Steam dan foydalanish
-jadval Samarqand viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoilanish ko'rsatgichlari dinamikasi
Download 494.94 Kb.
|
Fozilov Abdulloh
3.1-jadval Samarqand viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoilanish ko'rsatgichlari dinamikasi
Manba : Samarqand viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlari, Viloyat bo‘yicha 2010 yilda YAHMdagi kichik biznesni ulushi 73,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa 2016 yilda esa 78,0 foiz mehnatga band bo‘lganlarning ulushi 84,4 foizdan iborat. Mahsulot eksportidagi ulushi 2010 yilda 61,0 foizda, 2016 yilga kelib 82,2 foizga o‘sgan. Viloyatda tadbirkorlik muhiti tarkib topishidagi ichki omillarning keng qamrovli tahlili quyidagi xulosalarni beradi: Tadbirkorlik muhiti qoniqarli darajada tarkib topgan. Biroq ma’muriy buyruqbozlikdan qolgan tor ixtisoslashuv va mexnat taqsimotining boshlang’ich holda saqlanayotganligi viloyatda tadbirkorlik rivojiga monelik qilmoqda. Mavjud infratuzilmaning noqulay vaziyati qishloq tumanlari markazlari va shaharlashgan boshqa manzillarda iste’mol mollari, xususan, yengil va oziqovqat sanoati mollari ishlab chiqarishni yangi texnologiyalar asosida rivojlantirishni ko’ndalang qilib qo’ymoqda. Band aholi daromadlarining past darajadaligi iste’mol talabi doirasi cheklanganligini saqlab qolmoqda. Bu esa, o’z navbatida, tadbirkorlik muhitidagi imkoniyatlar voqelikka aylanishini kechiktirmoqda. Ayniqsa. iqtisodiy band aholi bilan mexnat resurslari soni orasidagi farq ortishiga fermer xo’jaliklari sonining ortishi tug’ri mutanosib holda ta’sir qilmoqda. Viloyatda tadbirkorlik muhiti ximoyalanishi, qo’llab-quvvatlanishi va rag’batlantirilishi qishloq xo’jaligidagi tarkibiy isloxotlar, xususan. paxtachilikka munosabatning erkinlashtirilish darajasiga bog’lik. Bunda ikkita yo’l mavjud, yani paxtachilik to’lik davlat ximoyasiga olinishi kerak yoxud ekinlar tanlovida erkinlikni oshirish lozim. Demak, tadbirkorlik doimo iqtisodiy nochor qolish yoki foydaning kamayishi xavfi bilan bog’lik bo’ladi. Bu faoliyat ko’p duch kelinadigan tavakkalchilik xolatlari bo’yicha qarorlar qabul qilishda xaddan ziyod ehtiyotkor bo’lgan tadbirkorlar korxonalarini turg’unlikka va raqobatbardoshligi yuqotilishiga duchor qiladilar. Ular eng katta foydani aynan yuqori tavakkalchilikka bog’lik amallar keltirishini yoddan chiqarmasliklari lozim. Viloyatda mehnat resurslari soni, dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2015 yil yanvar-dekabr oylaridagiga nisbatan 1,2 foizga ko’payib, 2023,8 ming kishini tashkil qildi. Eslatib o’tish joizki. shu davrda bandlikka ko’maklashuvchi markazlarga ishga joylashtirishda yordam berishni so’rab, 72721 nafar fuqaro murojaat qildi. Fikrimizcha mintaqa infra tuzilmasida kichik biznes subyektlari faoliyatining yaxshi tashkil etilishi ish bilan bandlik muammosi yumshatilishini, aholi real daromadlari ortishini, soliq tushumlari ko’payishini. mahalliy byudjet daromadlari o’sishini. iqtisodiyotda sog’lom raqobat muhiti yaratilishini hamda turli sektorlar orasidagi o’zaro aloqalar mustahkamlanishini ta’minlaydi. Xulosa qilib aytganda, tadbirkorlikni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’rilgan choralar uning rivojlanish jarayonida. mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi ortishida va mazkur sektordagi bandlik darajasida o’z aksini topmoqda. Download 494.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling