Steam dan foydalanish
O’zbekiston Respublikasining 2017 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xududlar bo‘yicha ulushi
Download 494.94 Kb.
|
Fozilov Abdulloh
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2-jadval Kichuk biznesni tarmoqlar bo’yicha YaHM dagi ulushi (foizda)
O’zbekiston Respublikasining 2017 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xududlar bo‘yicha ulushi
Manba:O’zbekiston Respublikasining statistic axborotnomasi. Jumladan joriy yilda yalpi hududiy mahsulotning 77,1 foizi kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqiladi. Bu ko’rsatgich 2012 yilning shu davrida 75,9 foizni tashkil etgan. Iqtisodiyotda jami band bo’lganlarning 82.0 foizi (1112.9 ming kishi)ni kichik tadbirkorlik (biznes) sektorida band bo’lganlar tashkol qiladi. Band bo’lganlarning 78,5 foizi (868,1 ming kishi) xususiy sektor xamda 17,6 foizi (229 mish kishi) kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to’g’ri keladi. Kichik biznes subyektlari tomonidan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 121,8 foizga o’sdi va 1392,5 mlrd so’mni (viloyat sanoat ishlab chiqarishning 42,2 foizi). qishloq xo’jalik mahsuloti 6,4 foizga o’sib, 3671,6 mlrd. so’mni (qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 98,4 foizi) tashkil qildi. Biz tahlil qilish jarayonida Samarqand viloyatida tadbirkorlik sohasining yalpi hududiy mahsulotga qushgan hissasini ko‘rib chiqdik. 2.2-jadval Kichuk biznesni tarmoqlar bo’yicha YaHM dagi ulushi (foizda)
Manba: Samarqand viloyatining statistik axborotnomasi. Bugungi bozor iqtisodiy sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning faoliyati aholini ish bilan ta’minlanishida muhim ahamiyatga egadir. Undan so’ng kichik biznesning iste’mol tovarlari bozoridagi, mintaqa aholisining ish bilan ta’minlashdagi ishtroki ularning daromadlarini shakllantirishdagi, keyin esa mintaqa iqtisodiyoti eksportdagi o’rni tahlil etiladi. Shuni alohida ta’kidlash mumkinki ohirgi yillarda kichik tadbirkorlik subyektlarining mahsulot ishlab chiqarishdagi hajmiga ulushi ortib bormoqda. 2016 yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlari mahsuloti (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmidagi xususiy tadbirkorlikning (fuqarolar mulki) ulushi quyidagicha ifodalanadi: YAlpi hududiy mahsulot va iqtisodiyot tarmoqlari mahsuloti (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmida kichik tadbirkorlik (biznes) ulushining o‘zgarishi quyidagicha ifodalanadi: umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida baliq kiritilgan xo'jaliklari investitsiyalar
2.1-rasm. Tarmoqlar bo’yicha YaHMning ulushi Manba: Samarqand viloyatining statistik axborotnomasi. To’rtinchi bosqichda esa kichik biznesni mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko’rsatadigan ta’sirini kuchaytirishning ustuvor yo’nalishlari aniqlanib, amaliy takliflar ishlab chikiladi. Mintaqadagi mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashda kichik biznes alohida o’rin tutadi. U yangi ish joylarini yaratadi. Bu, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yaxshilanishiga olib keladi. Darvaqe, ishsizlik barcha mamlakatlarga xos muammo bo’lib, uni hal etishda hukumatlar kichik biznesni jadal rivojlantirish vositasidan keng foydalanadilar. Ishsizlikning haqiqiy darajasi 1% ga oshganda yalpi ichki mahsulot hajmi 2,5% ga pasayadi Ushbu holat ushbu masala qanchalik dolzarb ekanligini yana bir bor tasdiqlangan. 2.2.Makroiqtisodiy o’sishni ta’minlashda mahsulot eksporti salohiyatini yanada jadalashtirish mexanizmlariO‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarining asosiy maqsadi bo‘lib unga iqtisodiyotning turli tarmoqlarini jumladan. Tadbirkorlikda sanoatni rivojlantirish orqali amalga oshirish mumkin. Sanoatni rivojlantirish asosida aholi turmush darajasini oshirishda bir qator tadbirlarni amalga oshirish orqali erishiladi. Bularga sanoat korxonalarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, korxonalarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash ya’ni ishchi o‘rinlari yaratish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish korxonalarga investisiya kiritish va aholining bo‘sh pul mablag‘larini sohani rivojlantirishga jalb etish kabilar kiradi. Sanoatda tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishi tarmoqda sohadagi tarkibini o‘zgarishlarni amalga oshirish hisoblanadi. Tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan tadbirlardir. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish milliy manfaatlarni ta’minlovchi, iqtisodiy o‘sishga yo‘l beruvchi va aholi farovonligini ishishga olib keluvchi yangicha ishlab chiqarish tuzilmasi yaratilishidir. Bugungi kunda sanoatni modernizatsiya qilish, texnika va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatining yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqmoqda. Buxoro viloyatida sanoat korxonalarini modernizatsiyalash bo‘yicha tarmoqning hududiy dasturi ishlab chiqilib unda etakchi sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash ishlab chiqarishni zamonaviy andazalariga o‘tish, tejamkor va samarali texnologiyalarni qo‘llash tadbirlari amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz sanoatida tarkibiy o‘zgarishlar davom ettirilishi barqaror va mutanosib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish hamda jadal taraqqiyotga erishishi muhim omili hisoblanadi. Iqtisodiy nochor ahvoldagi korxonalar faoliyatini yaxshilash yo‘nalishlaridan biri ularning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiyalash mazkur korxonalar boshqa tarmoqlar mahsulot ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishlarini o‘zlashtirib, boshqa tarmoqlar bilan faoliyatini muvofiqlashtirish lozim. O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan choratadbirlar samaradorligi haqida gapirganda ularning eng muhim masalalarga yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi turmush darajasini yanada oshirishda yo‘naltirilganligini alohida takidlash lozim. Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi faoliyat tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish jarayonida yirik sanoat korxonalari bilan tadbirkorlikni aloqalari asosidagi kasanachilik va boshqa turdagi faoliyatni rivojlantirish bilan bog‘liq. Tadbirkorlikda kichik biznesni rivojlantirish sanoat korxonalari samaradorligi asosida aholi turmush darajasini oshirishning muhim tadbirlaridan biri bo‘lib u bir qator iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qiladi. Sanoat korxonalari samaradorligini oshirish asosida aholi turmush darajasini yaxshilash tadbirlaridan yana biri sanoat sohasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Mamlaktimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda moliyaviy jihatdan ko‘maklashish, jumladan, kreditlar ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, mamlakatimizda 2016 yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 2015 yilga nisbatan 25,1 foiz ko‘payib, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 53,4 trillion so‘mga etdi. O‘zbekistonda investision faoliyatini rivojlantirishning hududiy xususiyatlarini e’tiborga olib, mintaqalarni tabiiy va mehnat resurslari mavjud ishlab chiqarish salohiyati, ishlab chiqarishning ixtisoslashishiga moyilligi va infratuzilmani hisobga olib hududiy konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda. Bu davlat tomonidan hududlar hayot darajasini tenglashtirish orqali yagona investision siyosat yuritilayotganini bildiradi. Investisiya kiritish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi ko‘rsatadiki ishlab chiqarishni og‘ir texnologik liniyalar bilan emas, balki qisqa va tez yangilanadigan bozor talablarini tez o‘zlashtira oladigan “egiluvchan” ishlab chiqarish liniyalari bilan qurollantirish ustuvor yo‘nalish bo‘lib bormoqda. Mamlakatimiz jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish va mavqeni mustahkamlashda yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish siyosati asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida izchil amalga oshirilmoqda. Bu jarayon ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va mamlakatimizdagi xom ashyo resurslariga boy mavjud manbalardan oqilona foydalanish asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan yuksak texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan istiqbolli iqtisodiyot tarmoqlarini vujudga keltirishni nazarda tutadi. Prezidentimiz ta’kidlagalaridek “2013 yil va yaqin kelajakka mo‘ljallangan dasturimizni amalga oshirishda iqtisodiyotimiz va uning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish va uning ko‘lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy o‘rin tutishi darkor. 2016 yilda Respublikada asosiy kapitalga kiritilgan insestitsiyalarning umumiy miqdori 16,6 mlrd. AQSH dollari miqdorida yoki 2015 yilga nisbatan 2,6 foizga ko‘p investisiyalar yo‘naltirildi. Diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxonalarni modernizatsiya qilish texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlashga ajratilgan investision kreditlar hajmi 2009-2016 yillarda 5 barobardan ziyod o‘smoqda. Bank tizimi tomonidan amalga oshirilgan qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirklari natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2015 yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘payib, 2017 yilning 1 yanvar holatiga 15,9 trln.so‘mga etdi. Download 494.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling