Steam nima? Steam ta’limi


STEAM yondashuvi nafaqat o‘rganish, balki fikrlash usuli hamdir


Download 416.98 Kb.
bet5/8
Sana05.05.2023
Hajmi416.98 Kb.
#1432658
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
STEAM taʼlim moduli sifatida

STEAM yondashuvi nafaqat o‘rganish, balki fikrlash usuli hamdir


STEAM ta’lim muhitida bolalar bilimga ega bo‘lib, shu bilimdan foydalanishni darhol o‘rganadilar. Shuning uchun ular o‘sib, haqiqiy dunyoda istalgan hayot muammosiga duch kelganda, bu xoh ifloslanish yoki iqlimning global o‘zgarishi bo‘lsin, bunday murakkab masalalarni faqat turi fanlardan olgan
bilimlarga tayanish va birgalikda ishlash orqali hal qilish mumkinligini tushunadilar. Faqat bitta fandan olingan bilimga tayanish yetarli emas.

STEAM yondashuvi o‘rganish va ta’limga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartiradi


O‘quvchilar amaliy ko‘nikmalarga e’tibor qaratish orqali irodasini, ijodkorligini, moslashuvchanligini rivojlantiradi va boshqalar bilan hamkorlik qilishni o‘rganadi. Ushbu ko‘nikmalar va bilimlar asosiy ta’lim vazifasini tashkil etadi, ya’ni ta’lim tizimining bosh maqsadi hisoblanadi.

STEAM o‘quvchilarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi


Muammolarni keng qamrovli tushunish Ijodiy fikrlash
Muhandislik yondashuv Tanqidiy fikrlash
Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash Dizayn asoslarini tushunish
O‘qituvchilarning ish uslublarining bir xilligi o‘quvchilar orasida qiziqishning pasayishiga olib keladi. Pedagogikada muammoli vaziyatlarni modellashtirish yangilik emas. Bu usul dastlab Qadimgi Gretsiyada qo‘llanilgan. Muammoli vaziyat, odatda, shaxsga ma’lum bo‘lgan vositalar yoki usullar orqali erisha olmaydigan intellektual qiyinchilik deb talqin etiladi. Kutilmagan qiyinchilik mustaqil qidiruv ishlarini olib borishga undaydi Umumiy holda, muammoga asoslangan ta’lim nostandart harakatlarni, “bilimlarni o‘zlashtirishning reproduktiv darajasidan ijodiy qidiruv ishlariga o‘tish” ni taqazo etadi.

Tinkercad – Virtual elektronika


Tinkercad – bepul, juda ham qulay va imkoniyatlari keng servis hisoblanib, bu servisda elektronika va robototexnika asoslarini o‘rganish imkoniyatlarini beradi. Hech narsani yuklash talab etilmaydi. Hammasi onlayn tarzda. Tinkercad


faqat ingliz tilida. Bu servis juda soddaligi sababli, uni o‘rganishda ingliz tili to‘siq bo‘la olmaydi.
Tinkercad onlayn servisining imkoniyatlari:
Onlayn platformani ishlatish uchun brouzer va internet kifoya; Elektron sxemalarni yasash uchun qulay grafik redaktor mavjud;
Ko‘p ishlatiladigan turli xil modeldagi elektron komponentlar oldindan o‘rnatilgan;
Qo‘shimcha sensorlar va tashqi muhit ta’sirida ishlaydigan komponentlarni o‘rnatish. Yuqoridagi sensor va komponentlarning qiymatini o‘zgartirgan holda, sistemaga ta’sirini kuzatish mumkin;
Maxsus o‘rnatilgan Ardunio redaktori mavjud;
Ardunio, Scratch yoki C dasturlash tilida kod yozish mumkin;
Tayyor bo‘lgan loyixalarning chizmalarini va kodlarini yuklash imkoniyatlari bor.
Ishni boshlash uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish bepul.

Loyiha ishlarini namoyishida audio, video, rasmlar ustida bajariladigan amallarni mukammal bilishilari ham lozim. Bundan tashqari 3D printer yordamida buyumning aniq o‘lchamlarini olishni o‘rganadilar.


Loyixalarni amalga oshirish jarayonida aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari bir jamoa bo‘lib ishlashlari lozim. Bu o‘qituvchilardn biror biri loyixada qatnashmasa, loyiha muvaffaqiyatli bo‘lmaydi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, maktablarda STEAM loyihalarni amalga oshirish va laboratoriyalarini tashkil etish uchun IT-kompaniyalari taqdim etadigan professional uskunalar kerak. Ular 4 ta didaktik to‘plamdir:

  1. Tajriba va robotexnika uchun mikrokontrollerlar, elektron komponentlar va dasturlanadigan elektron modullar;

  2. Grafika va modellashtirish uchun 3D printer;

  3. Modellashtirish uchun raqamli frezerli mashina;




  1. Golografiyali o‘quv videolarini yaratish uchun loyiha hamda videokamera bilan gologrammali ekran.

Download 416.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling