Stomatologiya propedevtikasi


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Q aynatish m etall asboblarda sterillash d a q o ‘llaniladi. 
Asboblarda ch o ‘km a hosil b o im a slig i va suvni yum shatish 
maqsadida suvga gidrokarbonat natriy solinadi va 1-2% li eritma 
hosil qilinadi. Sterilizatsiya davomiyligi qaynash boshlangandan 30 
daqiqa davom etadi.
Bosim ostida bug4 bilan b o g io v ashyolari, paxta bolishchalari, 
oqliklar elektrik avtoklavlarda sterillanadi. Sterilizatsiyagacha 
ashyolar bikslarga yoki qopchalarga taxlanadi. Sterilizatsiyadan 
keyin ashyolar 3 kun davomida saqlanishi mumkin. Quruq issiqlik 
yordamida metall asboblar 40 daqiqa davomida sterillanadi, 25 daqiqa 
asboblami qizdirish uchun, 15 daqiqa zararsizlantirish uchun 
sarflanadi. Hozirgi davrda mayda endodontik asboblar yuqori 
haroratgacha qizdirilgan shisha sharikli sterilizatorga 5-6 soniya 
davom ida solinib, 240-270° С haroratda ushlanadi. Sovuq 
sterilizatsiya -kesuvchi asboblar va stom atologik oynachalar 
sterillanadi. Ular 96% li spirt eritmasiga 2 soatga solib qo'yiladi. 
Asboblar uchlamchi eritmalarda saqlanadi:
Rp: Formalini 20.0
Ac. carbolici 50.0
Natii Hydrocarbonatis 15.0
Aq. destil 1000 ml
D.S. Stomatologik xona uchun.
Sovuq sterilizatsiya uchun 1% li xloramin eritmasi, 6% li 
vodorod periksi eritm asi, 3% li fo rm alin eritm asi, 1% li 
xlorgeksidin, 10% li dim eksid eritm asid an foydalaniladi. 
Stomatologik dastaklar (nakonechniklar) vazelin yogida qaynatish 
va k e y in c h a lik se n tra fig u rla sh orq ali am alga o sh irila d i. 
Dastaklarning ustki qismi 1% li xloramin eritmasi yoki 3% li 
formaldegid yoki uchlamchi eritma bilan namlangan doka bilan 
artiladi.


Dastaklar maxsus servis moylari bilan moylanadi.
Dastaklar avtoklavlanishdan oldin, kuniga2 m ahal-peshinda 
va ish tugagandan so‘ng moylanadi.
D astaklarning eng keng tarqalgan sterillash usuli - bu 
avtoklavlashdir. U qonun-qoidaga rioya qilgan holda olib boriladi:
- Avtoklavga faqat quruq asboblar qo‘yiladi;
- Avtoklavlashdan avval dastak germetik steril qopehiqqa 
solinadi;
- Avtoklavlash faqat distillangan suv bilan amalga oshiriladi.
Vrach-stomatolog har bir bemordan to iiq epidanamnez yig‘ishi
lozim. uning qachon gepatit bilan infitsirlangani, OITS, tuberkuloz 
tayoqchasining tashuvchisi ekanligini aniqlashi lozim. Bunday 
bemorlar shoshilinch hayotiy ko'rsatmalar bolm agan taqdirda qabul 
kunining oxirida qabul qilinishi lozim. Bunday ehtiyot choralari, 
bemor bilan ishlovchi tibbiyot xodimlarining biror-bir kasallik yuqtirib 
olishining oldini olish maqsadida oikaziladi (ayniqsa, kesuvchi, 
sanchuvchi asboblar bilan ehtiyotkorona ishlashi, zich va tarang 
rezina qolqoplardan foydalanish yoki ikki qavatli oddiy qo lqop 
taqish, himoya qobiq (maska)lardan foydalanish).
Bir marotaba qollaniladigan kesuvchi va sanchuvchi asboblar 
alohida konteynerga solinishi lozim.
Ish kunining oxirida xonada to ‘liq d ezinfeksiyalash va 
ultrabinafsha lampa yordamida bakteriatsid nurlanish o‘tkazish 
lozim.
B em o rni d a v o la n a y o tg a n d a va u n in g a s sis te n tin in g
infitsirlanishga qarshi himoyasi - bir marotaba va ko‘p marotaba 
q o ‘llaniladigan m axsus kiyim lar, qalpoq, q o ‘lqop, him oya 
k o ‘zo y n a k la ri, q o ‘lga g ig iy e n ik ish lo v berish vo sitalari: 
bakteriotsid, furingiotsid va antivirus xususiyatli kremlar, loson 
va suyuq sovunlami ishlatish qoidalariga b o g iiq . Bundan tashqari 
turli respirator-niqoblar (suv shim uvchi, yum shoq, elastik) 
havoning filtratsiya samaradorligini 1 mkm da 99,5% zarrachani 
ta'm inlaydi. Bundan tashqari himoya vositalariga 33x46 sm 
kattalikdagi ko‘krak oldi tutqichlari (2 qavatli gazlama ashyoli va 
3 qavatli polietilen qatlam, gazlama qatlami), yumshoq va qattiq


sun’iy shoyilar poliefirning maksimal adsorbsiyali salfetkalari, to'rt 
xil hajmdagi vinilli va lateksli qoiqoplar, linzalari terlamaydigan turli 
dastakdagi himoya ko'zoynaklari kiradi.
Bem om ing kiyimini him oyalash m aqsadida stom atologik 
aralashuv jarayonida turli gazlamalardan tayyorlangan turli hajmdagi 
tutqichlardan foydalaniladi. Ular bir marotaba yoki ko'p marotaba 
foydalaniladigan, ip bilan b o g ianad ig an yoki klipsalar bilan 
m ahkam lanadigan, oq yoki havorang b o ‘ladi. B ir m arotaba 
foydalaniladigan stomatologik tutqichlar yupqa polietilen plonka va 
uning yuzasi selluloza bilan qoplangan bo‘lib, u yuqori shimuvchi 
xususiyatga egadir. Ular mlon о ‘rami shaklida chiqarilib, ichida 80 
tagacha bo ‘ladi.
Bemoming kiyimini himoya qilish maqsadida uning oldiga 54x54 
sm li oq, havorang, yashil va qovoq rangli, boylamga o ‘ralgan bir 
marotaba foydalaniladigan old tutqichlardan foydalaniladi.
Hozirda keng ko‘lamda stomatologik xona jihozlarini sterillashga 
ahamiyat berilmoqda. Bu maqsadda bir marotaba foydalaniladigan 
Dispoza-Shild ashyolaridan foydalaniladi. Ashyolaming qoplami 
qo‘llashga oson konstruksiyaga ega bo‘lib, qo‘llanilayotgan qoplam 
zararlanish xavfining oldini oladi.
Himoya qoplamalari devorga yoki ishchi stol yuzasiga maxsus 
m oslam alar yordam ida m ahkam lanadi. H im oya qoplam alar 
majmuasi 4 qismdan iborat:
Dispoza-Shild-1 -osonlik bilan yopishuvchi plonka qobig‘i boiib, 
umum qo‘llashga qulay. Masalan, stomatologik xona asboblari, nurli 
asboblarning dastaklari, kontrol panel va o ‘chirgichlarning, 
shuningdek, boshqa kichik yuzalar, bemorlami klinik qabul paytida 
bevosita muloqotda b oiishi mumkin b oigan yuzalami himoyalash 
maqsadida qoilaniladi.
Dispoza-Shild-2 - bu maxsus o ia m boylami b o iib , uning 
yordamida uch funksional pistolet va havoli motor qismi oialad i. 
Futlar 45 sm uzunlikka ega b o iib , har bir asbobning shlang qismini 
qoplashga yetarlidir. Bu plonka qatlami bilan katta va dumaloq 
yuzlami qoplash mumkin.


Dispoza-Shild-3 - eni 45 sm b o ig a n maxsus tayyorlangan 
o ‘ram boylami b o iib , u trubinali qurilmaning shlangi va dastaklar 
bosh qismini hamda so ia k tortgichni himoyalashga qulaydir.
Dispoza-Shild-4 - bu m axsus him oya qoplam i b o iib , u 
k reslo n in g bosh qism i va ren tg e n a p p a ra tn in g d a sta g in i 
himoyalaydi.
Steril asboblarni himoyalash va joylashtirish maqsadida steril 
bir marta qoilan iladig an Shteri-Kvik qog‘ozli salfetkalardan 
foydalaniladi. 350x500 mm, 500x700 mm va 700x1000 mm bir 
tomoni polietilen bilan qoplangan «Ryoko Xayxayts» (Olmoniya) 
firm asi tom onidan chiqariladigan salfetkalar hozirda keng 
qoilanilmoqda.
Dezinfeksiyani o ikazish maqsadida hozirda quyidagi ashyolar 
keng qoilanilm oqda:
Amotsid - xonalar va oqliklarni dezinfeksiya qilish maqsadida;
AXD 2000 - maxsus va Lizanin - teri antiseptiklari;
Lizoformin- 3000 - asboblarni sterillash va dezinfeksiyalash 
vositasi.
Shuningdek, hozirda bazaldegid konsentrati FD-312 va aerozoli 
FD-322, vokosept (konsentratsiyalangan eritma, aerozol), Spireks, 
Solvitan keng k o ia m d a dezinfeksiyalovchi eritm a sifatida 
foydalaniladi.
Dezinfeksiyalovchi vosita Medstar Xloroneks aerozol shaklida 
ishlab chiqariladi. 0 ‘z tarkibida xlorgeksidin biglukanat (0,02%) va 
etil spirti (70%)ni saqlaydi. Bakteriotsid va fungitsid xususiyatga 
ega. Barcha qattiq yuzalami, stomatologik kreslo, ish stoligi, asboblar 
va boshqa yuzalarni dezinfeksiyalashga m oijallangan. Bu vosita 
yordamida xonaning devor va poliga ishlov berishda foydalaniladi. 
Buning uchun bu eritma 10 soniya davomida sepiladi. Shuningdek, 
maxsus dezinfeksiyalovchi salfetkalar (hajmi 200x140 mm) sitrus 
hidli maxsus plastmass konteynerlarda saqlanuvchi, tibbiyot 
qurilmalari va asboblarini dezinfeksiyalash maqsadida foydalaniladi. 
Bu salfetkalgming aktiv moddalari (spirt va ammoniyning to'rtlamchi 
birikmalari) keng ta’sir doirasiga ega: bakteriotsid (1-5 daqiqa 
davomida tuberkuloz mikrobakteriyasini yo‘qotadi), funitsid va


antivirus (30 soniya davomida gepatit В virusi va VICH ga qarshi 
ta’sir ko‘rsatadi).
Markazlashgan sterilizatsiya yo‘q boigan taqdirda, dezinfeksiya, 
sterilizatsiya oldi tayyorlov, sterilizatsiya uchun alohida maxsus joy 
ajratiladi. Yangi asboblarni ham sterilizatsiyadan oikazgan holda 
foydalanish lozim.
Sterilizatsiyalashdan tibbiyot hamshirasi yoki vrach yordamchisi 
asboblaming yuzidan klinik ashyolaming qoldig‘ini mexanik usulda 
olib tashlaydi. Hozirda keng k o iam d a tozalovchi eritma solingan 
ultratovushli hammomchalardan foydalaniladi. Sterilizatsiya usuli 
harorat va vaqtning o‘zaro nisbatiga bogiiqdir. 4 xil harorat - vaqtli 
sterilizatsiya xillari mavjuddir:
115-118°C gacha 30 daqiqa davomida;
121-124°C gacha 15 daqiqa davomida;
126-129°C gacha 10 daqiqa davomida;
134-138°C gacha 3 daqiqa davomida.
Klinikalarda asboblarni sterillash maqsadida turli avtoklavlardan 
foydalaniladi. Masalan, elektron stomatologik avtoklavlarda Prima, 
Proksima, Ekzaktada sterilizatsiya jarayonining barcha fazalari 
avtomatik ravishda boshqariladi.
Barcha modellar interfeys printer va shaxsiy kompyuterga ega 
b o iib , sterilizatsiya jarayonini yozib borish uchun m oijallangan. 
Kamera hajmi 17 litrdir. Sterilizatsiya vaqti 4-20 daqiqa davom 
etadi.
Avtoklav kameralardan havo termodinamik siqib chiqarish 
orqali yuzaga keladi. Prim a 4 ta standart sterilizatsiya va 
dezinfeksiya programmasi bilan, ekzakta va Proksima 9 ta standart 
va lta shaxsiy programma bilan ta’minlangan. Barcha sterilizatorlar 
vakuumli quritgichga ega. K o‘pgina davlatlarda vrachlar quruq 
issiqlik bilan ishlovchi sterilizatorlardan voz kechishgan. Bunday 
sterilizatorlar asboblaming «umrini qisqartiradi». Yumshoq b u g ii 
sterilizatsiya esa OITS va boshqa infeksiyalar bilan kurasha oladi. 
Hozirda hajmi 7,5 dan 8000 litrgacha b o ig a n 10 lab avtoklavlar 
mavjud: stol va pol ustida turuvchi gorizontal va vertikal, mexanik 
va avtomatik, oddiy va yuqori tezlikda aylanuvchi, b u g ii va


gazlidir. Biologik indikator etest b u g in in g asboblarini to iiq
sterilizatsiya qilganligini aniqlash m aqsadida avtoklav ichiga 
joylashtiriladi.
Siklning oxirida indikator inkubatsiya harorati 56°C li termostatga 
joylashtiriladi. U ndabirvaqm ingo‘zida 14 ta indikator joylashgan 
b o iad i. Natijalar 24-48 soatdan so‘ng m a’lum b o iad i. Rangning 
o‘zgarganligi hayotiy mikrotanachalar borligidan darak beradi. 
S te riliz a tsiy a sifa tin i a n iq la sh n in g yanad a oddiy u su li -
avtoklavlashda indikator tasmadan foydalanish. Avtoklavlashda 
indikator tasma rangining o‘zgarganligi sterilizatsiya sifati haqida 
m aiu m o t beradi. Bunday tasma 55 m uzunlikka va kengligi 1,25 
sm dan 1,9 sm gacha bo iadi.
K o‘pgina qurilmalar dastaklar sterilizatsiyasini ta’minlovchi 
Teraiinator asbobi bilan ta ’minlangan. Dastaklarni sterillashda 
qoilaniladigan kavoklav singari asboblardan foydalaniladi.
Stomatologik asboblarni bug‘ ostida sterillash maqsadida 
Ultraklav-M 9 m ikroprotsessor va printer bilan ta ’m inlangan 
qurilmadan foydalaniladi.
Ish jarayonida m ayda endodontik asboblarni sterillashda 
glasperlenli sterilizator qoilaniladi.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling