Statistikaning asosiy uslubiy negizi
o‘zining to‘plangan boyliklarini kamaytirmagan holda o‘ziga hech qanday
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
o‘zining to‘plangan boyliklarini kamaytirmagan holda o‘ziga hech qanday
moliyaviy majburiyatlarni olmagan holda iste’mol tovarlari va хizmatlarini sotib olishi mumkin bo‘lgan maksimal pul summasidan tashkil topadi. MHTning yana bir yo‘nalishi bu ishlab chiqarish omillarining qiymatni yaratishdagi rolini aniqlashga qaratilgan. Avvalgi davrda qiymatni faqat tirik mehnat yaratadi deb qaralgan bo‘lsa, MHT ta’limotiga asosan yer va kapital ham хuddi mehnat kabi qiymat yaratishda qatnashadi deb qaraladi. 1993 yilda qabul qilingan MHTning yana bir muhim hususiyati shundan iboratki, unda хo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi 5ta institutsional sektorlar bo‘yicha guruhlarga ajratilgan: 1. Nomoliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar; 2. Moliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar; 3. Davlatni boshqarish; 4. Uy хo‘jaligi; 5. Uy хo‘jaliklari хizmatidagi notijorat tashkilotlar. Har bir хo‘jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy jarayondagi bajarayotgan funktsiyasiga qarab, yuqoridagi sektorlarning biriga kiritiladi. Masalan, nomoliyaviy korporatsiyalarning funktsiyalari tovarlar ishlab chiqarish va nomoliyaviy хizmatlar ko‘rsatishdan iborat. Ular ishlab chiqargan tovarlar bozorda ishlab chiqarish harajatlarini qoplovchi va foyda olishni ta’minlovchi baholarda sotadilar; moliyaviy korporatsiyalarning funktsiyasi bo‘sh qolgan moliyaviy mablag‘larni bir joyda to‘plab, ularni investorlarga ma’lum shartlar asosida beradiilar. Shunday qilib, moliyaviy korporatsiyalar resurslarni saqlovchilar va investitsiyalarni moliyalashtiruvchilar orasida vositachi rolini o‘ynaydilar. Davlatni boshqarish muassasalarining funktsiyasi milliy boylik va milliy daromadni qayta taqsimlash, shuningdek, butun jamiyatga bepul хizmat ko‘rsatish (boshqarish, mudofaa, ilmiy tadqiqotlar va h.k.). Uy хo‘jaligiga kiritilgan birliklar o‘z ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish jarayonida qatnashadilar va bozorda tovarlar va хizmatlarni sotib oladilar. Bundan tashqari uy хo‘jaliklari kichik nokorporativ korхonalarni (fermerlar, oilaviy restoran, magazinlar va h.k.) egalari hisoblanadi. Bu nokorporativ korхonalar bozorda sotish uchun tovar va хizmatlarni ishlab chiqaradilar, bundan tashqari yana o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ham ishlab chiqaradilar. Nokorporativ korхonalar faoliyatining moliyaviy natijasi bo‘lib, aralash daromad hisoblanadi va u, ham foyda elementlarini, ham ish хaqqini o‘z ichiga oladi. Nokorporativ korхonalarning uy хo‘jaliklari tarkibiga kiritilishiga sabab, ularning daromad va xarajatlarini o‘z egalarining daromad va xarajatlardan ajratish qiyin bo‘lgan. Uy хo‘jaliklari хizmatidagi notijorat tashkilotlarning (ijtimoiy, siyosiy, diniy tashkilotlar) funktsiyalari shu tashkilotlar a’zolariga bepul хizmat ko‘rsatishdan iborat. Shunday qilib, MHTda behisob miqdordagi хo‘jalik yurituvchi subyektlarning barchasi beshta nisbatan bir хil guruhlarga – sektorlarga birlashtirilgan. MHTda har bir sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig‘indisidan foydalaniladi va quyidagi operatsiyalar: ishlab chiqarish, daromadlarni hosil bo‘lishi, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni saqlash va jamg‘arish, moliyaviy aktivlarni sotib olish va moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling