Степень бакалавра в соответствии с Государственным образовательным стандартом (гос), ориентирована на научно-исследовательский
FOYDALANILGAN MANBALAR RO‘YXATINI TUZISH
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
BMI ga metodik ko\'rsatma21 22
6. FOYDALANILGAN MANBALAR RO‘YXATINI TUZISH BI matnida mavjud murojatlarga ega foydalanilgan axborot manbalarini o‘z ichiga olgan adabiyotlar (kitoblar, darsliklar, broshyurolar, to‘plamlar, maqolalar va boshqalar), shu bilan birgalikda ilmiy ishlarni yozishda foydalaniladigan boshqa materiallar: “ta’lim” portali axborot resurslari va Internet tarmog‘ining boshqa tashkilotlarni qamrab oladi. Adabiyotlar ro‘yxati, normativ va boshqa 35 axborot manbalarini tuzishda arab raqamlari bilan nomerlash va alifbo tartibida joylashtirish yoki BI matnida foydalanilgan ketma-ketlikda joylashtirish lozim. Adbiyotlar manbalarini nomerlashda matnda manbaning eslatmasidan keyin kvadrat qavs qo‘yiladi, uning ichida BI ro‘yxatida keltirilgan berilgan manba nomeri ko‘rsatilgan holda arab raqami bilan yoziladi. Jurnalni yozishda matnda murojaatga ega manba sahifasi nomeri ko‘rsatiladi (3. 61-90 bet). Standartlar, metodik materiallar, ko‘rsatmalar va boshqa normativ hujjatlar yoki ularning bo‘limlariga murojaatda bo‘lim nomlari keltirilishi zarur. 7. ILOVANI JIHOZLASH QOIDALARI Ilovalar BIni katta miqdordagi bir xil hujjatlardan ozod qilish maqsadida foydalaniladi, ularni alohida ilova ko‘rinishida jihozlash maqasadga muvofiqdir. Matn, grafiklar, formulalar va boshqa materiallar ko‘rinishidagi ilovalar mavzu yo‘nalishi bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. BI qo‘l yozma matnidan ilovaga BI matnida muraojaatga ega dastlabki hujjatlar, o‘quv dasturlari, yordamchi jadvallar, grafiklar chiqariladi. Ilovalar BI oxiriga joylashtiriladi va uning nomerlanishi ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. 8. BI TAQDIMOTINI TAYORLASH TAMOYILLARI 8.1. BI taqdimoti haqida umumiy Nizom Davlat attestatsiya komissiyasida (DAK) BI nutqiga multimediali gipermatnli murojaat shaklida jihozlangan illyustrativ material (matn, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar) taqdimotni tashkil etadi. Taqdimot Power Point muharirida ishlab chiqiladi va elektron proeksion tizim yordamida namoyish etiladi. Taqdimotni ishlab chiqish uchun odatda 7-10 minutga mo‘ljallangan nutq tuziladi. Nutq mazmuni bo‘yicha taqdimot ssenariysi ishlab chiqiladi. Nutqning borishini nazorat qilish ssenariyining mavjudligi ixchamlashtirilgan matnli material va model, texnologiyalarning illyustrativ sxemalari, formulani chiqarish ketma- ketligi, jadval, algoritmlar, gistogrammalar mazmunini ajratish imkoniyatini beradi. Ko‘rgazmali illyustartiv material elektron proyektor yordamida namoyish etiluvchi kompyuterli slaydlar shaklida jihozlanadi. BI mazmunidagi namoyish etiluvchi ko‘rgazmali materiallar slaydlar soni matnli va grafikli materiallarning 4-6 chegarasida bo‘lishi tavsiya etiladi. Har bir slayd 10-15 metrdan ko‘rinadigan masofaga mos yirik sarlavhada yozilishi lozim. BI taqdimotini ishlab chiqishdan avval bakalavr talabasi taqdimotni tashkil etish tamoyili, uning bajarilish ketma-ketligi, shu bilan birgalikda POWER POINT tipidagi taqdimot dasturiy taminot paketi bilan tanishgan bo‘lishi lozim. 36 Ilmiy tadqiqot odatda maxsus adabiyot yoki o‘quv qo‘llanmasida keltiriladi. Nutqning illyustrativ material taqdimotini ishlab chiqishning asosiy texnologik jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: Taqdimotni rejalashtirish (Maqsad va auditoriyani aniqlash, nutq mazmuni va bayon etish ketma-ketligi, taqdimot ssenariysini ishlab chiqish). Taqdimotni tayyorlash (Nutq matni, materialni uzatish ketma- ketligi bilan ishlash, vuzual yordamchi vosita va illyustratsiyalarning asosiy ko‘rinishlarini ajratish, nutq matni boyicha vuzual yordamchi vosita va illyustratsiyalardan foydalanish tartibi, illyustratsiyalarning audio va video vositalari sifatiga talablar va ularni ta’minlash usullari). Taqdimot namoyishini mashq qilish (Taqdimotni o‘tkazish joyini tayyorlash, taqdimotni mashq qilish, maslahatchi tomonidan nutq sifati va illyustrativ material taqdimotini baholash). 8.2. BI sifati va DAK da himoyani baholash bo‘yicha tavsiyalar Bakalavr va maslahatchi tomonidan imzolanib, tugallangan va mos ravishda jihozlangan BI ilmiy rahbarga beriladi. Ilmiy rahbar BI mazmuni va jihozlanish sifatini tekshirgandan so‘ng, titul varag‘ini imzolaydi va 1-2 varaq hajmdagi ilmiy xulosa bilan kafedra mudiriga topshiradi. Ilmiy xulosada mavzuning dolzarbligi, BI nazariy darajasi va amaliy ahamiyati, yangiligi, shu bilan birgalikga kamchiliklari ko‘rsatiladi. Kafedra mudiri ishni ko‘rib chiqadi va ilmiy rahbarning ilmiy xulosasi bilan tanishadi. BI sifati ijobiy baholangan holda kafedra mudiri BIni kafedra kengashida himoya qilish uchun o‘qituvchilarga kengash muddati va vaqtini belgilaydi va DAK da himoya qilish huquqini beruvchi masala muhokama etiladi. Bakalavr BI bo‘yicha ilmiy rahbarning xulosasi va kafedraning xulosasi bilan tanishgan bo‘lishi lozim, kafedra kengashida ilmiy rahbar, o‘qituvchilar, kafedra mudiri tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni e’tiborga olgan holda javobga tayyor bo‘lish zarur. Nutq tezisi va taqdimotning illyustrativ materialini ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda tashkil etish lozim. BIning himoyasi DAKda grafik asosidagi muddatda o‘tkaziladi va ochiq DAK kengashida olib boriladi. Oliy kasbiy ta’lim bo‘yicha DTSga mos BI himoya qilinish huquqiga ega. BIning maqsadi – ma’lum muammo bo‘yicha bitiruvchining bilim darajasini aniqlash, BI mavzusi bo‘yicha masalalarni hal etishda bakalavrning kasbiy tayorgarlik darajasini aniqlovchi nazariy bilimlarni egallash va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish darajasi belgilshdan iborat. BIni himoya qilishda qisqa nutq (5-10 daqiqagacha)ni quyidagi mazmunda chiqishi lozim: Dolzarb mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar mazmuni haqida; Mavzu bo‘yicha muammoning holati haqida; 37 Tadqiqot ob’yekti va predmeti xarakteristikasi haqida; Nazari va tajribaviy tadqiqotlar natijalarining mazmunini qisqa bayon etish; Asosiy e’tiborni olingan ilmiy natijalar, ishlab chiqilgan takliflarga qaratish lozim; Ish bo‘yicha xulosa yasash. Nutq tugagandan so‘ng, bakalavr DAK a’zolari va auditoriyada qatnashuvchilar savollariga aniq va hozirjavoblik bilan qisqa javob berishi lozim. Ilmiy rahbar xulosasi, bakalavr nutqi va uning BIni himoyalashda qo‘yilgan savollarga javoblari asosida DAK tomonidan bajarilgan ish sifati va kasbiy darajasi haqida umumiy baho qo‘yiladi. BI himoyasidan so‘ng BI raisi qarorni e’lon qiladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling