Statistika hisoboti


-BOB. BAXTSIZ HODISALARDAN JABRLANGANLAR VA KASB BILAN BOG‘LIQ


Download 411.5 Kb.
bet16/23
Sana25.01.2023
Hajmi411.5 Kb.
#1119267
TuriОтчет
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
2022 год-1-mehnat-shakli

5-BOB. BAXTSIZ HODISALARDAN JABRLANGANLAR VA KASB BILAN BOG‘LIQ
KASALLIK BIRINCHI MAROTABA ANIQLANGAN SHAXSLAR SONI

27. 5-bobda ishlab chiqarishda ro‘y bergan baxtsiz hodisalardan jabrlanganlar soni N-1 shakli va harakatdagi normativ hujjatlar asosida ko‘rsatiladi.


Boshqa tashkilotning ajratilgan uchastkasida ish bajarayotib, baxtsiz hodisa tufayli jabrlangan ishchi, baxtsiz hodisa ro‘y bergan tashkilotda hisobga olinadi.
O’rindoshlik asosida ishlab, baxtsiz hodisa tufayli jabrlangan ishchi, o‘sha o‘rindoshlik asosida ishlayotgan tashkilotida hisobga olinadi.
28. 501-satrda N-1 shakli bo‘yicha dalolatnoma to‘ldirilgan baxtsiz hodisa tufayli jabrlanganlar soni ko‘rsatiladi.
29. 502-satrda bir ish kuni va undan ortiq kun mehnatga layoqatliligini yo‘qotgan jabrlanganlar (hayoti o‘lim bilan tugaganlarni qo‘shgan holda) soni ko‘rsatiladi. 503 - 505-satrlarda tegishli ravishda 18 yoshgacha to‘lgan o‘smirlar hamda chet el fuqarolari va nogironligi bo‘lgan shaxslar soni ko‘rsatiladi.
30. 506-satrda hayoti o‘lim bilan tugagan jabrlanganlar soni ko‘rsatiladi.
507-509 - satrlarda tegishli ravishda 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar hamda chet el fuqarolari va nogironligi bo‘lgan shaxslar soni ko‘rsatiladi.
Joriy yilda hayoti o‘lim bilan tugagan jabrlanganlar soniga, hayoti olingan shikast tufayli shu zahoti o‘lgan yoki bir necha vaqt o‘tgach nobud bo‘lganlar kiradi.
31. 510-513-satrda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi hisobot yilida tugagan, mehnatga layoqatliligini bir va undan ortiq kun yo‘qotgan jabrlanuvchilarning mehnatga layoqatsizlik kishi-kunlari soni ko‘rsatiladi.
32. 514-satrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-sonli “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq kasb kasalligi bilan bog‘liq zararni qoplash uchun to‘lovlarni olayotgan shaxslar soni aks ettiriladi
33. 515-satrda joriy yilda davolash-profilaktika muassasalari tomonidan berilib, tashkilotning ichki farmoyishiga muvofiq (buyruq va boshqalar) rasmiylashtirilgan xulosa asosida, birinchi marta kasb kasalligi tashhisi aniqlangan shaxslar soni ko‘rsatiladi.
34. 516-519 -satrda - mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilmagan, mehnatga layoqatliligini qisman yo‘qotgan va tibbiy xulosaga ko‘ra o‘zining asosiy ishidan boshqasiga bir va undan ortiq ish kuniga o‘tkazilgan jabrlanganlar soni ko‘rsatiladi.

Download 411.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling