2-Misol. Standart chetlanishni talqin qilish — labirintdagi kalamush tajribasi
Muammo. Eksprimental psixologiya sinfidagi o’ttizta talaba kalamushni labirintda harakatlanishga o’rgatish uchun turli usullardan foydalanishadi. Kursning oxirida har bir talabaning kalamushi labirintdan yo’l topib chiqishiga vaqt belgilanadi. Natijalar (minutlarda) 2.8-jadvalda keltirilgan. 30 ta ko’rsatkichning ±s, ±2s, ±3s intervallardagi ulushini aniqlang va ushbu natijalarni 2.6 and 2.7-jadvallardagi natijalar bilan taqqoslang.
4-jadval 30 ta kalamushning labirint bo’ylab o’tkazgan vaqtlari (minut)
|
1.97
|
0.60
|
4.02
|
3.20
|
1.15
|
6.06
|
4.44
|
2.02
|
3.37
|
3.65
|
|
1.74
|
2.75
|
3.81
|
9.70
|
8.29
|
5.63
|
5.21
|
4.55
|
7.60
|
3.16
|
|
3.77
|
5.36
|
1.06
|
1.71
|
2.47
|
4.25
|
1.93
|
5.15
|
2.06
|
1.65
|
|
Echish.Dastlab biz ma’lumotlarni kompyuterga kiritdik va umumlashtiruvchi statistikani chiqarish uchun MINITABdan foydalandik. Tanlama to’plamning ekranda chiqarilgan o’rtachasi i va standart chetlanishi 3-rasmda ko’rsatilgan.
=3.74 minut s=2.20 minut
yuzdan bir darajagacha yaxlitlangan.
3-rasm. Kalamushning labirintda o’tkazgan vaqti uchun MINITAB tasviriy statistikalari
Endi intervalni shakllantiramiz:
Ko’rsatkichlarni tekshirish shuni ko’rsatadiki, vaqtlarning 23 tasi o’rtacha atrofidagi bitta standart chetlanish oralig’ida yotadi. Ushbu raqam 23/30, yoki taxminan tanlama to’plam ko’rsatkichlarining 77%ini aks ettiradi.
Keyingi interval:
Ikkitadan tashqari barcha vaqt ko’rsatkichlari ushbu interval ichida, shuning uchun 28/30, yoki taxminan 93% ko’rsatkichlar, ning 2 ta standart chetlanishi orasida yotadi.
Nihoyat, atrofidagi 3 standart chetlanish oralig’i:
Vaqt ko’rsatikchlarining hammasi o’rtachaning 3 standart chetlanishi oralig’ida yotadi.
Ushbu bitta, ikkita, uchta standart chetlanish foizlari (77%, 93%, va 100%) empirik qoida orqali taqdim qilingan 68%, 95%, va 100% kabi taxminlarga to’liq mos tushadi (2.7-jadval ).
Do'stlaringiz bilan baham: |