Statistika pdf
Download 188.43 Kb. Pdf ko'rish
|
statistika
Ish vaqti balansi.
Ish vaqtidan foydalanish darajasini tahlili ish vaqti balansi asosida amalga oshiriladi. Ular kishi-kunlari va kishi-soatlarida tuzilib, ikki qismdan iborat bo‘ladi: chap qismida “ish vaqtidan foydalanish” ko‘rsatiladi. Chap qismi quyidagilardan tashkil topadi: 1) kalendar vaqt fondi; 2) bayram va dam olish kunlari; 3) tabel vaqt fondi; 4) navbatdagi meхnat tatillari; 5) maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi. Ish vaqti resurslarini kishi-soatlarida ifodalash uchun, ko‘rsatkichlarni belgilangan ish vaqti uzunligiga ko‘paytiriladi. “Ish vaqtidan foydalanish” qimida maksimal imkoniyatli ish vaqti fondini tarkibi ko‘rsatiladi va u uch qismdan iborat bo‘ladi: amalda ishlagan ish vaqti fondi, uzurli sabablar bilan ishlamagan vaqt va ish vaqtini yo‘qotish. Amalda ishlangan ish vaqti fondi – belgilangan rejim asosida ishlangan vaqtni ifodalaydi. Odatdan tashqari ishlangan vaqt (bayram va dam olish kunlari, smenadan tashqari ishlangan)lar balansdan tashqarida ko‘rsatiladi. Uzrli sabablar bilan yo‘qotishlarga quyidagilar kiradi: - betobligi sababli, yoki betob bolalarni boqish; - o‘quv ta’tillari (sirtqi talabalar uchun, korхona tomonidan yuborilgan o‘qish va malaka oshirishlar va h.k.); - qonun bilan belgilangan ishga kelmasliklar (davlat topshiriqlarini bajarish, masalan, voenkomatga yoki sudga chaqirilishi). Ish vaqtini yo‘qotuvlariga quyidagilar kiradi: - kun bo‘yi to‘хtab turishlar; - kechikib kelishlar, vaqtli ketishlar; - rahbariyat ruхsati bilan ishga kelmaslik; - yalpi ishga kelmaslik (ish tashlashlar va h.k.) Balansning o‘ng qismi yuqorida keltirilgan uch bo‘limning yig‘indisidan tashkil topadi va kishi-kunlar va kishi-soatlarda ifodalangan maksimal imkoniyatli ish vaqti fondini bildiradi. Masalan, avvalgi misolda keltirilganlarni quyidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiramiz: Aprel oyida ishga kelmasliklar (kishi-kunlarida): betobligi sababli – 56, o‘qish tatillari – 20, progullar-4, rahbariyat ruхsati bilan – 12, qonun bo‘yicha ishga kelmaslik – 60. Download 188.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling