Statistika fanidan Mustaqil ish


Download 172.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi172.84 Kb.
#1412346
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Statistika aholini



Toshkent Moliya Instituti
 
 
 
 
 
 
 
 
Statistika fanidan 
Mustaqil ish 
 
 
 
 
 
 
MMT-99-2 guruh talabasi Axrorov M 
 
 


1-topshiriq. Aholini sonini prognozlash 
AHOLI SONINI BASHORATLASH USULLARI 
• 
Demografik prognoz, deganda ma’lum hudud, davlat aholisining soni, yosh-jinsiy tarkibi 
va demografik vaziyati istiqbolini ilmiy asoslagan holda oldindan aniqlash tu shuniladi. 
Har qanday ijtimoiy – iqtisodiy prognozlar, demografik prognoz zaminida tuziladi. 
Aholiga xizmat qiluvchi barcha asos iqtisodiy sohalarni rivojlantirish uchun avvalo 
kelajakdagi aholi soni, yosh-jinsiy tarkibi, oilalar sonini bilish lozimdir. Ayniqsa, 
aholining yosh tarkibi bo’yicha prognozi muhim ahamiyatga egadir. Kelajakda 
maktabgacha bo’lgan bolalar muassasalari, maktablar, oliy va maxsus o’quv yurtlarini 
qurilishini rejalashtirish uchun, kelajakda qancha bola maktabgacha muassasalariga 
qatnashi mumkin, qancha bola maktab yoshiga etishi, qancha bola maktabni tugatib oliy 
va maxsus o’quv yurtlariga borishi haqidagi ma’lumotlar zarurdir. 
• 
Aholini yosh – jinsiy tarkibi haqidagi prognoz tibbiy xizmat ko’rsatish tizimining 
rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi yosh-jinsiy tarkibi bo’yicha 
tuzilgan prognoz asosida, bolalar va ayollar shifokorlari, aholining keksa guruhiga xizmat 
qiluvchi kardiologlar, onkologlar, nevropotologlar kabi mutaxassislar tayyorlash 
rejalashtiriladi. 
• 
Kelajakda yangi ish o’rinlarini tayyorlash halq xo’jalik sohalarini rivojlantirish 
istiqbollarini aniqlashda esa mehnat yoshidagi aholi haqidagi prognoz ilmiy asos bo’lib 
xizmat qiladi. Umuman iqtisodiyot va aholini ijtimoiy hayoti barcha qirralarining 
istiqbolini rejalashtirishda shu sotsial jarayonlarning qatnashchilari, iste’molchilari 
hamda yaratuvchilari bo’lmish aholi guruhlari haqidagi demografik prognoz zarurdir. 
Aks holda kelajak uchun rejalashtirilgan har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon ijobiy 
natija bermaydi. 

Download 172.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling