Степень бакалавра в соответствии с Государственным образовательным стандартом (гос), ориентирована на научно-исследовательский
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
BMI ga metodik ko\'rsatma21 22
BIning asosiy matni.
BI odatda 3 bob dan iborat tuzilishga ega. Umumiy holdagi BIning asosiy matnini jihozlash uchta bob (bo‘lim) dan iborat bo‘ladi: BIning asosiy matniga matn, grafiklar, jadvallar va boshqa illyustrativ materiallar kiradi. Birinchi bob odatda asosiy qismdagi qo‘lyozma matnning umumiy hajmidan 30% ni, ikkinchi bob – 45 % gacha qo‘lyozma hajmini, uchinchi bob – BI qo‘l yozma hajmining 25% ni tashkil etadi. Birinchi bob BI mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning konseptual (metodologik) xarakterini belgilaydi. Ushbu bobda BI mavzusini ishlab chiqishda foydalaniladigan ilmiy metodologiya beriladi, shu bilan birgalikda masala tarixi, muammo bo‘yicha ilmiy metodlarning o‘rganilish darajasi, mos vatandoshlarimiz va chet el mualliflarining adabiyotlari tahlil etiladi. Birinchi bobda o‘rganilayatgan ob’ekt, hodisa yoki jarayonlarning asosiy tushunchalari va mohiyati yoritiladi, ta’rif, terminlar aniqlashtiriladi, muammoning qo‘yilishi amalga oshiriladi va mavzuni tanlashga asoslanadi, shu bilan birgalikda BIni bajarish uchun tadqiqot masalalari aniqlashtiriladi. Birinchi bob analizdan iborat bo’lib, ikkichi bobga o’tish uchun most tarzida ishlaydi. Sababi tahlildan kelib chiqgan holda dastur tanlab, tanlangan dastur yordamida BIning amaliy qismi bajariladi. Ikkinchi bob amaliy qism bo’lib, tanlangandastur yoritilib bobni boshlab olinadi. So’ng amaliy ish bajarilish ketma ketligini screenshotlar orqali ko’rsatilib boriladi va shu tarzda tayyor bo’lgan mahsulot ya`ni ishni taqdim etib bobga yakun yasaladi. Uchinchi bob ikkinchi bobda kelib chiqgan holda, Hayot Faoliyati Xavfsizligi konsultatnti bilan birgalikda ishlab mavzuga oid xavfsizlik ko’riladi va shu asosida bob yoritiladi. Bu degani uchunchi bob HFX (Hayot Faoliyati Xavfsizligi)ga oid bob bo’ladi. BIning xulosasida birinchi, ikkinchi va uchinchi bobda olingan ilmiy natijalarning yakuni keltiriladi, ushbu umumiy natija BIning tanlangan mavzusida shakllantirilgan muoammani yechishni ta’minlaydi. Berilgan fan sohasidagi bilimlarda nazariy tadqiqotlarni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar beriladi va kasbi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashni takomillashtirish yoki axborot texnologiyalar va multimedia fanlaridan o‘quv-metodik ta’minotni rivojlantirish uchun ta’lim tizimidagi amaliyotda qo‘llash uchun tavsiyanomalar keltiriladi. Xulosa olingan ilmiy natijalarga mos ravishda bir nechta bandlar ko‘rsatilgan holda matnli shaklda jihozlanadi. Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati xulosadan keyin keltiriladi va mualliflar alifbo tartibida yoki dastlabki manbaga murojaat etish tartibida jihozlanadi. Adabiyotlar ro‘yxati matn shaklida ko‘rsatilgan manbalar soni bo‘yicha jihozlanadi. Ilova BI qo‘lyozmasi broshyuro shaklida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan so‘ng joylashtiriladi yoki o‘quv qo‘llanmalari, metodik tavsiyanomalar uchun alohida kitob ko‘rinishida tasvirlanadi. 31 BIning ilovasi amaliyot tajribaga zarur illyustrativ va lug‘atli materiallar, tadqiqot mavzusi,dasturlar, rejasi, hisoblash uchun berilgan material, statistik material, raqamli va grafikli materialni ajratish maqsadini qo‘yadi. Ilova tarkibiga quyidagilar kiradi: Oraliq isbotlar, formulalar va hisoblashlar; Yordamchi raqamli ma’lumotlar jadvali; Sinov va tekshirish bayonnoma va dalolatnomalar; Tajribada foydalaniladigan hisoblash texnikasi vositalari va dasturiy paketlarning ifodalanishi; Turli hujjatlarning to‘ldirilgan blankalari; Algoritmlarning yozilish metodikasi; BI natijalarini qo‘llash dalolatnomalari; Bilimlarni nazorat qilish testlari va boshqa hujjatlar; Metodik ko‘rsatmalar, tavsiyanomalar, qo‘llanma, darslik, monografiya, o‘quv kursi dasturlari. Barcha ilovalar matn, jadval, formula, raqamli material, dasturlar paketi, shakllantirilgan algoritmlar shaklida jihozlanadi. Ilova sonlar ketma-ketligida nomerlanadi (masalan, 1-Ilova «Material nomi », 2-Ilova «Material nomi» va hokazo). BIning asosiy, kirish va xulosa qismida murojaat mos ilovada raqamlangan holda ko‘rsatilishi lozim. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling