Stomatologiya propedevtikasi


Terapevtik stomatologiya b o iim in i tashkil etish


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Terapevtik stomatologiya b o iim in i tashkil etish
Terapevtik stomatologiya boiimlarida tish qattiq to‘qimasi, pulpa, 
periodont, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklariga davolash- 
profilaktik chora-tadbirlari oikaziladi.
Bemorlami takomillashgan moslama va qurilmalarda qabul 
qilish, ularga terapevtik yordam koisatish uchun xonalar bir qator 
talablarga javob berishi lozim.
B oiim ning asosiy xonasi davolash xonasi b o iib , bir ish joyi 
uchun 14m2 joy, har bir q o ‘shim cha kreslo uchun 7m2 joy, 
q o ‘shimcha har bir stom atologik m oslama uchun 10 m2 jo y 
ajratilishi lozim. Xonaning balandligi 3,3m, chuqurligi 6m dan 
kam boim asligi, shamollatish tizimi (tabiiy va majburiy) tashkil 
etilgan b o iish i lozim. Bu davolash jarayonlarida havoga ajralib 
chiqayotgan stom atologik ashyo zarrachalarini, davolovchi 
vositalarining hidlarini bartaraf etadi. Ayniqsa, amalgamalar bilan 
ishlaganda, ulami noto‘g‘ri tayyorlash va saqlash paytida ajraladigan 
qoldiq simob inson organizmiga salbiy ta’sir koisatadi. Xonadagi 
havoning simob b u g iari bilan ifloslanishi, tufdonga amalgama 
qoldiqlarini tashlash orqali yuzaga keladi. Shuning uchun xonalami 
tashkil etishda, havoga simob bugiarining tushish imkoniyatini 
bartaraf etish, tibbiy ishlov berish imkoniyatining chora-tadbirlarini 
hisobga olish lozim.
Xonaning devor va shiftida yoriqlar boim asligi va ular y o g ii 
moy yoki nitroemal bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan boiishi kerak. Devor


va shiftlar och rangda b o ‘yaladi. K o ‘pincha, sim ob zarralari 
y o riq la rd a , p o ln in g g ‘a d ir-b u d u rlik la rid a , p lin tu s o stid a 
to ‘planadi. Shuning uchun xonalardagi polning tuzilishiga katta 
aham iyat beriladi. Pol ustidagi linoleum devor sathiga yerdan
10 sm balandlikka k o ia rilg a n b o iis h i lozim. U polga maxsus 
k le y b ila n y o p i s h t i r i l a d i . L in o le u m p a r c h a la r in i n g
birlashm alari, turli kom m unikatsiyalarning chiqish jo y lari 
sh p a k lo v k a b ila n ish lo v b e rilg a n va n itr o b o ‘yo q b ila n
b o ‘yalgan b o iis h i lozim. Bu barcha ch o ra-tad birlar kichik 
tibbiy xodim ning ishdan avval va ishdan so ‘ng xonani tibbiy 
tozalashda qulay sharoit yaratadi.
Stomatologik xonaga, qurilma va moslamalarga toza tibbiy ishlov 
berilganligini stomatologik hamshiranazorat qiladi.
Amalgamalami tayyorlash va saqlash uchun xonalarga maxsus 
sug‘urma shkaflar qo‘y iladi. Bunda xonadagi majburiy ventilatsiya 
1 m/s ni tashkil etishi lozim.
Har bir xonada sovuq va issiq suv bilan ta’minlangan ikkitadan 
q o i yuvgich moslama o‘matiladi. Bittasida vrach va tibbiy hamshira 
q o i yuvadi, ikkinchisi asboblami yuvish uchun moijallangan boiadi.
Stomatologik qurilmalarning m e’yorda ishlashi uchun ular 
issiq va sovuq suv uzatgichlari, kanalizatsiya va gaz (ular 
b o im a g a n d a elektr isitish m oslam alari) bilan ta ’m inlangan 
b oiishi lozim.
Stomatologik xonalar markaziy suv isitish tarmoqlariga ulangan 
boiadi. Isitish asboblarining yuzasidagi harorat 80°C dan oshmasligi 
lozim. Isitish asboblari devoriy panel yoki silliq p o ia t trubalardan 
iborat b o iib , ular o ‘zaro kavsharlangan, tozalash v,a sanitar 
ishlovlarga qulay boiishi lozim. Bunday inshootlar ust tarafdan taxta 
yoki panel t o i bilan berkitilgan holda b o iish i lozim. Amalgama 
tayyorlanadigan xonalarda xona h arorati 18°C dan yuqori 
boimasligi kerak. Boshqa xonalarda qish kunlari xona harorati 20°C 
boiishi, xonadagi havoning nisbiy namligi 50-60%, havo oqimining 
harakati 0,15m|s ni tashkil etishi kerak.
Terapevtik stomatologiya xonasini tashkil etishdagi muhim 
masalalardan bin xonani yorugiik bilan to‘g‘ri ta’minlashdir.


Xonadagi yorug‘lik tibbiy xodimlaming ko‘z analizatoriga salbiy 
ta ’sir k o isa tm a slig i, ranglam i to ‘g ‘ri va tekis ajrata olishni 
ta’minlashi lozim.
Shuning uchun tabiiy va sun’iy yorugiikdan ratsional foydalanish 
lozim. Oyna maydonining yuzasi polning yuzasiga nisbatan 1:4-1:5 
ni tashkil etishi, xonaning oynalari shimolga qarab turgan bo‘lishi 
lozim.
Sun’iy yorugiik umumiy va mahalliy turlarga bo‘ linadi. Umumiy 
yorug‘likmanbalari (luminessent lampalar, cho‘girli lampalar) ishchi 
yuzani 150 lk darajasida yorugiik bilan ta’minlashi lozim. Mahalliy 
y o rug iik manbai sifatida maxsus reflektorlardan, tibbiy hamshira 
ish stoli uchun qo‘shimcha chiroqlardan foydalaniladi. Cho‘girli 
lampalami luminessent lampalar bilan birga q oilab boim aydi, ular 
turli spektrda nur taratadi.
Har bir terapevtik xona maxsus mebel bilan jihozlanadi. Tibbiy 
dori-vositalar va plomba ashyolarini saqlash uchun oynali javon 
boiishi lozim. Zaharli dori-vositalar «А» markeri ostida metall yoki 
yog‘ochli javonda qulf ostida saqlansa, kuchli ta’sir etuvchi dori 
vositalar «В» markeri ostida javonda saqlanadi.
Asboblar, stom atologik qurilma va anjomlarga q o‘shimcha 
q ism larn i sa q la sh uch un a lo h id a ja v o n a jra tila d i. S teril 
stom atologik asboblar uchun m axsus steril tib b iy stolcha 
ajratiladi. Ikkinchi steril tibbiy stolikda m ayda stom atologik 
asboblar, dori-vositalar majmuasi, stom atologik oyna solingan 
dezinfeksiyalovchi eritmali idishlar (lotok), plastmass shpatel 
va boshqa asboblar turadi.
Xonada tibbiy hujjatlami toidirish uchun stol, bemorlaming dam 
olishi uchun kushetka b o iish i kerak.
Markaziy sterilizatsiya yo‘q b oig an poliklinika va stomatologik 
boiimlarda sterilizatorlardan foydalaniladi (quruq issiq bilan ishlovchi 
va qaynatish y o ii bilan).
Xonadagi jihozlar suv manbaidan uzoqda joylashgan boiishi va 
bemorlar harakatiga xalaqit bermasligi lozim.
Jihozlanish bo‘yicha stomatologiya boshqa tibbiy sohalardan 
k o ia yuqori o‘rinni egallaydi. Aholiga sifatli stomatologik yordam


ko‘rsatish uchun hozirda murakkab va qimmatbaho jihozlar talab 
etiladi.
Hozirda tibbiyot sanoatlari 1000 ga yaqin qurilma, asbob-anjom 
va stomatologik ashyolar ishlab chiqarmoqda.
Davolash muassasasining rahbari va vrachlari ishlash prinsipi 
bo‘yicha turlicha boigan, ko‘p funksiyali va zamonaviy quriimalar 
uchun qulay sharoit yaratish lozimligini bilishlari kerak.
Xonalar bir yoki bir guruh vrachlarga, bemorlami aralash yoki 
bir mutaxassislik asosida qabul qilishga m oijallangan b oiishi 
kerak.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling