Statistika fanidan savollar va testlar Variatsiya – bu


Download 21.06 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi21.06 Kb.
#1792978
Bog'liq
Statistika fanidan savollar va testlar Variatsiya – bu


Statistika fanidan savollar va testlar

  1. Variatsiya – bu:

  1. ommaviy hodisalarning vaqt oralig‘ida o‘zgarishi

  2. makon doirasida tarkibdagi barcha statistik o‘zgarishlar

  3. makon doirasida va vaqt oralig‘ida muhim belgilarning o‘zgarishi

  4. jami tarkib o‘zgarishlari

  1. Qaysi variatsiya ko‘rsatkichi o‘rtacha miqdor atrofida tebranuvchi belgining mutloq miqdorini ifodalaydi?

  1. variatsiya koeffitsienti

  2. dispersiya

  3. variatsion kenglik

  4. o‘rtacha kvadratik tafovut

  1. Variatsiya koeffitsienti ...

  1. variatsiya belgisining chegaralarini

  2. variatsiya belgisining darajasini

  3. belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlikni

  4. belgilar o‘rtasidagi tafovut chegaralarini tavsiflaydi

  1. Agar belgining barcha ko‘rsatkichlari 16 martaga oshirilsa, unda dispersiya qanchaga o‘zgaradi:

  1. o‘zgarmaydi

  2. 16 martaga ortadi

  3. 256 martaga ortadi

  4. 4 martaga ortadi

  1. Agar guruh ichida variantlar o‘rtasida farq bo‘lmasa, unda guruhlararo dispersiya nechiga teng?

  1. birga

  2. nolga

  3. 0 dan 1 ga qadar o‘zgarib turadi

  4. guruh dispersiyalarining o‘rtachasiga

  1. Determinatsiya koeffitsienti nimani o‘lchaydi:

  1. tadqiq etilayotgan hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik zichligini

  2. barcha omillar ta’sirida yuz beradigan variatsiyani

  3. o‘rganilayotgan omil ta’siri natijasida, natijaviy belgi variatsiyalashuvining ulushini

  4. variatsiyaning o‘rganilayotgan omildan tashqari barcha omillar bilan bog‘liqligini

7 Savdo tashkilotida sotilayotgan sport oyoq kiyimlarining o‘rtacha razmeri 39 ga, modasi 39 ga, medianasi 39 ga teng. Sotilgan sport oyoq kiyimlari razmeri taqsimoti bo‘yicha xulosalar qiling:



  1. simmetrik

  2. taxminan simmetrik

  3. chap tomonlama assimetrik

  4. o‘ng tomonlama assimetrik

8 Umumiy dispersiya -

  1. o‘rganilayotgan variatsiyani ifodalaydi

  2. o‘rganilayotgan to‘plamdagi hamma sharoitlarga bog‘liq belgi variatsiyasini xarakterlaydi

  3. har bir guruhdagi tasodifiy variatsiyani baholaydi

  4. yoppasiga kuzatish natijalarini tekshirish, nazorat qilishni ifodalaydi

    1. Dispersion tahlil yordamida:


a) bir yoki bir necha belgi bo‘yicha guruhlangan hodisalar o‘rtachalari o‘rtasidagi tofavutga umumiy ishonch bahosi beriladi
b) bir yoki bir necha omillarning o‘zaro ta’siri bo‘yicha umumiy ishonch bahosi aniqlanadi
c) juft o‘rtachalar o‘rtasidagi xususiy tafovutga baho beriladi
d) noto‘g‘ri javob yo‘q

10 Alohida (individual) miqdorlar bilan ularning o‘rtachasi o‘rtasidagi farqlar yig‘indisi:



a) noldan katta
b) noldan kichik
c) nolga teng
d) birga teng

Savollar
1 Belgi variatsiya deganda nimani tushunasiz?


2 Qanday variatsiya ko’rsatkichlarini bilasiz?
3 Variatsion kenglik nima?
4 O’rtacha absolyut tafovut qanday hisoblanadi?
5 Dispersiyaning kamchiligi nimada?
6 O’rtacha kvadratiktafovut qanday hisoblanadi?
7 Dispersiyaning qanday matematik xossalari mavjud?
8 Dispersiyaning qanday turlarini bilasiz?
9 Al’ternativ belgular uchun dispersiya qanday hisoblanadi?
10 Empirik korellatsion haqida nima bilasiz?

Download 21.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling