Statistika hisoboti
Download 0.85 Mb.
|
6).1 invest (asosiy)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kanalizatsiya
- Gazlashtirish
- Issiqlik ta’minoti
Kommunal xo‘jalik obyektlari bo‘yicha shaharlar, shahar tipidagi posyolkalar va qishloq joylarida aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq obyektlarni ishga tushirish to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ko‘rsatiladi.
Suv quvurlarining ishga tushirilishi ikkita o‘lchov birligida ko‘rsatildi: 830- satrda – suv quvuri quvvati, ming kub.m. sutkada (suv berishni aniqlovchi suv quvuri inshootining o‘tkazish qobiliyatidan kelib chiqqan holda); 831- satrda – suv o‘tkazgichlar va ko‘cha tarmoqlarining uzunligi, kilometrda (suv o‘tkazgich va tarmoqlarning umumiy uzunligi bir ipda yotqizilgan hamma quvurlar uzunligi bo‘yicha birlamchi hisobda aniqlanadi; agar quvurlar bir necha qatorda yotqizilgan bo‘lsa, unda uzunlik hamma qatorlarning umumiy uzunligi bo‘yicha aniqlanadi. Kanalizatsiya obyektlari bo‘yicha 835- satrda tozalash inshootlari, suv o‘tkazish stansiyalari; 836- satrda ko‘cha tarmoqlari, kollektorlar va kanalizatsiyaning boshqa obyektlarini ishga tushirish bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Kanalizatsiya obyektlarini ishga tushirish bo‘yicha uylardan chiqariladigan tarmoqlari bo‘yicha ma‘lumotlar kiritilmaydi. Gazlashtirish buyicha 838 -satrda moliyalashtirishning barcha manbalari, jumladan aholi mablag‘lari hisobidan shaharlar va aholi punktlariga qurilgan gaz tarqatish stansiyalaridan chiquvchi gaz quvurlarini ishga tushirish bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Gaz tarmoqlari uzunligi birlamchi hisobda, ya’ni bir yo‘nalishda belgilanadi. Issiqlik ta’minoti bo‘yicha 842 va 843- satrlarda shahar magistral va tarqatilish issiqlik tarmoqlari, issiqlik punktlari, tuman isitish o‘choqlari va issiqlik ta’minotining boshqa obyektlarini ishga tushirish bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 850- satrda ishga tushirilgan davolash muassasalari, jumladan davolash koykalariga ega bo‘lgan gospitallar, tug‘ruqxonalar, oliy o‘quv yurtlari klinikalari, poliklinikalarning statsionarlari tumanlardagi tibbiyot uyushmalari, dispanserlar, tibbiyot-sanitariya qismlari va tibbiyot koykalariga ega bo‘lgan boshqa muassasalar aks ettiriladi. Ishga tushirilgan ambulatoriya-poliklinika muassasalari bo‘yicha 851-satrda smenada qatnovchilar soni ko‘rsatiladi: davolash muassasalari, dispanserlar, tibbiyot-sanitariya qismlari, ambulatoriyalar, tumanlardagi tibbiyot uyushmalari, ayollar va bolalar konsultatsiyalari kiradi; 852- satrda ishga tushirilgan qishloq vrachlik punktlarida bir smenadagi qatnov soni ko‘rsatiladi. Davolash va ambulatoriya-poliklinika muassasalarining haqiqiy bahodagi qiymati va o‘zlashtirilgan investitsiyalar bo‘yicha ma‘lumotlar 850 va 851- satrlarda ko‘rsatiladi. 854- satrda aholiga bevosita tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sog‘liqni saqlash obyektlarining tibbiyot muassasalari soni aks ettiriladi. Bularga sanepidemstansiyalar, qon quyish stansiyalari, karantin stansiyalari, sudmed ekspertiza obyektlari kiradi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling