Stomatologiya propedevtikasi


Terapevtik stomatologiyada aseptika va antiseptika


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Terapevtik stomatologiyada aseptika va antiseptika
Stomatologik qabulda infeksiya tarqalishining oldini olish y o ii -
bu aseptika va dezinfeksiyadir.
A sep tik a - d a v o la sh va ta s h x is la s h ja ra y o n id a
mikrotanachalaming yaraga, to ‘qimaga yoki tana bo‘shlig‘iga 
kirishining oldini olish chora-tadbirlar majmuasidir.
Antiseptika - bakterial va infitsirlangan yaralami davolash, 
y irin g li, anaerob va ch iritu v ch i ja ra y o n la rn i ch aq iru v ch i 
qo‘zg‘atuvchilar tushgan yara va to‘qimalami davolash usuli.
Dezinfeksiya - infeksion kasalliklar tarqatuvchilarni tashqi 
m u h itd a y o ‘qo tish (b a k te riy a , v iru sla r, rik k e tsiy a la r, 
zam burugiar).


Stomatologik qabulda aseptika, antiseptika va dezinfeksiya 
qonun-qoidalariga rioya qilish shak-shubhasizdir. Bu bir necha 
sabablarga bog‘liq.
Birinchidan, stomatologik klinika о ‘zining maxsus xususiyatlariga 
b o g iiq holda tibbiyot xodimlari va bemorlarning bakterial, virusli 
va zam burugii kasalliklar bilan zararlanish o ‘chog‘i hisoblanadi.
Ikkinchidan, dunyo bo‘yicha insonlar orasida OITSning tarqalishi 
tibbiyot xodimlari va bemorlarning bu virus bilan zararlanish xavfrni 
yanadaoshiradi.
Uchinehidan, bu bir qancha stomatologlaming umumiy va tibbiy 
m adaniyatining pastligi, qabul paytida sanitar-gigiyenik va 
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlami hisobga olmasligidir.
Stomatologik qabulda bir vaqtning o'zida infeksiyalanish subyekti 
va obyekti bir tomondan bemor hisoblansa, ikkinchi tarafdan bu 
bemomi davolashda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlaridir (vrach, 
tibbiyot hamshirasi, vrach assistenti, tish texnigi, sanitarka).
Ayniqsa, institut klinikalarda ham o‘qish va davolash jarayonida 
ishtirok etayotgan yuzlab talabalar infeksiya bilan zararlanishi 
mumkin. Har bir stomatologik xonada, u qanday yo‘nalishdagi 
stomatologik xona boiishidan qat’i nazar, asboblar steril stolda 
joylashgan bo iish i lozim. Odatda bu steril choyshab bilan yopilgan 
stol va undagi steril asboblardan yoki maxsus paketchalarda 
shtamplangan steril asboblar majmuasidir.
Terapevtik stomatologiyada shifokor yuqoridagi qoidalarga rioya 
qilgan holda ishlashi lozim, chunki stomatolog doimo infitsirlangan 
yara bilan bevosita aloqada b o iad i. Aseptika qoidalariga rioya 
qilmaslik infeksiyani bir bemordan ikkinchisiga oiishiga ohb keladi 
(VICH infeksiya, gepatit В, С va boshqalar).
Gospital infeksiya qo‘zg‘atuvchilari havoda, asboblar va tibbiyot 
xodimlarining qoiida boiishi mumkin. Xonadagi havo ham kimyoviy 
vositalar bilan zararlangan holatda b o iad i (simob, margimush
kadmiy, qo‘rg‘oshin, metilmetakrilatlar va boshqalar).
Stomatolog faoliyatiga ba’zi salbiy fizik faktorlar: lokal tebranish, 
shovqin, majburiy holat, k o iis h a’zolariga tushadigan taranglik va 
bir xil mushaksimon harakatlar ta’sir etadi.


Tibbiyot xodimlari maxsus kiyimda, almashadigan oyoqkiyimda, 
maska, qo‘lqop va himoya ko‘zoynaklarida ishlashi lozim.
Bem or qabul qilish paytida tibbiyot xodim i obyektlarni 
mikroorganizmlar bilan zararlantinnasligi kerak (yozuv-chizuv 
ishlarini olib bormaslik, telefon go‘shagiga tegmasligi va h.k.). 
Ish boshlashdan avval va tugagach tibbiyot xonasidagi barcha 
yuzalar antiseptik bilan namlangan doka bilan ikki marotabalab 
artilishi lozim. Steril stol 6 soatga yoziladi. Asbob-anjomlar steril 
stolni tashkil qilishdan oldin, paxta saqlovchi shisha idishlar esa 
har kuni sterillanadi. Paxtaning sterilligini uzoq vaqt saqlash uchun 
ularni maxsus kraft-qog‘oz paketlarda (20-25 donadan) saqlashadi.
Stomatologik asboblami ishga tayyorlash uch bosqichni tashkil 
etadi: dezinfeksiya, sterilizatsiya oldi tozalash, sterilizatsiya.
Patogen va shartli patogen m ikroorganizm larni y o ‘qotish 
maqsadida dezinfeksiya ishlari olib boriladi.
D e z in fe k siy a d a n
s o ‘ng 
o y n a c h ad a n
ta sh q a ri, 
dezinfeksiyalovchi vosita «Alaminol» (5% eritmasi) yordamida 
sterilizatsiya oldi tozalash ishlari bajariladi. Asboblar 1 soatga 
b o‘ktirib qoldiriladi. «Dekon eks VV» dezinfeksiyalovchi vositaga 
asboblar 30 daqiqaga qoldiriladi.
Sterilizatsiya oldi tayyorlov - bu asboblardan oqsil, yog‘, dori 
vositalari va mexanik ifloslanishlami tozalashdan iborat jarayondir.
Ishlatilgan barcha asboblar zararsizlantiriladi:
- Chayish uchun ishlatiladigan stakanlar oqib turgan suvda 
yuviladi va 30 daqiqaga 0,5% li xloraminli eritmaga, 0,1% li 
gipoxlorid natriyga, 2,5% li xlorgeksidin biglukonatning suvli 
eritmasiga solib qo‘yiladi.
- Stomatolog oynachalar 3% li xloramin eritmasida, 6% li periks 
vodorod eritmasida yopiq idishda 1 soat davomida saqlanadi. 
So‘ng oynachalar suvda yuviladi, so‘ng steril salfetka bilan artilib, 
steril lotokda ustini steril salfetka bilan yopib qo‘yiladi.
Dastlabki tozalangan borlar, rimer, fayl, ildiz ignalari, kanal 
to‘ldirgichlar 2,5% li xlorgeksidin biglukanatning suvli eritmasi, 70%
li etil spirti, glutar «Saydeks» eritmalari bilan dezinfeksiyalanadi. 
Mikroorganizmlar va ulaming sporalari fizikaviy va kimyoviy usul


yordamida yo‘q qilinadi. Fizik faktorlardan yuqori harorat, UB- 
nurlar, ultratovush, kimyoviy moddalardan - yod, spirt, vodorod 
periksi va xloramin hamda boshqalardan foydalaniladi.
Stomatologiyada asboblar fizik (bug‘, havo, shisha sharlar) va 
kimyoviy (kimyoviy eritmalar, gaz usul) usulda sterillanadi.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling