Степень бакалавра в соответствии с Государственным образовательным стандартом (гос), ориентирована на научно-исследовательский


 BIDA ILLYUSTRATIV MATERIALNING GRAFIKLI TASVIRLANISHI


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1599629
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
BMI ga metodik ko\'rsatma21 22

4. BIDA ILLYUSTRATIV MATERIALNING GRAFIKLI TASVIRLANISHI 
Barcha illyustratsiyalar (fotografiyalar, sxemalar, grafiklar, diogrammalar, 
chizmalar va boshqalar) rasmlar bilan nomlanadi. Matnda ular mos nomer bilan 
“Rasm” so‘zi bilan tasvirlanadi. Rasmlarni nomerlash ketma-ket yoki bob 
bo‘yicha amalga oshiriladi. Bob bo‘yicha nomerlashda nuqta bilan ajratilgan 
ikkilik raqamdan foydalaniladi (masalan, 2.5.-rasm – ikkinchi bobning 5-rasmi). 
Rasmlar kompyuterda grafikli muharir yordamida bajariladi va qora yoki 
rangli pasta (rangli printerda) bilan tasvirlanadi.Yozuvlar rasmning quyi qismiga 
yoziladi.


34 
Grafikli tasvirlarda qaysidir jarayon ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan 
grafikdagi turli vaqt davrlarning davomiylik kattaligi yoki funktsiya grafigi 
argumentlarining o‘zgarish kattaligiga proporsional bo‘lishi lozim. Grafikdagi 
foizlar o‘ndan bir qismigacha aniqlikda belgilanadi. Milliondagi raqamlar, so‘m, 
tonna, kilometr, kubometr va boshqa ko‘rsatkichlar grafik shaklda masshtabda 
tasvirlanadi. 
Barcha jadvallar uning mazmunini tasvirlovchi nomga ega bo‘lishi lozim. 
O‘ng burchakda jadval nomining yuqori qismida bob va paragraf nomeri 
ko‘rsatilgan holda “2.3.-jadval” so‘zi yoziladi. Jadval nomi qisqa va tushunarli 
yozilishi va qisqartma so‘zlardan foydalanilmaydi. Jadval grafasida o‘lchov 
birliklari mavjud bo‘lsa, albatta, ko‘rsatilishi lozim. 
Jadvalning yoni va boshi katta harflar, sarlavha qismi kichik harflar bilan 
to‘ldiriladi. 
5. MATEMATIK FORMULALARNI YOZISH VA TUSHUNTIRISH 
BI qo‘l yozmasida mavjud barcha formula va ifodalar izohlanishi lozim. 
Formulalar kompyuterda matn va grafikli material bilan birgalikda ma’lumotlar 
bazasida mavjud belgilardan foydalanib yoziladi. 
Agar formulalar adabiyotlardan olingan bo‘lsa, formulaga kiruchi belgilar 
mohiyati yoritilgan holda manbaga murojaat etiladi. Original formulalar BI 
matnida uni asoslash davomida to‘liq tushuntiriladi. Bunda barcha oraliq 
natijalarni keltirish shart emas, balki formulani chiqarishning asosiy bosqichlari 
va yakuniy natijani ko‘rsatish, kifoya. Oraliq natijalarni BIning ilovasiga 
joylashtirish mumkin. 
Kattalik belgisi matnda birinchi uchraganda tushuntiriladi. 
Xulosaviy formulaga kiruvchi barcha belgilarni tushuntirish maqsadga 
muvofiqdir. 
Barcha matematik va mantiqiy ifodalar, shu bilan birgalikda matematik va 
mantiqiy amallar matnda qora rangli shriftda teriladi. Formulalar bob bo‘yicha 
nuqta bilan ajratilgan ikkilik nomer yoki barcha ish bo‘yicha ketma-ket nomer 
bilan belgilanadi. 
Formulani yozishda indekslar va daraja ko‘rsatkichlarni aniq ajratish, kasr 
qismining uzunligi va joylashishiga e’tiborni qaratish lozim. Matnda formula 
nomeri, formula tugagandan keyin undan 5 ta belgi bilan ajratilib o‘ng tomondan 
ko‘rsatiladi. Formula nomeri qavs ichida yoziladi. Masalan, … (2.1), ikkinchi 
bobning 1-formulasi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling