Statistika hisoboti


Download 0.85 Mb.
bet18/37
Sana15.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1199416
TuriОтчет
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
6).1 invest (asosiy)

134- satrda 132- satrdan kontraktlar, ijara shartnomalari, litsenziyalar (atrof-muhit obyektlaridan foydalanish huquqini qo‘shgan holda) ishbilarmonlik reputatsiyasi (gudvill) va ishga doir aloqalarga (marketing aktivlari) xarajatlar ajratib ko‘rsatiladi. Bu xarajatlar buxgalteriya hisobida intellektual faoliyat natijasi bo‘lmagan nomoddiy aktivlar sifatida aks ettiriladi va yuridik va hisob-kitob operatsiyalari natijasiga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarilgan aktivlar hisoblanmaydi.
Kontraktlar, ijara shartnomalari, litsenziya shartnomalariga (operatsion lizing), tabiiy resurslardan foydalanishga ruxsatnomalar, ma‘lum faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsatnomalar, kelajakda tovar va xizmatlarni istisno ravishda olish huquqini beradi.
Ishbilarmonlik reputatsiyasini(“gudvill”) sotib olish qiymati – bu mulkiy majmua sifatida korxonani sotib olish uchun sotuvchiga to‘langan xarid qilish narxi bilan uni sotishdan oldin buxgalteriya hisobida ko‘rsatilgan barcha aktivlar va majburiyatlar yig‘indisi orasidagi farqidir.
Ishga doir aloqalar deganda, korxonaning mijozlar, ta’minotchi, pudratchi, innovatsion faoliyat bo‘yicha hamkor bilan o‘zaro munosabatlari natijasida yuzaga keladigan aktivlar, shuningdek potentsial ishchilar, investorlar va mijozlarga ta‘sir ko’rsatuvchi resurslar tushuniladi.
Ishga doir aloqalarga korxona nomi, savdo markasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, mahsulot ishlab chiqarilgan joy nomi, tijorat qiymati, brendi, internet tarmog‘idagi domen nomlari va boshqalar kiradi.
129-134 satrlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosiy kapitalga investitsiyalar hisoblanmaydi va 101- satrga qo‘shilmaydi.
3- bobda asosiy kapitalga investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tarkibi iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichiga (IFUT) muvofiq iqtisodiy faoliyat turlari, hududlar kesimida moliyalashtirish manbalari bo‘yicha to‘ldiriladi. Iqtisodiy faoliyat turlari ro‘yxati va xos raqamlari quyida keltirilgan. Takror ishlab chiqarish tizimining tegishli yo‘nalishlarini (boshqa yo‘nalishlardan tashqari) asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibiga kiritilishi, obyektlarni loyihalashtirish bo‘yicha topshiriqda ko‘rsatilgan qurilish turiga muvofiq ishlab chiqiladi. 2 va 3- ustunlarda bino va inshootlarning qurilishi, shuningdek, qurilish (yangi qurilish, tashkilotni kengaytirish) smetasiga kiritilgan mashinalar, uskunalar, inventarlar, transport vositalarini sotib olish uchun kiritilgan investitsiyalar aks ettiriladi. 4- ustunda asosiy vositalar obyektlarini rekonstruksiya qilish, texnik qayta qurollantirish hamda modernizatsiyalashda ularning boshlang‘ich qiymatini oshishiga olib keladigan harajatlar ko‘rsatiladi. Asosiy vositalar obyektlarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq harajatlar bo‘yicha hisob-kitob ishlari kapital qo‘yilmalarni hisoblash tartibiga muvofiq olib boriladi. 5- ustunda geologik qidiruv ishlari, neft, gaz va termal suvlardan foydalanish uchun burg‘ulash ishlari, kelgusi yillar qurilishi uchun loyiha-qidiruv ishlari, qurilish bilan bog‘liq bo‘lmagan va qurilish (yangi qurilish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta qurollantirish, modernizatsiyalash) smetasiga kiritilmagan mashinalar asbob uskunalar, inventarlarni sotib olishga ketgan harajatlar aks ettiriladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling