Степень бакалавра в соответствии с Государственным образовательным стандартом (гос), ориентирована на научно-исследовательский


 FOYDALANILGAN MANBALAR RO‘YXATINI TUZISH


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1599629
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
BMI ga metodik ko\'rsatma21 22

 
6. FOYDALANILGAN MANBALAR RO‘YXATINI TUZISH 
BI matnida mavjud murojatlarga ega foydalanilgan axborot manbalarini o‘z 
ichiga olgan adabiyotlar (kitoblar, darsliklar, broshyurolar, to‘plamlar, maqolalar 
va boshqalar), shu bilan birgalikda ilmiy ishlarni yozishda foydalaniladigan 
boshqa materiallar: “ta’lim” portali axborot resurslari va Internet tarmog‘ining 
boshqa tashkilotlarni qamrab oladi. Adabiyotlar ro‘yxati, normativ va boshqa 


35 
axborot manbalarini tuzishda arab raqamlari bilan nomerlash va alifbo tartibida 
joylashtirish yoki BI matnida foydalanilgan ketma-ketlikda joylashtirish lozim. 
Adbiyotlar manbalarini nomerlashda matnda manbaning eslatmasidan 
keyin kvadrat qavs qo‘yiladi, uning ichida BI ro‘yxatida keltirilgan berilgan 
manba nomeri ko‘rsatilgan holda arab raqami bilan yoziladi. 
Jurnalni yozishda matnda murojaatga ega manba sahifasi nomeri 
ko‘rsatiladi (3. 61-90 bet). 
Standartlar, metodik materiallar, ko‘rsatmalar va boshqa normativ hujjatlar 
yoki ularning bo‘limlariga murojaatda bo‘lim nomlari keltirilishi zarur. 
 
7. ILOVANI JIHOZLASH QOIDALARI 
Ilovalar BIni katta miqdordagi bir xil hujjatlardan ozod qilish maqsadida 
foydalaniladi, ularni alohida ilova ko‘rinishida jihozlash maqasadga muvofiqdir. 
Matn, grafiklar, formulalar va boshqa materiallar ko‘rinishidagi ilovalar mavzu 
yo‘nalishi bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. BI qo‘l yozma matnidan ilovaga BI 
matnida muraojaatga ega dastlabki hujjatlar, o‘quv dasturlari, yordamchi 
jadvallar, grafiklar chiqariladi. Ilovalar BI oxiriga joylashtiriladi va uning 
nomerlanishi ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. 
 
8. BI TAQDIMOTINI TAYORLASH TAMOYILLARI 
8.1. BI taqdimoti haqida umumiy Nizom 
Davlat attestatsiya komissiyasida (DAK) BI nutqiga multimediali 
gipermatnli murojaat shaklida jihozlangan illyustrativ material (matn, rasmlar, 
grafiklar, fotografiyalar) taqdimotni tashkil etadi. Taqdimot Power Point 
muharirida ishlab chiqiladi va elektron proeksion tizim yordamida namoyish 
etiladi. 
Taqdimotni ishlab chiqish uchun odatda 7-10 minutga mo‘ljallangan nutq 
tuziladi. 
Nutq mazmuni bo‘yicha taqdimot ssenariysi ishlab chiqiladi. Nutqning borishini 
nazorat qilish ssenariyining mavjudligi ixchamlashtirilgan matnli material va 
model, texnologiyalarning illyustrativ sxemalari, formulani chiqarish ketma-
ketligi, jadval, algoritmlar, gistogrammalar mazmunini ajratish imkoniyatini 
beradi. 
Ko‘rgazmali illyustartiv material elektron proyektor yordamida namoyish 
etiluvchi kompyuterli slaydlar shaklida jihozlanadi. 
BI mazmunidagi namoyish etiluvchi ko‘rgazmali materiallar slaydlar soni 
matnli va grafikli materiallarning 4-6 chegarasida bo‘lishi tavsiya etiladi. Har bir 
slayd 10-15 metrdan ko‘rinadigan masofaga mos yirik sarlavhada yozilishi lozim. 
BI taqdimotini ishlab chiqishdan avval bakalavr talabasi taqdimotni tashkil 
etish tamoyili, uning bajarilish ketma-ketligi, shu bilan birgalikda 
POWER 
POINT
tipidagi taqdimot dasturiy taminot paketi bilan tanishgan bo‘lishi lozim. 


36 
Ilmiy tadqiqot odatda maxsus adabiyot yoki o‘quv qo‘llanmasida 
keltiriladi. 
Nutqning illyustrativ material taqdimotini ishlab chiqishning asosiy 
texnologik jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 

Taqdimotni rejalashtirish (Maqsad va auditoriyani aniqlash, 
nutq mazmuni va bayon etish ketma-ketligi, taqdimot ssenariysini ishlab 
chiqish). 

Taqdimotni tayyorlash (Nutq matni, materialni uzatish ketma-
ketligi bilan ishlash, vuzual yordamchi vosita va illyustratsiyalarning asosiy 
ko‘rinishlarini ajratish, nutq matni boyicha vuzual yordamchi vosita va 
illyustratsiyalardan foydalanish tartibi, illyustratsiyalarning audio va video 
vositalari sifatiga talablar va ularni ta’minlash usullari). 

Taqdimot namoyishini mashq qilish (Taqdimotni o‘tkazish 
joyini tayyorlash, taqdimotni mashq qilish, maslahatchi tomonidan nutq 
sifati va illyustrativ material taqdimotini baholash). 
8.2. BI sifati va DAK da himoyani baholash bo‘yicha tavsiyalar 
Bakalavr va maslahatchi tomonidan imzolanib, tugallangan va mos ravishda 
jihozlangan BI ilmiy rahbarga beriladi. Ilmiy rahbar BI mazmuni va jihozlanish 
sifatini tekshirgandan so‘ng, titul varag‘ini imzolaydi va 1-2 varaq hajmdagi 
ilmiy xulosa bilan kafedra mudiriga topshiradi. Ilmiy xulosada mavzuning 
dolzarbligi, BI nazariy darajasi va amaliy ahamiyati, yangiligi, shu bilan 
birgalikga kamchiliklari ko‘rsatiladi. 
Kafedra mudiri ishni ko‘rib chiqadi va ilmiy rahbarning ilmiy xulosasi bilan 
tanishadi. BI sifati ijobiy baholangan holda kafedra mudiri BIni kafedra 
kengashida himoya qilish uchun o‘qituvchilarga kengash muddati va vaqtini 
belgilaydi va DAK da himoya qilish huquqini beruvchi masala muhokama etiladi. 
Bakalavr BI bo‘yicha ilmiy rahbarning xulosasi va kafedraning xulosasi 
bilan tanishgan bo‘lishi lozim, kafedra kengashida ilmiy rahbar, o‘qituvchilar, 
kafedra mudiri tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni e’tiborga olgan holda 
javobga tayyor bo‘lish zarur. Nutq tezisi va taqdimotning illyustrativ materialini 
ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda tashkil etish lozim. 
BIning himoyasi DAKda grafik asosidagi muddatda o‘tkaziladi va ochiq 
DAK kengashida olib boriladi. Oliy kasbiy ta’lim bo‘yicha DTSga mos BI 
himoya qilinish huquqiga ega.
BIning maqsadi – ma’lum muammo bo‘yicha bitiruvchining bilim 
darajasini aniqlash, BI mavzusi bo‘yicha masalalarni hal etishda bakalavrning 
kasbiy tayorgarlik darajasini aniqlovchi nazariy bilimlarni egallash va amaliy 
ko‘nikmalarni hosil qilish darajasi belgilshdan iborat. 
BIni himoya qilishda qisqa nutq (5-10 daqiqagacha)ni quyidagi mazmunda 
chiqishi lozim: 

Dolzarb mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar mazmuni 
haqida; 

Mavzu bo‘yicha muammoning holati haqida; 


37 

Tadqiqot ob’yekti va predmeti xarakteristikasi haqida; 

Nazari va tajribaviy tadqiqotlar natijalarining mazmunini qisqa 
bayon etish; 

Asosiy e’tiborni olingan ilmiy natijalar, ishlab chiqilgan 
takliflarga qaratish lozim;

Ish bo‘yicha xulosa yasash. 
Nutq tugagandan so‘ng, bakalavr DAK a’zolari va auditoriyada 
qatnashuvchilar savollariga aniq va hozirjavoblik bilan qisqa javob berishi lozim. 
Ilmiy rahbar xulosasi, bakalavr nutqi va uning BIni himoyalashda qo‘yilgan 
savollarga javoblari asosida DAK tomonidan bajarilgan ish sifati va kasbiy 
darajasi haqida umumiy baho qo‘yiladi. BI himoyasidan so‘ng BI raisi qarorni 
e’lon qiladi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling