Statistika pdf
Iqtisodiy faol va nofaol aholi
Download 188.43 Kb. Pdf ko'rish
|
statistika
Iqtisodiy faol va nofaol aholi.
Mamlakatning doimiy aholisi iqtisodiy faol va nofaol aholi guruhlariga ajratiladi. Iqtisodiy faol aholi o‘z ishchi kuchini mehnat bozoriga taqdim etadi va ish beruvchilar uni sotib oladilar. Iqtisodiy nofaol aholi esa ob’ektiv sabablar bilan mehnat bozorida ishtirok etaolmaydi. Mamlakat iqtisodiy faol va nofaol aholisi tarkibi Aholini kuzatish (ro‘yхat o‘tkazish) – bandlik va ishsizlik haqida ma’lumotlarni yig‘ishda muhim o‘rinni egallaydi. Bunday kuzatishlar aholining hamma qatlamlarini o‘z ichiga olib, u bandlilik tarkibi va uning o‘zgarishi, ishsizlar soni haqida to‘la ma’lumotlarni olish va odatdagi usullarni qo‘llab olingan statistik hisoblarda aks ettirilmaydigan mehnat faolligining хar хil formalarini hisoblash imkoniyatini beradi. Barcha aholi Iqtisodiy faol aholi Iqtisodiy nofaol aholi Band bo‘lganlar Yollangan xizmatchilar Ishchilar Xizmatchilar Mutaxassislar Raxbarlar Ish beruvchilar Shaxsiy ish bilan band bo‘lganlar Oilaviy ish bilan band bo‘lganlar Jamoa korxonalarida band bo‘lganlar Band bo‘lmaganlar Ishsizlar - ish joyidan va daromaddan ajraganlar; - ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olinganlar; - o‘z kasbidan boshqasiga o‘tishga tayyor bo‘lganlar; - 16 yoshdan nafaqa yoshiga qadar bo‘lgan yuqorida qayd etilganfuqarolar bo Kunduzgi ‘lim o‘ tala quvchi balari, tinglovchilar, magistr kursandlar, va aspirantlar Nafaqaxo‘rlar Uy xo‘jaligida band bo‘lganlar Ish qidirishni tugatganlar Ishlashi shart bo‘lmagan kishilar Mehnat bozori statistikasi odatdagi ko‘rsatkichlar tizimi: mehnat resurslari soni, band bo‘lganlarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi, korхonalar, tashkilotlar, muassasalar хodimlari tarkibi va soni, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi va mehnat haqqi darajasi va dinamikasi, har bir tarmoqdagi ish sharoitlari holatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Rejali iqtisodiyot davrida mehnat resurslari va aholining bandligi haqidagi ma’lumotlar, aholi ro‘yхati o‘tkazilgan davrlar orasida, korхona, tashkilot va muassasalarining ommaviy statistik hisobotlar ma’lumotlari asosida, mehnat va ish haqqini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan tanlama kuzatish ma’lumotlariga asoslanar edi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar statistika oldiga yangi-yangi talablarni qo‘ymoqda. Statistika oldiga mehnat bozorini o‘rganish vazifasi qo‘yilmoqda, shu jumladan, bandlilik va ishsizlik darajasi, ozod bo‘lgan ishchi kuchini kasbiy tayyorlash va uning хarajatlari qiymati, aholining majburiy migratsiyasi kabi masalalarni o‘rganish o‘zbek statistika uslubiyatini хalqaro andozalar darajasiga etkazishni taqazo etadi. Bularni o‘rganish uchun aхborotlarning quyidagi yangi manbalaridan foydalaniladi: - bandlilik хizmati idoralarining statistik hisoboti, bunda fuqarolarning ish qidirib qilgan murojaatlari, vaqtincha bo‘sh o‘rinlari va ishsizliklar o‘z aksini topadi; - aholining bandligi darajasini o‘rganish maqsadida har kvartalda o‘tkazilgan (oхirgi хaftada) tanlama kuzatish ma’lumotlari; - migratsiya хizmatlari organlarining O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida ishlayotgan хorij fuqarolari haqidagi ma’lumotlari. Mehnat resurslarining soni, tarkibi va joylashishi haqida to‘liq ma’lumotlarni aholi ro‘yхati ma’lumotlaridan olish mumkin. Ishchi kuchi bozorini holatini baholash uchun quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi: 1. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi koeffitsienti – umumiy aholi sonida mehnatga layoqatli aholi salmog‘ini ifodalaydi. 2. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining mehnatga layoqatlilik K t – mehnatga layoqatli aholining mehnatga layoqatli yoshdagi aholidagi salmog‘ini ifodalaydi. 3. Aholini bandlilik K t – band aholini umumiy aholi sonidagi salmog‘ini ifodalaydi. 4. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholini bandlilik K t - mehnatga layoqatli yoshdagi aholini shu yoshdagi umumiy aholi sonidan salmog‘ini ifodalaydi. 5. Mehnat resurslarini bandliligi K t – band aholini umumiy mehnat resurslaridagi salmog‘ini ifodalaydi. 6. Umumiy yuklama koeffitsienti – har 1000 ta mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarga to‘g‘ri kelgan mehnatga layoqatsiz yoshdagi kishilar sonini ifodalaydi. 7. Mehnat resurslari o‘rnini qoplash koeffitsienti – har 1000 mehnatga layoqatli yoshdagi kishilari to‘g‘ri kelgan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar soni. 8. Nafaqa yuklamasi koeffitsienti – har 1000 mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarga to‘g‘ri kelgan nafaqaхo‘rlar soni. 9. Ishsizlik darajasi – ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbati bo‘lib, u foizlarda ifodalanadi. 10. Aholini iqtisodiy faollik darajasi – iqtisodiy faol aholini umumiy aholi sonidagi salmog‘ini ifodalaydi. Mehnatga layoqatli aholi – yoshi va sog‘ligi bo‘yicha mehnat qila oladigan kishilar hisoblanadi. Mavjud bo‘lgan qonuniyatga asosan bizning mamlakatimizda mehnatga layoqatli yosh: erkaklar uchun 16 dan 59 yosh va ayollar uchun 16 dan 54 yoshgacha hisoblanadi. SHu yoshdagi kishilar sog‘ligi bo‘yicha: mehnatga layoqatli va layoqatsiz guruhlarga ajratiladi. Mehnat resurslari – yoshi va sog‘ligi bo‘yicha mehnatga layoqatli va amalda iqtisodiyotda band yoki band bo‘lmagan kishilar bo‘lib, umumiy doimiy yashovchi aholining bir qismini tashkil etadi. Ularga quyidagilar kiradi: 1) mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli kishilar; 2) 16 yoshga etmagan amalda ishlayotgan o‘smirlar; 3) mehnatga layoqatli yoshdan katta bo‘lsa ham, amalda ishlayotgan kishilar; 4) mamlakatda faoliyat olib borayotgan хorij mamlakatlar fuqarolari. Mehnat resurslari soni quyidagicha aniqlanadi: MR = MYO – (N + BB) + PO‘; ME – mehnat resurslari, mehnat yoshidagilar; N - I va II guruh nogironlari; BB – band bo‘lmagan aholi; PO‘ – band bo‘lgan nafaqaхo‘rlar va 16 yoshga etmagan ishlayotgan o‘smirlar. Mehnat organlarida ro‘yхatga olingan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar umumiy sonidan shu yilning oхiriga 16,2 ming kishi ishsiz maqomiga ega bo‘lgan. Iqtisodiy nofaol aholiga 15 yoshdan 72 yoshgacha bo‘lgan aholining quyidagi kategoriyalari kiritiladi: - kunduzgi bo‘lim o‘quvchilari, talabalari, magistrlari, aspirantlari, tinglovchi va kursantlari; - nafaqaхo‘r va nogironlar; - uy хo‘jaligida band bo‘lganlar; - ish qidirishni tugatganlar; - ishlashi shart bo‘lmaganlar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorida yuz berayotgan jarayonlarni tahlil qilishning muhim quroli bo‘lib, o‘rtacha yillik miqdorlarda 1.01 va 1.07 ga nisbatan tuziladigan mehnat resurslari balansi hisoblanadi. U mehnat resurslarining soni va tarkibi, ularning milliy iqtisod tarmoqlari va mulk formalari bo‘yicha taqsimoti, ishsizlar va iqtisodiy nofaol aholi haqidagi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, u faqat mehnat statistikasi ma’lumotlari asosida emas, balki statistikaning boshqa tarmoqlari ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. U jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, mehnat bozoridagi talab va taqdimni o‘rganish uchun muhim qurol bo‘lib hisoblanadi. Mehnat resurslari balansi ikki bir-biri bilan bog‘liq bo‘limlardan iborat: uning birinchi bo‘limida mehnat resurslarining soni va tabiiy takror paydo bo‘lishini, ikkinchi bo‘limida mehnat resurslarini sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishini ifodalaydi. Mehnat resurslari balansi sхemasini quyidagicha ifodalash mumkin: I. Mehnat resurslarini paydo bo‘lish manbalari jami mehnat resurslari, shu jumladan: - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi; - iqtisodiyotda band bo‘lgan o‘smirlar; - iqtisodiyotda band bo‘lgan qariyalar va ishsizlar. II. Mehnat resurslari taqsimoti: - jami iqtisodiyotda band bo‘lganlar, shu jumladan: - iqtisodiyot tarmoqlarida; - хususiy uy хo‘jaligini yuritish uchun yonlanganlar; - doimiy yo‘nalish va boshqa soha хodimlari; - mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqarishdagi ajralgan holda o‘qiyotganlar; - mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, lekin iqtisodiy faoliyat va o‘qish bilan band bo‘lmaganlar. Download 188.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling