasbiga malakaviy va axloqiy talablar, statistikada to’plam tushunchasi, tanlanma tekshiruvlarini rejalashtirish, statistik kuzatish dalillarni to‘plash ishlari uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Fаnning mаqsаdi – talabalarda bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning nazariy, uslubiy va amaliy masalalarini har taraflamao‘rgatish, bozor hodisalari o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini ochish uchun korrelyasion-regression tahlilni qo‘llay olish, statistik kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni kompyuter dasturlari yordamida echish, olingan natijalar bo‘yicha xulosa va takliflar qilish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yo‘nalish profiliga mos bilim , ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat . Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi: - statistik masalalarni yechish masalalar ustida statistik kuzatish tashkil etish, statistik jadval va grafiklarni tushunarli qilib tuzish, guruhlash turlari, statistik tasniflash va uning o‘ziga xos xususiyatlarini talqin qilish haqida tasavvur va bilimga ega 3 bo‘lishi; - MHT ning asosiy hisoblamalarini tuzish va ularning ko‘rsatkichlarini aniqlash, mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlarni bilish, o‘rtacha miqdorlar va variatsiya ko‘rsatkichlarini o‘rganish, milliy boylik hajmi va uning indeksini hisoblash, yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash, milliy daromadni taqsimlash, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, davlat byudjeti ijrosini tahlil qilish, milliy hisoblar tizimidagi aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni mohiyatini aniqlash bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; - talaba iqtisodiy hodisalar o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish uslubiyatini o‘zlashtirish, dinamika qatorlari va turlarini aniqlash, bozor iqtisodiyoti sharoitida statistik ko‘rsatkichlarni baholash, tahlil va talqin yetish, statistika amaliyotida qo‘llaniladigan iqtisodiy indekslarni hisoblash, yalpi ichki mahsulot deflyatori va agregat indeksilardan foydalanish, pul muomalasini ifodalaydigan statistik ko‘rsatkichlar tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, aholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni tahlil qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling