Stomatologiya propedevtikasi


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

51-rasm. Stomatologik qurilma


Stomatologik qurilma texnikaning estetika talablariga, texnika 
xavfsizlik qoidalariga, vrach-stomatologning mehnat-gigiyena 
talablariga javob berishi lozim.
Stomatologik qurilmalar yil sayin takomillashmoqda. Universal 
stomatologik qurilmalar, kreslolar, yoritgichlar, fizioterapevtik 
usulda tashxislash va davolash uchun qurilm alar soni ortib 
bormoqda.
K o‘pgina stomatologik shifoxona va klinikalarda «Chirana», 
« C h irad e n t» , « P ro b o d u l» , «A ID E C » va b o sh q a tu rd ag i 
stomatologik qurilmalardan foydalaniladi.
52-rasm. Stomatologik qurilma


Elektrik stomatologik qurilma USU-3-M tuzilishini ko ‘rib 
chiqaylik.Bu qurilma bir necha bloklar orqali bir funksional yagona 
blokka ulangan. Qurilmaning asosiy qismi staninali qoplamadan 
iborat boiib, unda suv bilan ta’minlash, suvni to‘kish, elektr ta’minot, 
siqilgan havoni uzatish kompressor dastaklari o'rnatilgan. Korpus 
qoplamasi polga boltlar yordamida mahkamlangan va korpusning 
yuqori qismida yoritgich reflektori joylashgan. Yoritgichning 
u sh lo v c h i qism i b ir q a n c h a sh a rn irli b irla sh m a la r b ila n
mahkamlangan boiib, bu yoritgichni turli tarafga surish imkoniyatini 
beradi. Yoritgich dastasiga ventilator biriktirilgan holda korpus 
panelining yuqori qismiga aylana disk va boltlar yordamida qattiq 
dasta birlashgan. Bu dasta bir qancha tirsak va roliklardan iborat. 
Bu dasta roliklari orqali qurilmaning elektrmotoridan harakat 
dastakka maxsus shnur orqali uzatiladi. Tibbiyot hamshirasi doimo 
shu shnurga ahamiyat berishi lozim. Shnur doimo tarang holda turishi 
lozim. Shnuming tarangligi dastaning birinchi tirsagidagi maxsus 
shayba yordamida boshqarilib, soat strelkasibo‘yicha buralganda 
shnur taranglashadi, qarama-qarshi yo‘nalishda buralganda esa 
shnur bo‘shashadi. Shnur aylanib qolmasligi va uning ustki yuzasining 
butunligi buzilmasligi kerak. Nuqsonli shnurlar darhol o‘zgartirilishi 
lozim, chunki ular borning harakatiga xalaqit beradi, vrach va 
bemorlarga noqulaylik yaratadi.
Har bir tirsak sohasida maxsus moy tomizgich sohasi b o iib , 
shu yerga tibbiyot hamshirasi haftasiga bir marotaba yog1 tomizishi 
kerak.
Qurilm aning elektr dvigateli korpusning yuqori qism ida 
joylashgan, dvigatelni yoqish, tezlikni boshqarish oiuvchan reostat 
yordamida boshqarilib turiladi.
Korpusning old panelida egiluvchi shlangda ikkita pistolet 
joylashgan. Biri siqilgan havoni uzatish uchun, biri esa suv uzatish 
uchun moijallangan.
B a’zi qurilmalarga elektrodontometriya uchun asbob ham 
oinatilgan.
Korpusning chap tarafida kronshteynga tufdon biriktirilgan boiib, 
unga doimiy ravishda yuvib turuvchi tizim biriktirilgan. Shu yeming


o ‘zida soiaktortgich ham joylashgan bo‘lib, u bemor og ‘zidan 
so‘lakni tortishga m oijallangan. Soiaktortgichning ishlash tezligi 
suv yuvuvchi tizimning ishlash tezligiga bogiiq.
Korpus qurilmasigayaqin sohada stakan uchun moslama, uning 
ustida suv uchun maxsus jo ‘mrak joylashgan. Xonaning tibbiy 
hamshirasi har bir bemor qabulidan so‘ng bajargan tozalash ishlarini 
nazorat qilishi lozim. Ayniqsa, har bir bemor qabulidan so‘ng tufdon 
tozaligi nazorat ostida boiishi kerak. Tufdonda amalgama qoldiqlari 
boimasligi kerak, u tufdon metali va qurilma suv chiqarish tizimining 
ishdan chiqishiga olib keladi.
Qurilm aga o ‘ng tarafda kronshteynga harakatchan stolik 
biriktirilgan b o iib , unda vrachning ixtiyoriga binoan asboblar, 
davolash-tashxislash uchun qurilm alar yoki boshqa narsalar 
joylashtirish mumkin.
Tibbiyot hamshirasi ish boshlashdan yarim soat avval suv bilan 
ta’minlash, elektr bilan ta’minlash tizimini nazorat qilishi lozim. Bu 
tizimlar nosoz b o isa, hamshira darhol qurilmaning texnik daftarida 
bu narsani qayd etishi va kerakli mutaxassisni chaqirishi kerak.
Dastadan harakat barcha maxsus qurilma-dastaklar yordamida 
uzatiladi.
To‘g ‘ri burchakli, trubina va m ikrom otorli dastaklardan 
foydalaniladi. To‘g ‘ri dastak asosan yuqori ja g ‘ tishlari bilan 
ishlaganda, pastki tishlarni charxlash uchun ham ishlatiladi. To‘g‘ri 
dastakdan vrach-ortoped ko‘proq foydalanadi. To‘g ‘ri dastakdan 
foydalanish mumkin b o im a g a n paytda burchakli dastakdan 
foydalaniladi. H ozirda stom atologik klinikalarda yuqorida 
koisatilgan dastaklardan tashqari vazifasi v a k o iin ish i jihatidan 
turlicha b o ig an dastaklar keng koiam da qoilanilmoqda.
Stomatologik kreslo - stomatologik xonaning asosiy jihozlaridan 
biri. Uning konstruksiyasida insonning barcha anatomo-fiziologik 
holatlari, bemoming ratsional joylashishi va davolash jarayonida 
vrachga qulaylik yaratilishi hisobga olingan.
Stomatologik kreslo tuzilishini ko‘rib chiqaylik.Buning misolida 
KSEM-03 ni olaylik. Kresloning k o iarilish i elektroyuritgich



Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling