Steam dan foydalanish


-rasm. O‘zbekistonda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlashga ajratilgan investision kreditlar


Download 494.94 Kb.
bet14/24
Sana19.11.2023
Hajmi494.94 Kb.
#1786439
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Fozilov Abdulloh

2.2-rasm.
O‘zbekistonda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlashga ajratilgan investision kreditlar.
Manba:O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida muallif tomonida tuzilgan. www.cbu.uz
Harkatlar strategiyasi Dasturida belgilanishicha, 2017 yil davomida tijorat banklari tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va kengaytirish hamda ularning ishlab chiqarish faoliyati uchun xom ashyo va materiallarni sotib olishda moliyaviy resurslarga bo‘lgan talablarni qondirish maqsadida iqtisodiyot hamda kichik biznes sohasi subyektlarini kreditlash hajmini 1,2 barobar oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Ushbu tadbirlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda ularning ishlab chiqarish faoliyati uchun xom ashyo va materiallarni sotib olishda moliyaviy resurslarga bo‘lgan talablarini qondirish imkonini beradi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga ajratilgan kreditlar, trln.som


2.3-rasm.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan kreditlar hajmi. Manba: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida muallif tomonida tuzilgan. www.cbu.uz

Sanoat ishlab chiqarishda investisiyalardan (kapital qo‘yilmalardan) foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

  • yangi qurilish;

  • korxonani kengaytirish va qayta rekanstruksiyalash;

  • ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta

qurollantirish;

  • harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.

Yangi qurilishda yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqarilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir. Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo‘shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo‘shimcha, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.
Qayta tiklashbu, faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo‘g‘inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yuqotish yo‘li bilan almashtirish yordamida to‘liq yoki qisman o‘zgartirishni anglatadi. Qayta tiklashda eski sexlar o‘rnida yangi sexlar qurishga ruxsat beriladi.
Texnik qayta qurollantirish alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunalarni yangilash va almashtirish ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo‘li bilan korxonaning texnik darajasini o‘shirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasidir. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan.
Moliyaviy resurslar va er tanqisligi sharoitlarida, ikkinchi tomondan esa mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan unumliroq foydalanish uchun yangi qurilishni nisbatan cheklangan holatda, asosan juda zarur hollardagina amalga oshiriladi. Shu sababli bugungi kunda investisiyalarning eng ko‘p tarqalgan yo‘nalishlari sifatida, umuman olganda yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni ham ko‘zda tutuvchi mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirishni ko‘rsatish mumkin. Sanoatda yangi korxonalarni qurish hamda mavjud ishlab chiqarish korxonalarni kengaytirish va qayta tiklashga yo‘naltiruvchi kapital qo‘yilmalar asosan quyidagi xarajatlarni o‘z ichiga oladi:

  • qurilish-montaj ishlari xarajatlari;

  • mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar;

  • loyiha-qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar.

Kapital qo‘yilmalarning yuqoridagi turlari investisiyalarning texnologik tuzilmasini tavsiyalaydi. Hozirgi paytda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda yo‘naltirilayotgan kapital qo‘yilmalar hajmi ancha oshib, o‘tgan yilga nisbatan ularning o‘sish suratlari 9,6 foizni, shuningdek xorijiy investisiyalar va jalb qilinadigan kreditlar hajmi 11,3 foizga o‘sib 3,7 milliard dollardan oshadi.
O‘zlashtirilgan investisiyalar doirasida 2016 yilda qiymati 5,2 milliard dollorlik 164 ta yirik ishlab chiqarish ob’ektlari ishga tushirildi.
Birinchi darajali e’tibor mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha dastur tayyorlash va uni amalga oshirishga qaratishi zarur. Bu maqsadning dolzarbligi ahamiyati avvalo shu bilan belgilanadiki, biz o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotimizning rivojlangan demokratik davlatlar darajasida olib chiqishni hozirgi bosqichdagi bosh strategik vazifa sifatida qo‘yilgandir.
Raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan mamlakatimizda demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va barqarorlik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so‘z yuritish mumkin emas.

Download 494.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling