Stomatologiya propedevtikasi
Download 7.85 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tishlarning gistologik tuzilishi
- 43-rasm. Emalning tuzilishi
Emal (enamelum). Emal tishning toj qismini qoplab turadi.
Emalning qalinligi tishning hamma yerida bir xil emas. Tishning bo‘yin sohasida emalning qalinligi 0, 01 mm, chaynov yuzasida 1,62-3,5 mm. Emalning qattiqligi asosan mineral tuzlarga boyligi bilan vakristallamingjoylashishi bilan ta’minlanadi. Qattiqlikjihatidan Tishlarning gistologik tuzilishi Tish qattiq va yumshoq qismlardan tuzilgan b o iib , qattiq to‘qimalariga emal, dentin va sement kirsa, yumshoq to‘qimalariga pulpa va periodont kiradi. emal kvars va appatit o ‘rtasida turadi. Emalda mineralli tuzlar miqdori 96% ni tashkil qiladi. Anorganik moddalaming ko‘p qismini kalsiy karbonat va kalsiy fosfat tuzlari tashkil qiladi. Kalsiy ftor birikmasi 4% ni tashkil qiladi. Organik moddalarga mukoproteid va oqsillar kirib, ular 3,5% ni tashkil qiladi. Emalning yuzasi yupqa strukturasiz b o ig an organik qobiq - kutikula (nasmit parda) bilan qoplangan b o iib , keyinchalik yo‘qolib ketadi va faqat tishning toj qismining kontakt yuzalarida saqlanib qoladi. Bu parda tishning bo‘yin qismida milk epiteliysi bilan tutashib ketadi va epitelial birikma deb nomlanadi. Emalning asosiy strukturali elementi emal prizmalari hisoblanadi. Emal prizmalari dentin - emal birikmasidan boshlanib, 43-rasm. Emalning tuzilishi: 1- emal prizmasi;2 - emal prizmasi membranasi S simon buraladi, keyinchalik radial yo ‘nalib tishning toj qismida tugaydi. Emalning yo‘g‘onligi 3-6 mkm, bo‘yi esa buralmalar hosil qilgani sababli butun emalning qalinligidan oshadi. Emal prizmalari cho'ziq b o iib , 5-6 qirralik tuzilmadir. Ushbu prizmalarning 10-20 tasi radial joylashgan emal tutamlarini hosil qiladi. Har bir emal prizmalar orasida kamroq ohaklangan, yelimlovchi organik ipsimon to‘r joylashadi. Ushbu to ‘r oralig‘ida esa mineral tuzlar kristallari joylashadi. Elektron mikroskopik kuzatishlarga qaraganda emal prizmalari ko‘ndalang kesimda arkadasimon shaklga egadir, ya’ni ular «qulf teshigi»ni eslatadi. Uning uzunchoq dum qismi pastroqda joylashgan pri 2 malarining yo‘g‘on qismlari orasidajoylashgan. Emal prizm alari va prizm alar oraliqlari q at’iy tartibda y o ‘nalgan gidroksiappatit kristallaridan tashkil topgan, ulaming uzunligi 50- 100 nm ni tashkil qiladi. Emal prizmalarining markaziy qismlardagi kristallar prizmaning b o‘ylami o ‘qiga parallel joylashadi, prizma qirg‘og‘ida esa 45-50° burchak ostida b oiadi. Emal prizmalarining yo‘nalishi murakkab b o iib , bo ‘ylama kesimda emalning to‘q va och rangdagi dentin - emal birikmasiga parallel y o ila r kuzatiladi. Ushbu y o ila r Shreger y o ila ri deb ataladi. Emalning ko‘ndalang kesimidagi ingichka qiyshiq chiziqlar esa Retsius chiziqlari deb ataladi. Bu chiziqlar ohaklanish davri bilan bogiangan, uning kengayishi emal hosil bo‘hshidabujarayonning o‘ta sekin borishidan dalolat beradi. Emal tarkibida kristallik suv (1 % ni tashkil qiladi) kristallaming ichki gidrat qobig‘ini yaratadi va o ‘z ichida organik va anorganik moddalami saqlab, «emal limfa»sini hosil qiladi. Emalning organik qismida aminokislotalardan - gistidin, arginin, glitsin, lizin, sistin, nordon mukopolisaharidlar, lipidlar va ishqoriy fosfotazalar mavjud. Download 7.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling