Statistikaning asosiy elementlari


Download 472.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana13.12.2022
Hajmi472.79 Kb.
#999553
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Mavzu Statistika

Tanlanmaning turlari 
1. 
Bosh to`plamni qismlarga ajratmasdan tanlash, unga quyidagilar 
kiradi: 
a) 
Oddiy qaytarilmaydigan tasodifiy tanlash; 
b) 
Oddiy qaytariladigan tasodifiy tanlash. 
2. 
Bosh to`plamni qismlarga ajratgandan so`ng tanlash, unga 
quyidagilar kiradi: 
• а) tipik tanlash;
• b) mexanik tanlash; 
• c) seriyali tanlash. 
Bular haqida batafsil keyinroq 17-bobda to`xtalamiz. 
Amaliyotda odatda qaytarilmaydigan tasodifiy tanlashdan foydalaniladi. 

Tanlanmadagi ma’lumotlar bo`yicha bosh to`plamning bizni 
qiziqtirgan belgisi haqida to`g`ri xulosa qilish uchun tanlanma to`plamni 
shunday ajratish kerakki, u bosh to`plamning muhim xarakterli xususiyartlarini 
o`zida to`liq saqlasin. Buni qisqacha tanlanmaning reprezentativligi deyiladi. 

Tanlanma reprezentativ bo`lishligi uchun tanlash tasodifiy ravishda 
amalga oshirilgan bo`lishi, ya’ni bosh to`plam barcha obyektlarining 
tanlanmaga tushish ehtimolligi bir xil bo`lishi kerak. 
Agar tanlanma to‘plam bosh to‘plamni deyarli barcha хususiyatlarini o‘zida 
saqlasa, u holda bunday tanlanma reprezentativ (vakolatli) tanlanma deyiladi. 
Misol 
Partiyadagi 100 dona mahsulotdan 85 donasi sifatli qolgani sifatsiz bo`lsin. 
Shu partiyadan 10 dona mahsulot olindi, ya’ni hajmi 10 bo`lgan tanlanma xosil 


qilindi. Shu tanlanma bo`yicha partiyadagi sifatli mahsulotlar ulushi % qiymati 
haqida xulosa chiqarish talab etilsin. Agarda tanlanmaga 10 dona faqat sifatsiz 
yoki aksincha 10 dona faqat sifatli mahsulotlar tushgan bo`lsa, partiyadagi sifatli 
mahsulotlar ulushi 0% yoki 100% degan noto`g`ri xulosalar kelib chiqadi. Shunday 
qilib, bu ikkala tanlanma reprezentativ bo`lmaydi. Bu misolda reprezentativ 
bo`lishi uchun unda taxminan 15% sifatsiz va 85% sifatli mahsulot bo`lishi kerak. 

Download 472.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling