Степень бакалавра в соответствии с Государственным образовательным стандартом (гос), ориентирована на научно-исследовательский


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1599629
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
BMI ga metodik ko\'rsatma21 22

BIning asosiy matni. 
BI odatda 3 bob dan iborat tuzilishga ega. Umumiy holdagi BIning asosiy 
matnini jihozlash uchta bob (bo‘lim) dan iborat bo‘ladi: BIning asosiy matniga 
matn, grafiklar, jadvallar va boshqa illyustrativ materiallar kiradi. 
Birinchi bob odatda asosiy qismdagi qo‘lyozma matnning umumiy 
hajmidan 30% ni, ikkinchi bob – 45 % gacha qo‘lyozma hajmini, uchinchi bob –
BI qo‘l yozma hajmining 25% ni tashkil etadi. 
Birinchi bob BI mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning konseptual 
(metodologik) xarakterini belgilaydi. Ushbu bobda BI mavzusini ishlab chiqishda 
foydalaniladigan ilmiy metodologiya beriladi, shu bilan birgalikda masala tarixi, 
muammo bo‘yicha ilmiy metodlarning o‘rganilish darajasi, mos vatandoshlarimiz 
va chet el mualliflarining adabiyotlari tahlil etiladi. Birinchi bobda 
o‘rganilayatgan ob’ekt, hodisa yoki jarayonlarning asosiy tushunchalari va 
mohiyati yoritiladi, ta’rif, terminlar aniqlashtiriladi, muammoning qo‘yilishi 
amalga oshiriladi va mavzuni tanlashga asoslanadi, shu bilan birgalikda BIni 
bajarish uchun tadqiqot masalalari aniqlashtiriladi. Birinchi bob analizdan iborat 
bo’lib, ikkichi bobga o’tish uchun most tarzida ishlaydi. Sababi tahlildan kelib 
chiqgan holda dastur tanlab, tanlangan dastur yordamida BIning amaliy qismi 
bajariladi. 
Ikkinchi bob amaliy qism bo’lib, tanlangandastur yoritilib bobni boshlab 
olinadi. So’ng amaliy ish bajarilish ketma ketligini screenshotlar orqali
ko’rsatilib boriladi va shu tarzda tayyor bo’lgan mahsulot ya`ni ishni taqdim etib 
bobga yakun yasaladi. 
Uchinchi bob ikkinchi bobda kelib chiqgan holda, Hayot Faoliyati 
Xavfsizligi konsultatnti bilan birgalikda ishlab mavzuga oid xavfsizlik ko’riladi 
va shu asosida bob yoritiladi. Bu degani uchunchi bob HFX (Hayot Faoliyati 
Xavfsizligi)ga oid bob bo’ladi. 
BIning xulosasida birinchi, ikkinchi va uchinchi bobda olingan ilmiy 
natijalarning yakuni keltiriladi, ushbu umumiy natija BIning tanlangan mavzusida 
shakllantirilgan muoammani yechishni ta’minlaydi. Berilgan fan sohasidagi 
bilimlarda nazariy tadqiqotlarni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar 
beriladi va kasbi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashni takomillashtirish yoki axborot 
texnologiyalar va multimedia fanlaridan o‘quv-metodik ta’minotni rivojlantirish 
uchun ta’lim tizimidagi amaliyotda qo‘llash uchun tavsiyanomalar keltiriladi. 
Xulosa olingan ilmiy natijalarga mos ravishda bir nechta bandlar 
ko‘rsatilgan holda matnli shaklda jihozlanadi. 
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati xulosadan keyin keltiriladi va 
mualliflar alifbo tartibida yoki dastlabki manbaga murojaat etish tartibida 
jihozlanadi. Adabiyotlar ro‘yxati matn shaklida ko‘rsatilgan manbalar soni 
bo‘yicha jihozlanadi. 
Ilova BI qo‘lyozmasi broshyuro shaklida foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yxatidan 
so‘ng 
joylashtiriladi 
yoki 
o‘quv qo‘llanmalari, metodik 
tavsiyanomalar uchun alohida kitob ko‘rinishida tasvirlanadi. 


31 
BIning ilovasi amaliyot tajribaga zarur illyustrativ va lug‘atli materiallar
tadqiqot mavzusi,dasturlar, rejasi, hisoblash uchun berilgan material, statistik 
material, raqamli va grafikli materialni ajratish maqsadini qo‘yadi. 
Ilova tarkibiga quyidagilar kiradi: 

Oraliq isbotlar, formulalar va hisoblashlar; 

Yordamchi raqamli ma’lumotlar jadvali; 

Sinov va tekshirish bayonnoma va dalolatnomalar; 

Tajribada foydalaniladigan hisoblash texnikasi vositalari va dasturiy 
paketlarning ifodalanishi; 

Turli hujjatlarning to‘ldirilgan blankalari; 

Algoritmlarning yozilish metodikasi; 

BI natijalarini qo‘llash dalolatnomalari; 

Bilimlarni nazorat qilish testlari va boshqa hujjatlar; 

Metodik 
ko‘rsatmalar, 
tavsiyanomalar, 
qo‘llanma, 
darslik, 
monografiya, o‘quv kursi dasturlari. 
Barcha ilovalar matn, jadval, formula, raqamli material, dasturlar paketi, 
shakllantirilgan algoritmlar shaklida jihozlanadi. Ilova sonlar ketma-ketligida 
nomerlanadi (masalan, 1-Ilova «Material nomi », 2-Ilova «Material nomi» va 
hokazo). 
BIning asosiy, kirish va xulosa qismida murojaat mos ilovada raqamlangan 
holda ko‘rsatilishi lozim. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling