3. MHTdan makroiqtisodiy tahlil va prognozlash maqsadida
foydalanish
MHT asosida amalga oshiriladigan tahlilning asosiy yo‘nalishlaridan biri
iqtisodiy o‘sish darajasi va iqtisodiy kon’yunkturaning tebranishi hisoblanadi.
YaIM hajmini o‘zgarmas baholarda hisoblab uning dinamikasini o‘rganish
muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, u ko‘p jihatdan mamlakat iqtisodiy salohiyatini
investitsiyalar hisobiga oshirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy kon’yunkturaning
tebranishi ko‘p jihatdan mavjud asosiy fondlardan foydalanish darajasiga bog‘liq.
Iqtisodiy o‘sish darajasi ko‘rsatkichlaridan mamlakatning u yoki bu davrdagi
o‘sish tendentsiyalarini o‘rganish, olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning
samaradorligi o‘rganish uchun foydalaniladi.
1-jadval
MDH mamlakatlarida YaIM (o‘zgarmas baholarda, 2010 yilga
nisbatan foiz hisobida)
16
dinamikasi
2016
2017
2018
O‘zbekiston
129,7
139,4
152,6
Ozarbayjon
188,3
253,2
317,0
Armaniston
178,0
201,5
229,0
Belorussiya
143,4
157,7
171,0
Gurjiston
142,6
156,0
175,0
Qozog‘iston
163,8
181,3
197,0
Kirg‘izston
120,3
124,0
134,0
Moldova
140,8
147,5
152,0
Rossiya
134,7
144,6
156,0
Tojikiston
158,6
169,7
183,0
Ukraina
145,0
155,5
167,0
MDH davlatlari ichida YaIM ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori darajaga yerishgan
mamlakat Ozarbayjon bo‘lib, uning YaIM (o‘zgarmas baholarda) 2010 yilga nisbatan
317,0foizni tashkil etdi.
Tahlilning keyingi yo‘nalishi YaIMdan foydalanish tarkibini o‘zgarishini
o‘rganishdan iborat: oхirgi istemol, yalpi jamg‘arish, sof eksport. Ushbu tahlil asosida
yana uy хo‘jaliklari istemoli tarkibini o‘rganish mumkin (masalan, oziq-ovqat
mahsulotlari sotib olish ulushi), YaIMning mudoafaga, boshqarishga, sog‘liqni
saqlashga, ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflangan qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |