Stomatologiya propedevtikasi
Download 7.85 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 44-rasm. Dentin tuzilishi: 1
Dentin (dentinum). Dentin tishning asosiy qismini tashkil qiladi.
Dentinda 28% organik va 72% anorganik moddalar bor. Dentinning asosini kollagen tolalar tashkil qiladi, tashqi qavatlarda tolalar yo‘nalishi radial ichki pulpaga yaqin qavatlarda - tangensial y o‘nalishda b o iad i. Tolalar orasida yelimsimon am orf modda joylashgan. Tashqariga radial yo‘nalgan yopqich dentin deyilsa, ichkariga yo‘nalgani pulpaga yo‘nalgan dentin yoki pulpa oldi dentin deb ataladi. Pulpa oldi dentini kam ohaklangan b o iib , dentinning o ‘sish qismi predentin nomi bilan ataladi. Dentin qo‘pol, dag‘al suyak to‘qimani eslatadi. Dentin asosiy modda va unda joylashgan dentin naychalardan iborat. Ulaming diametri 1-5 mkm b o iib , 1 mm2 dagi soni 15000-75000 dan ortiq naychalardan iborat. Dentin n a y c h a la rid a n o d o n to b la s tla rn in g o ‘sim ta la ri o ‘tad i. Odontoblastlaming tanasi esa pulpada joylashgan. Dentin nayehalari pulpadan boshlanib, nurga o ‘xshab tarqaladi va dentinning tashqi yuzasida,tugaydi. Dentin nayehalari tishning ildiz qismida yon tarmoqlar (44-rasm) beradi, bunday tarmoqlar tishning toj qismida kam uchraydi. Faqat dentinning emal bilan tutashgan yerida n ay ch alar yana m ayda shoxlarga b o ‘linadi. Sem ent bilan chegaradosh yerida naychalar tarmoqlarga bo ‘ linadi va bir-biri bilan tutashib ketadi. B a’zi naychalar sement va emal moddasiga kiradi va kolbasimon pufakcha shaklida tugaydi. Bunday holatni, ayniqsa, tishning chaynov yuzasida kuzatish mumkin. Naychalar tizimi dentinning oziqlanishini ta’minlaydi. Dentin naychalarining ichki pardasi argirofil tolalardan tuzilgan, ularning atrofida mineral moddalar yig‘iladi, tolalaming yo‘nalishi bo‘yicha dentinda 3 ta qism mavjud: 44-rasm. Dentin tuzilishi: 1 - dentinning asosiy moddasi; 2 - odontoblastlarning dentin о ‘simtasi;3- dentin о ‘simtasining shoxlanishi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling