Statistika Fan kodi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana20.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1035556
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.Statistika sillabus (ohirgi variyant) 2-OT 2-k Tasdiqlangan.doc

Fanning qisqacha bayoni: Fanning qisqacha bayoni: мazkur fan - bakalavriat 60411200 -Menejment 
(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 60410400 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar, 60410500 - Bank ishi va 
auditi, 60410600 - Sug’urta ishi ta’lim yo‘nalishilarida tahsil oladigan talabalar uchun mo‘ljallangan bo`lib 
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadini va ko‘nikmalarni 
shakllantirish maqsadini qo‘ygan. Talabalarning ushbu fanni chuqur o‘rganishi statistikaning kasbiy faoliyati, 
statistikat fanining obyekti, predmeti va usullari, statistika faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy 
asoslari, statistika kasbiga malakaviy va axloqiy talablar, statistikada to’plam tushunchasi, tanlanma 
tekshiruvlarini rejalashtirish, statistik kuzatish dalillarni to‘plash ishlari uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. 
Fаnning mаqsаdi – talabalarda bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning
nazariy, uslubiy va amaliy masalalarini har taraflamao‘rgatish, bozor hodisalari
o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini ochish uchun korrelyasion-regression
tahlilni qo‘llay olish, statistik kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni kompyuter
dasturlari yordamida echish, olingan natijalar bo‘yicha xulosa va takliflar qilish
hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yo‘nalish profiliga mos bilim ,
ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat . 
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi: 
- statistik masalalarni yechish masalalar ustida statistik kuzatish tashkil etish, 
statistik jadval va grafiklarni tushunarli qilib tuzish, guruhlash turlari, statistik tasniflash 
va uning o‘ziga xos xususiyatlarini talqin qilish haqida tasavvur va bilimga ega 



bo‘lishi 

MHT ning asosiy hisoblamalarini tuzish va ularning ko‘rsatkichlarini aniqlash
mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlarni bilish, o‘rtacha miqdorlar va variatsiya 
ko‘rsatkichlarini o‘rganish, milliy boylik hajmi va uning indeksini hisoblash, yalpi ichki 
mahsulot hajmini hisoblash, milliy daromadni taqsimlash, mamlakatning xalqaro 
mehnat taqsimotida qatnashish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, 
davlat byudjeti ijrosini tahlil qilish, milliy hisoblar tizimidagi aholi turmush darajasini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlarni mohiyatini aniqlash bo‘yicha ko‘nikmalariga ega 
bo‘lishi;

talaba iqtisodiy hodisalar o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish uslubiyatini o‘zlashtirish,
dinamika qatorlari va turlarini aniqlash, bozor iqtisodiyoti sharoitida statistik 
ko‘rsatkichlarni baholash, tahlil va talqin yetish, statistika amaliyotida qo‘llaniladigan 
iqtisodiy indekslarni hisoblash, yalpi ichki mahsulot deflyatori va agregat indeksilardan 
foydalanish, pul muomalasini ifodalaydigan statistik ko‘rsatkichlar tizimining o‘ziga 
xos xususiyatlarini aniqlash, aholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy 
indikatorlarni tahlil qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling