Stomatologik asbob va ashyolar


Gibrid kompozitsion plomba ashyolari


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/57
Sana06.10.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1693568
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Bog'liq
Stomаtologik asbob va ashyolar-Komilov H-P- 2005 y-

Gibrid kompozitsion plomba ashyolari. M ikroto'ldirilgan kompozit 
plomba ashyolari yuqori kosmetik samaraga ega bo‘lsa-da, yon tishlar va 
kesuv tishlarining kesuv qirralariga tushadigan chaynov bosimini ко Чага 
olmaydi. Shu hisobga olinib, m ikroto‘ldirilgan kompozit ashyolar tarkibiga 
anorganik to ‘ldirgichning katta hajmiga zarrachalarni kiritish yo‘li bilan 
gibrid plomba ashyosi olindi. Birlamchi gibrid plomba ashyolaridan mik- 
rozarrachalar kattaligi 1 mk va makrozarrachalar hajmi 8-10 mkm ni tashkil 
etadigan - makrogibrid ashyolar ixtiro qilindi. Bunday plomba ashyolari 
g ‘adir-budur yuzaga, rangining o ‘zgaruvchanligi va antagonist tishlarning 
yedirilishi bilan makrofil kompozit ashyolarga yaqinlashib qoldi. Anorganik 
to'ldirgichli mikro va minizarrachalarning (1-2 mkm) o ‘zaro qo‘shilishi si­
fatida yaratilgan mikrogibrid plomba ashyosi kompozit ashyolarning barcha 
talablariga javob berdi.
Bu plomba ashyolari tarkibiga: “Prisma TPH” (“Dentsply”) “Z-100”, 
“P-50” (“3 M”), “Prodigy” (“Kerr”), “Tetric” (“Vivadent”), “Degufil Vetra” 
(“Degussa”), “Bril-liant” (“Coltene”), “Charisma” (“Heracus Kulzer”) va 
boshqalami kiritish mumkin. Mikrogibridlar 75-80 foizgacha kuchli toidirilgan 
ashyo b o ‘lib hisoblanadi. Fizikaviy xususiyatlari bo‘yicha ular yuqori tiniq- 
likka, ranggi jihatidan turg‘un, q o ‘llanishda universalligi, rentgenkontrastli- 
gi, ishlatilishda oddiyligi, yuqori yopishqoqligi va turg‘unligi bilan boshqa 
plomba ashyolaridan farqlanadi. Kompozit ashyolar qotish bo‘yicha qismga 
b o ‘linadi: kimyoviy va nur yordamida qotuvchi. Q o‘llanilishi: anterioritlar- 
oldingi tishlar uchun, posterioritlar-jag' tishlar uchun, universial-hamma 
tishlar uchun. Intakt tishlar fissuralari uchun stomotologik germetiklar-si- 
lantlar qo‘llaniladi.
Kompozitsion plomba ashyosining kimyoviy tarkibi va xususiyatlari.
Zamonaviy kompozit ashyolari organik asosdan va toMdirgichdan tarkib 
topgan. Bundan tashqari polimerlash jarayonini boshqarish uchun kompozit 
ashyolar tarkibida inisiatorlar, polimerizatsiyaning aktivatori va ingibitor- 
lan, stabilizatorlar, b o ‘yoqlar va pigmentlar mavjuddir.
KA (kompozit ashyo) ning 30-45 foizi organik asosini murakkab tarkib- 
li di-, tri- va aromatik polimetakril efirlar va alifatik glikollar tashkil etadi. 
Hozirgi davrda ham KA ning dominant bog‘lovchi komponenti bo‘lib (aso­
siy massaning 70 foizigacha) addukt Bis - GMA hisoblanadi:
О 
С
II 
II

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling