Statistika hisoboti


- satrda “ulardan: import qilingan mashina va uskunalar”


Download 0.85 Mb.
bet14/37
Sana15.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1199416
TuriОтчет
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
6).1 invest (asosiy)

106- satrda “ulardan: import qilingan mashina va uskunalar” import qilingan asbob-uskunalarning xarid qiymati ajratiladi. Uzoq xorij va MDX mamlakatlarida ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar import mahsulotlari hisoblanadi. Xorijda ishlab chiqarilgan detallar asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘ilgan asosiy vositalar (avtomobillar, kompyuterlar va h.k) obyektlari import hisoblanmaydi.
107- satrda 105-satrdan transport uskunalar investitsiyalar ajratib ko‘rsatiladi. Transport uskunalariga odamlar va yuklarni tashishga mo‘ljallangan vositalar (ehtiyot qismlardan tashqari): avtomashina, traktor, sayrga mo‘ljallangan va sport qayiqlari, pritseplar va yarimpritseplar (yuk tashishga mo‘ljallanganlarini ham qo‘shgan holda), qishloq xo‘jaligida foydalanishga mo‘ljallangan o‘zi yuklovchi va o‘zi tushuruvchi pritsep va yarimpritseplardan tashqari, kema, temiryo‘l va tramvay lokomotivlari, samolyot, motosikl, velosiped, nogironlar aravalari va h.k kiradi.
108- satrda 105- satrdan AKT (axborot, kompyuter va telekommunikatsiya) vositalariga investitsiyalar ajratib ko‘rsatiladi. AKT vositalariga elektron boshqaruv vositalarida foydalaniluvchi qurilmalar, shuningdek ushbu qurilmalarning elektron komponentlari kiradi: kompyuter, klaviatura, joystik, noutbuk va subnoutbuk kabi ma’lumotlarni avtomatik tarzda qayta ishlovchi portativ mashinalar, shaxsiy cho‘ntak kompyuterlari va shunga o‘xshash kompyuterlar, ikki yoki undan ortiq vazifalarni bajaruvchi qurilmalar: nashr qilish, skaner qilish, nusxa olish, faks jo‘natish (skaner, printer va h.), tashiladigan va tashilmaydigan xotirada saqlovchi qurilmalar, qabul qiluvchi, ovoz yozuvchi, qayta ishlovchi qurilmalarni ichiga oladigan va olmaydigan radio va televideniya uzatish moslamalari, televizion kameralar, raqamli kameralar va yozuvchi videokameralar, telefonlar, uyali tarmoq va boshqa simsiz aloqa tarmoqlariga mo‘ljallangan telefon moslamalari, simli va simsiz tarmoq (mahalliy yoki global tarmoq) vositasida aloqaga mo‘ljallangan qurilmalarni qo‘shgan holda ovoz, rasm va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish yoki uzatishga mo‘ljallangan boshqa qurilmalar, va h.k.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling