Statistika kuzatish metodi. Statistik tafnislash va guruhlash metodi reja


Download 23.43 Kb.
bet2/9
Sana10.02.2023
Hajmi23.43 Kb.
#1185321
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 MAVZU STATISTIKA KUZATISH METODI STATISTIK TAFNISLASH VA GURUHLASH

Kuzatish dasturi – bu kuzatish davomida yig’ilishi kerak bo’lgan savollar yoki qayd qilinishi lozim bo’lgan belgilar va ko’rsatkichlar ro’yxatidir. U qisqa, tushunarli bo’lishi kerak va faqat aniq javob olinishi mumkin bo’lgan, shubha tug’dirmaydigan va bir-birining javoblarini nazorat qila oladigan savollardan tashkil topgan bo’lishi kerak. Dastur tuzish statistik kuzatishning eng og’ir va mas’uliyatli bosqichidir.
Kuzatish ob’ekti - bu tekshirish o’tkaziladigan hodisa va jarayonlar yig’indisi yoki statistik ma’lumotlar qayd qilinadigan aniq chegara miqdori (oralig’i)dir.
Statistik kuzatishning muhim qoidalaridan biri – kuzatish o’tkazishda to’plam birliklarini qamrab olish masalasidir. Bu masala ham makon, ham zamon chegarasida to’g’ri hal etilsa maqsadga muvofiqdir.
Statistik kuzatish va uning natijasida to`planadigan ma`lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya`ni:
1) aniqlik va to`g`rilik;
2) to`liqlik va har taraflamalik;
3) taqqoslamalik, solishtirmalik.
Aniqlik – bu ma`lumotlarni real hayotiyligi, haqiqatga to`la moskelishi. Butun statistik kuzatish uslubi, uni tashkil etish va amalga oshirish yo`li ma`lumotlarning aniqligini ta`minlashga qaratilgan bo`lishi kerak:
Birinchidan, ma`lumotlarni haqqoniyligi avvalambor kuzatuvchi statistikning qobiliyatiga - uning malakasiga, mahoratiga, tajribasiga, masalaning tushuna bilishiga bog`liq.
Ikkinchidan, kuzatish jarayonida foydalaniladigan qurollar sifatiga – kuzatish dasturi, statistik formulyarlar, savolnomalar, ularni to`ldirish uchun yo`riqnoma (instruktsiyalar)larning mavjudligi, ular to`liq sodda va tushunarli qilib tuzilishi, jumla va so`zlarning yagona mazmunga ega bo`lishiga bog`liq.
Uchinchidan, ma`lumotlarni aniq va haqqoniy bo`lishiga kuzatilayotgan obyektning tayyorgarlik darajasi ham ta`sir etadi.
To`rtinchidan, ma`lumotlarni aniqligi, haqqoniyligi kuzatish uslubiga, uslubiy masalalarning to`g`ri yechilishiga bog`liq.

Download 23.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling