Steam dan foydalanish


II-BOB. MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARI TOMONIDAN MAHSULOT


Download 494.94 Kb.
bet12/24
Sana19.11.2023
Hajmi494.94 Kb.
#1786439
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Fozilov Abdulloh

II-BOB. MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARI TOMONIDAN MAHSULOT

EKSPORTIDAGI HOLATINI TAHLILI


2.1. Tadbirkorlik subyektlarini makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari holatini tahlili
O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish harakatlar strategiyasida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, uning tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilgandir.
Mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy vazifalari ichki va tashqi bozorga mintaqa imkoniyatlari va talablaridan kelib chiqqan holda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish va tariflarni tartibga solish, tovar va xizmatlarni taqsimlash va ular iste’molining oqilona darajasini ta’minlash orqali hudud aholisining yuqori darajalagi farovonligiga erishishdan iborat. Shu bois, u mintaqaning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanlshi jarayonidagi muhim muammolarni hal etishga, mintaqa iqtisodiyoti tuzilishini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratadi. Chunki mintaqaviy iqtisodiyotini asosiy vazifalaridan iborat.
Bu vazifalarni bajarishda tadbirkorlikni faollashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, aynan tadbirkorlikni faollashtirish mintaqani ichki manbalar hisobiga rivojlantirish usullaridan biri hisoblanadi. Bu esa tadbirkorlik faoliyati milliy, shu jumladan, mintaqalar iqtisodiyoti taraqqiyotiga erishish va raqobat muhitini shakllantirish omili ekanligini, aholii daromadlarini oshirish, bozorlarni zarur mahsulotlar bilan muhim o’rin tutishini ko’rsatadi. Qolaversa, tadbirkorlikda "Kichik biznesning ixcham va xarakatchanligi, bozor konyukturasi o’zgarishlari va ist’molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olishi uni jahon iqtisodiy inqirozi davrida yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish,borasida eng qulay va maqbul vositaga aylantiradi.
Demak, hozirgi davrda tadbirkorlikni samaradorligi, uning milliy, shu jumladan, mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sirini oshirishning nazariy, amaliy, xududiy jihatlarini tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Olib borilgan tahlillar shuni ko’rsatadiki, mintaqaviy xususiyatlarni inobatga olgan holda kichik biznesning mintaqa iqtisodiyotini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini aniqlash uslubiyati yetarli darajada tadqiqot obyekti bo’lmagan. Uslubiy jixatdan kichik biznesni mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini tahlil etish tizimli yondashuv asosida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tahlilda tizimli yondashuv tahlil obyektini murakkab tizimlar sifatida tadqiq etishni nazarda tutadi. Ularning tavsifi esa bir biri bilan bog’lik ko’rsatkichlar to’plami yordamida berilishi mumkin. Faoliyatni samarali rivojlanishida tahlil qilishning ahamiyati kattadir.
Iqtisodiy tahlilda tizimli yondashuv bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
-birinchi bosqichda o’rganilayotgan obyekt bir biri bilan bog’lik
elementlaridan iborat deb tasavur etiladi;
-ikkinchi bosqichda o’rganilayotgan obyektning faoliyatini har taraflama tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi ishlab chikiladi;
-uchinchi bosqichda tahlil bevosita ko’rsatkichlar tizimi yordamida amalgam oshiriladi.
-to’rtinchi bosqichda tizim elementlari o’rgasidagi bog’lanish indekatorlari va ko’p sonli omillarni tavsiflari aniqlanadi;
-beshinchi bosqichda, oldingi to’rt bosqichda olingan axborotlar asosida model ishlab chiqiladi
-oltinchi bosqichda chiqarilgan xulosalar asosida tizimni modellashtirish, obyekt samaradorligini oshirish imkoniyatlari aniqlanadi va har taraflama baholanadi.
Uslubiy jixatdan tadbirkorlikni mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini tadqiq etish uchun uning bu jarayondagi tahlil ketma-ketligi ishlab chiqish talab etiladi.
Birinchi bosqichda o’rganilayotgan muammoning nazariy va uslubiy jixatlari o’rganiladi va umumlashtiriladi. Bunda quyidagi xolatlarga aloxida e’tibor qaratish zarur:
- Tadbirkorlik va biznesga doir adabiyotlarni o’rganish asosida uning o’ziga xos jixatlarini va xususiyatlarini aniqlash;
-kichik biznesni mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etish yo’nalishlarini aniqlash;
Ikkinchi bosqichda kichik biznesning mintqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini aniqlash ko’rsatgichlar izimi ishlab chiqiladi.
Uchinchi bosqichga-ikkinchi bosqichda ishlab chiqilgan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanib, tadbirkorlik sohasining mintaqaviy rivojlanishiga baho beriladi, uning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishga ta’siri, shuningdek, bunga ta’sir etuvchi omillar bir tizimiga keltirilib sohadagi muammolar aniqlanadi. Xizmatlar sohasining yuqori ulushini Samarqand (76,5 %), Surxondaryo (76,3 %),Toshkent (76,2 %), Farg‘ona (75,9 %), Buxoro (74,9 %), Jizzax (74,2 %) va Andijon (73,7 %) viloyatlari tashkil etadi.
Qurilishda Andijon (94,3 %), Namangan (93,9 %) va Samarqand (92,3 %) viloyatlari tashkil qiladi.
Bandlikda esa, Andijon va Samarqand viloyatlari (84,5 %), Namangan (83,4 %), Xorazm (82,9 %) viloyatlari tashkil etadi.
2017 yilning yanvar-dekabrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi 53,3 % ni tashkil qildi (2016 yilning yanvar-dekabrida 56,2 %).
Tahlilni aynan tadbirkorlik faoliyatining milliy iqtisodiyotiga ta’siri yo’nalishlari, bu jarayoni chuqurroq o’rganish uchun, shuningdek, soha va tarmoqlar bo’yicha amalga oshirish maqsadiga muvofiq, bu jarayonda soha subyektlarining yalpi mahsulotdagi ulushiga miqdoran va sifat jixatidan baho berilishi lozim.
Samarqand viloyati ham kichik biznes va tadbirkorlikni mintaqa iqtisodiyotida qo’shgan hissasi tobora oshib borilmoqda.
2.1-jadval

Download 494.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling