Statistika hisoboti


- satrda - “101–satrdan: qurilish montaj ishlari”


Download 0.85 Mb.
bet16/37
Sana15.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1199416
TuriОтчет
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
6).1 invest (asosiy)

112- satrda - “101–satrdan: qurilish montaj ishlari” bino va inshootlarni qurish bo‘yicha va energetika, texnologik va boshqa uskunalar (ShNK 4.01.16-09 ning 2.7, 2.8, 4.12 bo‘limlariga mos holda)ning montaji bo‘yicha qurilish-montaj ishlari ajratib beriladi.
114- satrda - “112-satrdan: norezident-pudratchilar tomonidan o‘z kuchi bilan bajarildi” O’zbekiston Respublikasi hududidagi yirik qurilish obyektlari bo‘yicha ma’lumotlar ajratib ko‘rsatiladi. Bajarilgan hajm qo‘shimcha qiymat solig‘isiz ko‘rsatiladi. Ushbu satrda pudratchi – norezidentlarning loyihalarini amalga oshirish muddati 1 yildan kam bo‘lgan qurilish-montaj ishlari aks ettirilmaydi.
115- satrda “xo‘jalik usulida amalga oshirilgan” 107- satrdan o‘z ehtiyojlari uchun o‘z kuchlari bilan amalga oshirgan xo‘jalik usulidagi, shuningdek, qurilishni amalga oshirish uchun tashkilot tomonidan asosiy faoliyatdagi ishchilar jalb qilinib, ularga qurilish naryadi bo‘yicha ish haqlari to‘lanadigan hamda o‘z ehtiyojlari uchun qurilishni (qurilish pudrati shartnomalari doirasidan tashqari, masalan, tashkilotning ma’muriy xo‘jalik binolarini rekonstruksiya qilishda, shaxsiy ishlab chiqarish bazasini qurishda va hokazo) amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlarining qurilish-montaj ishlari olib ko‘rsatiladi. Agar xo‘jalik usulidagi qurilishning alohida ishlarini pudratchi tashkilotlar amalga oshirsa, bunday ishlar 115- satrda ko‘rsatilmaydi.
116- satrda ilgari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarda asosiy vosita sifatida hisobda turgan bino va inshootlar sotib olishga xarajatlar; ilgari boshqa yuridik shaxslarda asosiy vosita sifatida hisobda turgan mashina, uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo‘jalik jihozlari (import asosida sotib olinganlardan tashqari); tugallanmagan qurilish obyektlari o‘z aksini topadi. Unga xarajatlar sotib olish narxida (transport, montaj xarajatlari va mulkga egalik xuquqini berishga ketgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda) ko‘rsatiladi. Bu satrda chet el investorlari tomonidan qilingan xarajatlar ham aks ettiriladi.
Shuningdek, ushbu satrda imorat quruvchi (yuridik yoki jismoniy shaxs)dan sotib olingan yangi qurilgan binolar qiymati ham ko‘rsatiladi.
117-satrda ilgari boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarda foydalanishda bo‘lgan bepul olingan bino va inshootlar; ilgari asosiy vosita sifatida boshqa yuridik shaxslar hisobida turgan mashina, uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo‘jalik jihozlari, tugallanmagan qurilish obyektlari qiymatlari aks ettiriladi. Ushbu satrda imorat quruvchidan bepul olingan yangi qurilgan binolarning qiymati ham ko‘rsatiladi.
118- satrda ilgari korxona balansida bo‘lgan sotilgan asosiy vositalar va tugallanmagan qurilish obyektlari qiymatlari oldi-sotdi narxlarida ko‘rsatiladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling