Statistika hisoboti


- “Turar joylar”, 103- “Noturar binolar” va 104- ”Inshootlar”


Download 0.85 Mb.
bet13/37
Sana15.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1199416
TuriОтчет
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
6).1 invest (asosiy)

102- “Turar joylar”, 103- “Noturar binolar” va 104- ”Inshootlar” satrlarida bino va inshootlar qurilishiga harajatlar aks ettiriladi: bino (inshoot)larni ishga tushirishda uning inventar qiymatiga kiritiluvchi qurilish-montaj va unga tegishli kapital harajatlar. Bunda bino qurilishi harajatlariga uni bino ichidagi aloqa tarmoqlariga xarajatlar, foydalanishga topshirish uchun zarur bo‘lganlar (bino ichi isitish tizimlari va quvurlari, gaz va suv quvurlari, yoritish elektr quvvati o‘tkazgichlarining ichki tarmoqlari, umum sanitariyaga mo‘ljallangan ventilyatsiya qurilmalari, liftlar va h.k.) kiradi.
102- satrda turar joy fondiga qarashli (turar joy uylari, yotoqxonalar, maktab-internatlar yotoqxonalari, bolalar uyi va h.k.) aholi yashashi uchun mo‘ljallangan turar joy binolari ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, 102- satrda, turar joy binolariga tegishli alohida yoki bino ichidagi qozonxonalar, yordamchi transformator stansiyalari, isitish punktlari hamda yoqilg‘i saqlash, axlat yig‘ish uchun mo‘ljallangan maxsus joylarning qurilishi uchun ketgan harajatlar aks ettiriladi.
105- satrda “mashina, uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo‘jalik jihozlari qiymati” - mashinalar, transport vositalari, uskuna, asbob va jihozni sotib olishga harajatlar (qurilish hisob qiymatiga kiradigan va kirmaydigan) aks ettiriladi.
Uzoq siklli ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqaruvchilar tomonidan oraliq hisob ishlarini talab qiladigan asbob-uskunalar uchun to‘lov shakli buyurtmachi tomonidan asbob-uskuna qismlarining tayyor bo‘lganlik darajasi to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida amalga oshiriladi.
105- satrdagi investitsiyalar tarkibiga: qurilish hisob qiymatiga kiritilmagan mashina va uskunalar qiymati, shuningdek, yig‘ma – qismlarga bo‘linadigan va ko‘chma inventar binolar, hamda ustaxonalar; tashkilotlar uchun harid qilinadigan avtomobillar, kompyuterlar, hisoblash uskunalari, kassa apparatlari va boshqa asbob-uskunalar qiymati kiradi. Mazkur satrda 07 hisobda “O’rnatishga uskunalar” hisobga olinadigan mashina va uskunalarning qiymati ham aks ettiriladi.
105- satrdagi investitsiyalarga quyidagilar kirmaydi: olib sotish maqsadida harid qilingan mashinalar, transport vositalari, uskunalar, ishlab chiqarish va xo‘jalik anjomlari; bino qiymatiga kiritiluvchi sanitar-texnika va boshqa uskunalar; ishga tushirish harajatlari: yangi ishlab chiqarishni, sex va agregatlarni, barcha mashina va mexanizmlar (bosim ostida, loyihada ko‘zda tutilgan,sinov yo‘li bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar)ni kompleks qayta tekshirish orqali tayyorgarlik darajasini nazorat qilish.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling